Sotuv bo‘limi – firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo korxonalari orqali sotilishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Korxona rahbariyati – yirik sotuv jarayonlarida, masalan, investision tarmoqlarga tovar, xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilarni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda kommivoyajerlar faolyatini qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Konsignator – eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasida belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |