6
KIRISH
“Moliya” fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar
tayyorlash tizimida eng
asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o’tgan asrning 50-
yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga xos moliya to’g’risidagi
tasavvurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlarining amalga
oshirilishi “Moliya” fani eng muhim nazariy qoidalarining qayta ko’rib
chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq
topgani yo’q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni yetarli darajada inobatga olmagan holda
mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud. Mazkur o’quv uslubiy majmuada
moliyaning nazariy masalalariga oid barcha prinsipial o’zgarishlarni
o’quvchilarning e’tiboriga yetkazishga harakat qilingan.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti
davrida iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solish quroli bo‘lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib
bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli
moliyaviy munosabatlarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim
masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun fanning o‘rni oliy
malakali kadrlarni
tayyorlashda ahamiyatlidir. “Moliya” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar va
baholash mezonlari oldindan berilib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar doirasida
fanga oid boshlang‘ich nazariy bilim berish, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
davomida maxsus modellar, usullar va uslubiyatlarni
tavsiflovchi masalalar,
tahliliy va ko‘rgazmali materiallar qo‘llanishiga hamda yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazishga alohida e’tibor
qaratish zarur.
Ushbu o’quv uslubiy majmua 10 qismdan iborat bo’lib, 1-qism ma’ruza
mashg’ulotlari materiallaridan tashkil topgan. Ma’ruza mashg’ulotlari 2 modulda
berilgan bo’lib, 1-modul “Moliya: Nazariy asoslar” deb nomlanib 13 ta mavzuni,
2-modul “Moliya: Amaliy jihatlar” 17 ta mavzuni o’z ichiga olgan. Modullardagi
mavzular to’liq yortilgan. Shuningdek, 2-qism amaliyot mashg’ulot
materiallaridan tashkil topgan bo’lub, u turli nazorat savollari,
keyslar va
7
masalalarni o’z ichiga oladi. O’quv uslubiy majmuada tarqatma materiallar,
testlar, yakuniy va oraliq nazorat savollaridan namunalar, talabalarning mustaqil
ta’limni olib borish bo’yicha qo’llanma, glossariy hamda faning fan dasturi va
ishchi o’quv dasturi aks ettirilgan.
“Moliya” fani bo’yicha ishlab chiqilgan ushbu o’quv uslubiy majmua orqali
talabalar moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish,
ulardan samarali
foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimini amal qilish qonuniyatlarini
chuqur o‘rganishlari mumkin. Ushbu o’quv uslubiy majmua bo’yicha
o’qitiladigan mavzular bo‘lg‘usi mutaxasislarning kasbi qanday bo‘lishidan
qat’iy nazar, u o‘z faoliyatining maoliyaviy natijalarini bilishi, moliyaning
mohiyatini
tushunib yetishi, “Moliya” fanining sir asrorlarini idrok etishiga
yordam beradi. O’quv uslubiy majmuada asosida talabalar mavzularni mustaqil
o‘rganib, pandemiya sharoitida qo‘shimcha bilim olishlarini hisobga olib bir qator
nazariy masalalar kengroq berilgan.
“Moliya” fani mamlakat moliya tizimining rivojlanish qonuniyatlarini bilish
va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan
bilimlar bilan
qurollantiradi.
“Moliya” fani tegishli ta’lim yo‘nalishlarining umumkasbiy va ixtisoslik
fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, ushbu fan tegishli ta’lim
yo‘nalishlarining 2, 3 kursida o‘qitilishi rejalashtirilgan va mazkur o’quv-uslubiy
majmua professor-o’qiyuvchilar hamda talabalarni o’quv yili davomida samarali
faoliyat yuritishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: