O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOTLAR VA MOLIYAVIY



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

25-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOTLAR VA MOLIYAVIY
REJALASHTIRISH 
Reja: 
1.
 
Moliyaviy rejalashtirish. 
2.
 
Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish. 
3.
 
O‘sib kelayotgan biznes: tashqi moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj. 
4.
 
Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti. 
5.
 
Aylanma kapitalni boshqarish. 
6.
 
Likvidlik va kassa rejasini bajarish. 
1. Moliyaviy rejalashtirish 
 
Moliyaviy rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: reja tuzish, 
uni amalga oshirish va erishilgan natijalarni inobatga olgan holda tuzatish kiritish. 
Moliyaviy rejani ishlab chiqishda firmaning strategik rejasi asosiy tayanch 
hisoblanadi. Aynan shu reja moliyaviy rejalash-tirishning asosiy yo‘nalishini, 
biznesni rivojlantirish bo‘yicha umumiy vazifalarni va kompaniya o‘sishi 
ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, firma o‘z biznesining 
qaysi yo‘nalishini kengaytirishni, qaysilarini qisqartirishni istashi strategik rejaga 
muvofiq hal etiladi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari 
tayinlanadi. 
Moliyaviy rejalashtirishning yana bir muhim elementi 
rejalashtirish 
davrining
davomiyligidir. Odatda, bu davr qanchalik uzoq bo‘lsa, moliyaviy reja 
shunchalik batafsil bo‘lmaydi. Besh yillik moliyaviy rejalar, odatda, faqat asosiy 
bashorat qilinadigan aktivlar va majburiyatlar, tafsilot-larni o‘z ichiga olmagan 
moliyaviy natija to‘g‘risida hisobotlar va balans shakllarini o‘z ichiga oladi. 
Boshqa tarafdan, bir oyga tuzilgan moliyaviy rejaga, odatda, muayyan mahsulot 
liniyalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar bashorati va bo‘lajak pul tushumlari 
hamda to‘lovlarning batafsil istiqbolli baholanishi kiritiladi. Aksariyat hollarda, 
ko‘p yillik rejalar har yili, bir yilga tuzilgan reja esa har chorakda qayta ko‘rib 
chiqiladi. 
Moliyaviy rejalashtirish sikli (jarayoni) bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, 
u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Boshqaruv xodimlari firma mahsulotiga talab darajasini va uning bo‘lajak 


436 
ishlab chiqarish xarajatlari darajasini belgilovchi asosiy tashqi omillar dinamikasi 
prognozini tuzadi. Tashqi iqtisodiy omillarga kompaniya o‘z mahsulotlarini 
sotadigan bozorlardagi ishbilarmonlik faolligi darajasi, inflyatsiya darajasi, 
valyuta kurslari, foiz stavkalari darajasi, shuningdek asosiy raqib firmalarning 
ishlab chiqarish hajmlari va tovarlarining bahosi kiradi. 
2.
Ushbu tashqi omillar va bo‘lajak investitsiya xarajatlari, ishlab chiqarish 
hajmi, marketing va ilmiy tadqiqotlar hamda dividend to‘lash bo‘yicha xarajatlar 
borasidagi o‘zlarining dastlabki qarorlari asosida menejerlar firmaning 
daromadlari va xarajatlari hamda pul mablag‘lari oqimlari bo‘yicha prognozini 
tuzadilar. Shuningdek, ular kompaniyaning tashqi moliyalashtirish manbalaridan 
mablag‘ olishga bo‘lgan ehtimoldagi ehtiyojini ham belgilaydilar. Ular firma 
faoliyatining bo‘lajak moliyaviy ko‘rsatkichlari aksiyadorlar daromad olishini 
nazarda tutib tuzilgan dastlabki strategik rejaga nechog‘lik mosligini, firmada 
ushbu rejani amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘ olish imkoniyatini bor 
yoki yo‘qligini tekshiradilar. Agar shu ish jarayonida biror bir nomutanosiblik 
aniqlansa, menejerlar qabul qilingan qarorni u haqiqiy amalga oshiri-layotgan 
rejaga mos kelmaguncha qayta ko‘rib chiqadilar va shu oxirgi reja yil davomida 
firmaning joriy qarorlari uchun dasturga aylanadi. Bundan tashqari, amaliyotda 
biror prognoz noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkinligini oldindan o‘ylab, qo‘shimcha 
rejalar tuzib qo‘yish tartibi ham keng tarqalgan. 
3.
Tuzilgan umumiy reja asosida oliy bo‘g‘in rahbarlari o‘zlari va o‘z qo‘l 
ostidagilari uchun kelajakda firma samaradorligining muayyan ko‘rsat-kichlarini 
belgilab qo‘yadilar. 
4.
Amalda erishilgan firma samaradorligi darajasi muntazam baholab 
boriladi (har oyda yoki har chorakda), rejada belgilab qo‘yilgan maqsadlar bilan 
solishtiriladi va zarur bo‘lsa to‘g‘rilash choralari ko‘riladi. Yil davomida 
amaldagi ko‘rsatkichlar rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan ancha og‘ishsa (farq 
qilsa), boshqaruv xodimlari rejaning o‘zini ham butunlay o‘zgartirish 
(to‘g‘rilash)lari mumkin. 
5.
Yil oxirida xodimlar rag‘batlantiriladi (mukofot yoki ish haqi oshirilishi) 
va rejalashtirish sikli (jarayoni) boshidan qayta boshlanadi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish