O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

davlat byudjeti 
daromadlari
kategoriyasining namoyon bo’lish shakllarining o’zgarib 
borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qolganligini angla-tadi. 
Demak, byudjetga to’lovlar ko’rinishining o’zgarishi, bir to’lovning boshqa biri 
bilan almashtirilishi iqtisodiy kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining 
evolyu-tsiyasidir. Biroq bundan moliyaviy va davlat byudjeti kategoriyalari qat’iyan 
obyektiv, ularning namoyon bo’lish shakllari esa subyektivdir, degan xulosa 
chiqarmas-lik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, iqtisodiyotning taraqqiyot 
darajasi, ishlab chiqarish munosabatlarining etukligi va boshqa omillar, ma’lum 
darajada, davlat byudjeti daromad-larining shakllarini ham belgilab beradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng asosiy vazifalardan biri iqtisodiy taraqqiyotga 
erishish, uning samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshlikka erishish hisoblansa, 
bu vazifalarning bajarilishiga byudjetga to’lovlarning shakllari ham o’zining 
sezilarli hissasini qo’shishi kerak. Ular davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy 
jihatdan ta’min-labgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
va moliyaviy resurslarning oqilona va maqsadli taqsimlanishini rag’batlantirishi 
ham kerak. Shunday qilib, davlat tomonidan o’rnatilgan tartib natijasida vujudga 


152 
kelgan byudjetga to’lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida, moliyaviy 
boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o’z ifodasini topgan obyektiv 
omillarga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. 
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum 
maqsadlarga mo’ljallangan turli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni
umumdavlat pul fondini taqsimlashning murakkab jarayoni amalga oshiriladi.
Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti 
jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning 
barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha subyektlarning 
manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bir ma’muriy-hududiy 
birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning 
(ya’ni hududlarga mo’ljallangan fondlarning) umumiy hajmini to’g’ri aniqlash 
alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetiningxarajatlari joylarda 
olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha 
mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni 
balanslashtirish zarurati paydo bo’ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash 
jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo’linmalarining 
barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa 
davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi. 
Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag’larini hududlararo taqsimlash 
byudjetlarning yuqori va quyi bo’g’inlari o’rta-sidagi munosabatlardek ko’rinadi. 
Chunki bu jarayon yuqori byudjetlarning mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Biroq o’z daromadlari hisobidan quyi bo’g’inlarning davlat byudjeti 
munosabatlarini tartibga soluvchi har bir davlat byudjeti bo’linmasi amalda bu 
munosabatlarning tar-kibiga yuqorida ko’rsatilgan balanslashtirish sodir 
bo’layotgan ko’plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiritadi. Ular esa, o’z 
navbatida, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish-da xo’jalik yurituvchi 
subyektlar va aholidan tushgan mablag’larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham 
turli subyektlar o’rtasida murakkab va ko’p tomonlama taqsimlash munosabatlari 
vujudga keladi. 
Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti va uning barcha bo’linma-larida
iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta’minot, markazlashtirilgan investitsiyalar
hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondi-
rishga yo’naltirilgan maqsadli fondlar tashkil etiladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot 
tarmoqlari, ijtimoiy sohaning bo’linmalari va hokazolar o’rtasida mablag’larni 
qayta taqsimlash sodir bo’ladi. 
Davlat byudjeti fondlari o’zining miqdoriga ko’ra ko’p sonlidir. Ular davlat 
byudjetining barcha bo’g’inlarida va bo’linma-larida yaratiladi. Shu bilan 
birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik davlat byudjeti fondlari nisbatan tor 


153 
doiralarga mo’ljallangan boshqa fondlarga bo’linadi. Masalan, “Iqtisodiyot 
xarajatlari” fondi alohida tar-moqlar fondi, ular esa, o’z navbatida, yana bir necha 
fondlarga bo’linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudjetining asosi 
sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo’ljallanganligi, ma’muriy 
hududlarga tegishliligi va o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadigan ko’p sonli 
fondlar konglomeratidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga asos bo’la oladi. Bu 
fond ko’p sonli taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi 
tomondan esa, to’ldirilib boriladi. 
Uchinchi bosqichda davlat byudjeti fondlari hududlar va maqsadga 
mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir 
mulkchilik shakli doirasida davlat byudjeti mablag’larini qaytarilmaslik tarzida 
berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetni taqsimlash 
jarayonining oxirgi bosqichida davlat byudjeti mablag’larini olganlar tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromad-lari singari, 
ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa 
tomondan esa – subyektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan 
mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli 
maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana 
shu ik-kiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki 
taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekan-ligidan dalolat beradi. Bu yerda 
davlat byudjeti fondlarining egasi – davlat va pul mablag’larini oluvchilar – 
subyektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Bu bosqichda 
(birinchisidan farqli o’laroq) davlat va aholi o’rtasida bevosita taqsimlash 
munosabatlari vujudga kelmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun 
ajra-tilgan barcha davlat byudjeti resurslari tegishli subyektlarning fondlarini 
(masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va 
boshqalar) shakllantirishga yo’naltiriladi. 
Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy 
(byudjet) 
kategoriyadir. 

