teskari vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning mahsulot yetkazib beruvchi firmani sotib olishi yoki ularning ustidan nazoratni kuchaytirishi hisobiga o‘sishiga yo‘naltirilgan. Bu strategiyani amalga oshirish narxlar o‘zgarishining butlovchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar so‘rovlariga bog‘liqligini kamaytiradi;
oldinga yuruvchi vertikal integratsiya strategiyasi - firmaning savdo va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi mahsulot yetkazib beruvchi firmalarni sotib olishi yoki ular ustidan nazoratni kuchaytirishi bilan o‘sishiga yo‘naltirilgan. Integratsiyaning bu turi vositachilik xizmatlari o‘ta kengayganda yoki firma ish sifati yuqori bo‘lgan vositachilarni topa olmaganda, juda foydali;
Do'stlaringiz bilan baham: |