Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Glossariy
GLOSSARIY Adekvatlik – teng, o’xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya – psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o’xshashligi.
Anketa – metodlardan biri bo’lib, respondent to’g’risida aniq ko’zlangan ma’lumotlarni yig’ish maqsadida qo’llaniladi.
Assosiasiya – psixik xodislar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma’lum qonunlar bo’yicha tarkib topadi.
Attraksiya – bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi.
Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik – shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o’zida ham eshitib, ham ko’rib idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar sifatida ro’y beradigan psixologik holat.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo’llaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo’lgan shaxsning o’zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og’zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a’zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip – ota-onadan farzandga o’tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini o’rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo’naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan o’rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig’indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma’lum obyektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko’lami – bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko’chirish.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro og’zaki gaplashishi. Dialogik nutq – nutq turlaridan bo’lib, bunda so’zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko’rsatadi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o’rnatishda o’z fikrini o’tkazish xislatining yorqin namoyon bo’lishi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Yosh davri nizolari – o’ziga xos, uncha uzoqqa cho’zilmaydigan ontogenez davrlari bo’lib, bu vaqtda keskin psixik o’zgarishlar yuz beradi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni shakllantiruvchi jamoa a’zolari.
Yo’nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo’lga yo’naltiruvchi barqaror motivlar yig’indisi.
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o’zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo’lgan narsa obrazlarning nisbatan o’zgarmasligi.