kategoriya 
sifatida 
byudjetni 
taqsimlash 
munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. 
Ularning moddiylashuvi byudjetdan subyektlarga pul mablag’larining teskari 
oqimi bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha 
bo’lin-malariga xos bo’lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va 
ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda sodir bo’ladi: 
pul fond-larini shakllantirish ulardan foydalanishidan oldin sodir etilmasdan, davlat 
byudjeti mablag’laridan foydalanuvchilarda fondlarning shakllanishiga olib 
keladi. 


154 
Davlat byudjeti mablag’larini 
olgandan keyin subyektlar o’zlari-ning pul 
fondlarini tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o’z navbatida, ma’lum maqsadlarga 
mo’ljallangan kichik fond-larga bo’linadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining 
xarajatlari tranzit xarakterga ega bo’lib, ularni tom ma’nodagi xarajatlar deb 
bo’lmaydi. Davlat byudjeti bu xara-jatlarning o’lchamini limitlashtiradi (biroq 
to’liq dara-jada emas), xarajatlar esa subyektlarning o’zi tomonidan amalga 
oshiriladiki, bunda byudjetdan moliyalashtirish tartibida pul mablag’lari 
yo’naltiriladi va shu erning o’zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi. 
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, xarajatlar emas, 
balki amalda (haqiqatda) byudjetdan assignovaniyalari
ajratiladigan mablag’larni 
tushunila-digan davlat byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan 
tenglashtirish maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan davlat 
byudjeti xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Xuddi 
shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuchlar moliyasi deb bo’lmaydi. 
Davlat byudjeti kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari o’zining 
turli shakllariga ega. Ular quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 

smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o’z daromadlariga 
ega bo’lmasdan 
davlat byudjetining 
mablag’lari 
hisobidan to’liq 
moliyalashtiriladi)
51


davlatning korxona va tashkilotlariga mablag’ berish (bunda 
moliyalashtirish obyektlari sifatida faqat kapital qo’yilmalar, aylanma mablag’lar 
va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi); 

dotatsiya va subvensiyalar (bunda davlat byudjeti rejali-zararga 
ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar. 
Davlat byudjeti xarajatlari davlat byudjeti daromadlarining ayrim 
shakllariga o’xshash baholarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. 
Bunda davlat byudjeti xarajatlari tovar-larning bahosi uning haqiqiy qiymatidan 
past darajada o’rnatilib, sotilganda vujudga kelgan zararlarni qoplash manbai 
sifatida maydonga chiqadi. 
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “byudjetdan moliyalashtirish” 
tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng bo’lgan tushunchalar 
emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari davlat byudjeti kategoriyasini ifoda etsa, 
byudjetdan moliyalashtirish esa bu kategoriyaning amalda subyektlarga aloqador 
barcha tadbirlar bilan mablag’larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini 
shakl-lantirish jarayoni byudjetdan tegishli subyektlarga mab-lag’lar berilganidan 
so’ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan tashqarida davom etib, 
subyektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va 
51
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday sub’yektlarga ham o’zining asosiy faoliyati natijalariga salbiy ta’sir 
ko’rsatmagan holda daromad ishlab topish imkoniyati berilishi mumkin. Buning ustiga, hozirgi sharoitdagi davlat va biznes 
hamkorligi ham, o’z navbatida, shuni taqozo etadi.


155 
boshqalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq yuqorida bayon etilgan 
usullarning birortasini mustaqil davlat byudjeti kategoriyasi sifatida talqin qilish 
mumkin emas. Chunki ularning har biri davlat byudjeti kategoriyasi hisoblangan 
davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bo’lish shaklidir. 
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat 
pul fondini shakllantirish, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va 
subyektlarni byud-jetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro 
bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. 
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyumlashgan tarzda 
vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyum-lashgan qatlami yalpi ichki (milliy) 
mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida qiymat shaklida ishtirok etadi. 
Byudjetli taqsimlash munosabatlariga, ichki jihatdan, qator iqtisodiy qonunlarning 
ta’siri ostida bo’lgan moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat 
byudjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki 
(milliy) mahsulot harakatining asosiy yo’nalishlarida namoyon bo’ladi. Aynan 
davlat byudjeti iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishiga, iste’mol fondining 
qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va sub’-ektlar o’rtasida bo’linishiga 
hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. 
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon 
qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi 
ta’rifni berish mumkin: mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida 
qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish 
borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish