O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

6.
 
Davlat qarzlarini boshqarish 
O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini 
moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet 
mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U 
yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazir-lar 
Mahkamasi o’rnatadi. 2019 yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda 
yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur. 
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki 
dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq: 

tashqi qarzlarni olish davlat dasturi; 

ichki qarzlarni olish davlat dasturi. 
Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko’rsatgan 
holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo’lgan qarzlar ro’yxatidan 
iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim 
etiladi va tasdiqlanishi kerak. 


222 
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo’lib, aks 
ettiriladi: 

bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar); 

maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). 
Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida 
quyidagilar o’z ifodasini topishi kerak: 

bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: 

(qarzlar) bo’yicha: 

jalb qilish manbalari; 

qarzga olish summalari; 

qaytarish muddatlari. 

maqsadli xorijiy qarzga olishlar:

(qarzlar) bo’yicha: 

yakuniy oluvchi; 

qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo’na-lishi; 

qarzga olish manbasi; 

qazga olish summasi

qarzni qaytarish muddatlari; 

mablag’larni byudjetga qaytarish bo’yicha uchinchi shaxsning kafolati;

navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag’lar 
hajmining baholanishi; 

navbatdagi moliyaviy yilda mablag’larning foydalanish hajmi prognozi 
(bashorati). 
O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog’ozlarining yagona 
emitenti bo’lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati 
tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini 
belgilaydi. 
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarning 
mablag’larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan 
moliyalashtiri-layotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya 
hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog’ozlarini chiqarish, kreditlar va 
qarzlar olish yo’li bilan qarz mablag’larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat 
tomonidan to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning 
byudjetdan tashqari jamg’arlariga ham tegishlidir. 
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil funksiyasini 
mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga 
chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi 
tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy 
funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot 
bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig’iga ko’ra va 


223 
respublika byudjetining mablag’lari hisobidan obligatsiyalarning egalariga bu 
obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to’lovlarni amalga oshiradi. 
Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va 
Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan 
biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish choralarini 
shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

“olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish 
(ko’tarish), qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning 
interventsiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan 
hisoblanadi; 

xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog’ozlar bozoriga ta’sir ko’rsatish uchun qarz 
olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi to’g’risida ishonch bo’lishining o’zi 
etarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum 
darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham bermovchi 
“olovli” choralar hisoblanadi; 

davlat qimmatli qog’ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga 
samarali va uzoq muddatli ta’sir ko’rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga 
moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va 
soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-yotning 
o’sishiga erishish va h.k.lar) qo’llanilsagina, erishish mumkin.
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga 
ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining 
muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini 
boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta 
siyosati o’rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya tizimidagi o’rnini, 
tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog’liqligini aniqlash juda 
muhimdir.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish