O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport mahoratini oshirish fanidan kurs ishi


Futbolchilarni texnik-taktik mahoratlarini aniqlash usullari



Download 470,15 Kb.
bet4/8
Sana04.03.2022
Hajmi470,15 Kb.
#482266
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tayyorgarlik turlari (nazariy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik). Futbol sporti turi misolida

3. Futbolchilarni texnik-taktik mahoratlarini aniqlash usullari
Ma’lumki, futbolchilarni jismoniy holatini baholash bilan birga, ularni texnik-taktik mahoratlarini ham aniqlash kerak. Buni ikki yo’l bilan amalga oshirish mumkin: futbolchilarni harakatlarini o’yin sharoitida kuzatish va maxsus testlar yordamida aniqlashdir. Birinchi usul ko’proq ahamiyatliroqdir, chunki bevosita musobaqa sharoitida harakatlar o’rganiladi.
O’yin faoliyatini qayd qilishni turli shakllari mavjud. O’z vaqtida G.D.Kachalin maxsus qayd qilish protokollariga darvozaga berilgan zarbalarni baholagan edi.
N.M.Lyukshinov, Yu.A.Morozovlar esa futbolchilarni harakatlarini kuzata turib, harakatlarni magnitafonga yozish usulini qo’llashgan. So’ngra to’plangan ma’lumotlar qayta ishlangan.
M.Vashkalisni ta’kidlashicha, musobaqalardagi o’yin harakatlarini qayd qilishsiz, o’yinni tahlili sub’ektiv ko’rinishga ega bo’lib qoladi.
Pedagogik kuzatishlarni ahamiyati shundaki, to’plangan ma’lumotlarni tahlili asosida, o’quv-mashg’ulot jarayonini ob’ektiv boshqarish mumkin (Yu.L.Ilichev).
Futbolchilarni o’yinini baholashni imkonini beruvchi ob’ektiv kriteriylarni ahamiyati haqida ham mashxur sport mutaxassisi A..Starostik ham o’z fikrlarini bildirgan.
Konkret sonlarda yoritilgan bunday kriteriylarni borligi, futbolchilarni turli harakatlarni bajarishlarida baholash imkonini beradi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, barcha futbolchilarni bajaradigan harakat faoliyatlarini hajmi va xarakteri bir holda emas va u futbolchini jamoada egallaydigan o’rni, uni vazifalariga va faolligiga bog’liq bo’lishi mumkin.
Jamoaviy texnik-taktik harakatlarini tahlil qilish va ro’yxatga olish g’oyasi 70-yillarning o’rtalarida yuzaga keldi. Uning yuzaga kelishi ikki guruh sabab bilan izohlanadi.
Birinchisi –shu davrda musobaqa faoliyatini nazorat qilish usulining yetarli darajada axborotlashtirilmaganligi: individual texnik-taktik harakatlarning (ITTH) baholanishi va ro’yxatga olinishi. Turli kvalifikatsion darajaga ega bo’lgan jamoalarda o’tkazilayotgan o’yinlarda ekstremal materiallarning to’planishi bir xil ko’rsatish va ITTH ni olish imkonini berdi.
Ikkinchi sabab- V.V.Lobonovskiy, O.P.bazilevich, Yu.A.Morozovlarning terma jamoa boshqaruviga, M.A.Godikning kompleks ilmiy guruh rahbari sifatida kelishi. U G.M.gadjiev bilan hujum birgalikda hajum qilayotgan jamoalarning texnik-taktik harakatlarini (TTH) ro’yxatga olish metodikasini ishlab chiqdi. Mutaxassislar uni qo’llagan holda nazorat metodlarini birlashtirish uchun qo’shimcha ravishda asosiy tushunchalarni aniqladilar. Avtorlar ularning tarkibiga quyidagini kiritdi: hujum to’pga egalik qilgan jamoada futbolchilarning darvozani egallashga yo’naltirilgan harakati.

Shuni aytish lozimki, darvozani egallashga yo’naltirilgan harakat o’yinchining, jamoaning so’nggi maqsadi va shu bababli, to’pga egalik qilib turgan futbolchi tomonidan ko’rib chiqilmasligi mumkin. Aniq o’yin vaziyatidan kelib chiqqan holda bizning oldimizda quyidagi masalalar turadi:


A) to’pni nazorat qilishni saqlab qolish;
B) hujumni rivojlantirish (boshlash, davom ettirish);
V) hujumni tugallash.
Hujumni boshlash va tugallash momentlariga bog’liq holda to’p bilan to’liq egalik qilish, to’pni yo’qotish, hamda o’yinni to’xtatishni hisobga olish zarur (kichik tanaffusda ham avvalgi harakatlarni davom ettirish mumkin emas. CHunki ikkala jamoa o’yinchilarining joylashuvi o’zgaradi).
Hujum turlari.
1. Kirib boruvchi hujum darvozani egallash imkoniyati real bo’lgan zonaga yetib borgan (oldingi chiziqdan 26-28 metr) hujum.
2. Flangli hujum kirib boruvchi hujum, jarima maydonchasi va maydon yon chiziqlari bilan chegaralangan zonada bajariluvchi yakuniy harakat.
3. Markazdan hujum kirib boruvchi hujum, jarima maydonchasi chizig’i bilan chegaralangan zonada bajariluvchi yakuniy harakat.
4. Standart hujum-hujum qilayotgan darvozadan 26-28 metr masofadan standart holatdagi hujum.
5. Muvaffaqiyatli hujum-burchak, hujum qiluvchi foydasiga jarima bo’yicha darvozaga yo’naltirish bilan tugallangan yoki havfli vaziyatni yuzaga keltirgan kirib boruvchi hujum.
6. Haftali vaziyat-to’p bilan galik qilayotgan futbolchi gol o’rishi lozim bo’lgan o’yin holati. Bu vazifalar uchun pozitsiya harakterlidir: hujumni tugallayotgan o’yinchi bilan darvoza o’rtasidagi masofa 18 metrdan, hujum burchagi 450dan oshmasligi kerak, zarba xatosiz bajariladi yoki yutkazilgan pozitsiyada joylashadi.
Futbolchi to’pga yeta olmagan, egallab ola olmagan o’yin momentlarini havfli momentlarga kiritish maqsadga muvofiq emas, bunday vaziyatlarda futbolchining gol urish imkoniyati nolga teng.
Jamoaviy texnik-taktik harakatlarni, har bir jamoa uchun o’z darvozasidan boshlanuvchi, futbol maydonining to’rt zonasida ro’yxatga olish zarur (quyidagi rasm).

1 2 3 4





Ajratish uchun asos bo’lgan, maydonning bunday bo’linishiga sabab, ob’ektiv boshlangandir.


Birinchidan, “o’yindan tashqari holat” qoidasi bilan va u bilan kelib chiqadigan saflanish xususiyatlari.
Ikkinchidan, o’yinni yuritish ayrim usul va printsiplari.
Uchinchidan, darvozani egallash real bo’lgan masofadan.
Birinchi ikki sabab maydon markaziy chizig’ini hisobga olish zarurati, uchinchisi, darvoza chizig’idan 26-28 metr masofada joylashgan uch zonali ajratish deb nomalanadi.
Taklif etilayotgan metodika quyidagi o’yin momentlarini ro’yxatga olishni nazarda tutadi:

1. To’pni egallab olish va yo’qotish joyi (hujumlarni boshlash va tugallash zonasi).


2. Hujum harakatlari boshlangan vazift (yoki o’yin standart holatlari).
3. To’pni egallab olgandan so’ng, hujumni tugallash uchun jamoa tomonidan qilingan yurishlar soni (uzatishlar, to’pni o’tkazib yuborish).
4. Kirib borgan hujumning yakuniy harakatlari maydonning qisqa zonalarida amalga oshirildi (flanglarda, markazda).
5. Hujumning yakuniy natijasi (darvozaga zarba, havfli moment, darvoza bo’ylab yuborish, to’pni yo’qotish, to’xtatish va uning sababi).
Bu ma’lumotlar kuzatuvchi tomonidan hujumni boshlash va tugallash zonalarini belgilangan holda maxsus tayyorlangan blanklarga, grafiklarga tushiriladi.
Tahlilda markaziy o’rinni to’rtinchi grafikda fiksirlangan, kirib boruvchi hujumga tegishli bo’lgan, barcha ko’rsatkichlarga ishlov berish egallaydi: flang, markaz va standart holatlar bo’yicha hujumlar soni va sifati; havfli momentlar soni va raqib darvozasiga turli zonalardan tepilgan to’plar.
Harakatlar sonini hisoblash qiyin emas. Murakkablik ularning samaradorligini hisoblashda. Aniqlashning eng soda usuli hujumlar soni va ularning umumiy soniga nisbatini olishdadir. Ammo, bunday yondoshuv harakatlarning turli qiymatlarida bir xil talqin qilinadi va sezilarli kamchilikka ega. Shu sababli, jamoaviy harakatlarning samaradorligini aniqroq baholash uchun samarali hujumning qiymatini aniqlash zarur. Hujumning qiymatlilik chegarasi bo’lib uning o’tkirlik darajasi xizmat qilishi mumkin, ya’ni darvozani egallash uchun pozitsiyaning murakkabligini hisobga oluvchi, qabul qilingan hisoblash koeffitsienti. Murakkablik darajasini aniqlovchi faktorlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Darvozabon futbolchiga bo’lgan masofa:
2. Zarbani berish burchagi;
3. Raqib qarshiligini mavjudligi;
4.Harakatlanayotgan hujumning tezligi;
5.Hujumchi va darvozaga nisbatan to’pning tezligi, balandligi va yo’nalishi.
Har bir faktorni detalli hisobga olishda pozitsiyalar soni juda ko’p bo’lishi mumkin. Hujumni tugallash davrida yuzaga keladigan barcha pozitsiyalarni shartli ravishda yuqori malakani talab qiluvchi murakkab va nisbatan soddaga bo’lib, masalani soddalashtirish mumkin. quyida harakatlar hujum samaradorligi va himoyalanish harakatlarini baholash uchun zarur bo’lgan minimal koeffitsientlar soni keltirilgan.
1.Murakkab o’yin holatlarida darvozabonlarga zarbalar;
2.Havfli momentlarda.
a)To’g’ri darvoza oldidan, 11 metrgacha pozitsiya uchun, 1x1 chiqish va boshqalar;
b)boshqa barcha holatlar uchun.
3.Jarimalar.
a)flangdan-0.3
b)markazdan.
4.Burchak to’plari –0,2.
Haqiqiy koeffitsientlar har bir aniq pozitsiyada kiritilgan to’plar sonini bunday pozitsiyalar umumiy soniga bo’lish yo’li bilan olgan. Yakuniy qiymatlar uch xonali bo’lmasligi uchun ular 10 ga ko’paytirilgan.
Ko’plab koeffitsientlar ko’p sonli holatlarda (300-500) ajratilgani uchun ularning axborotlashganini yetarli darajada yuqori deb qarash mumkin. Ammo, ayrim o’yinda kam kuzatiladigan harakatlarni korrektsiyalash zarur.
qo’shimcha ravishda shuni ko’rsatish mumkinki, keltirilgan koeffitsientlar ichki kalendar o’yinlari bo’yicha olingan. Ancha yuqori rang musobaqalarda ular ortishi mumkin. Buni 1982 yilda o’tkazilgan Jahon chempionati natijalarining tahlili ko’rsatib turibdi.
Bundan tashqari, Xarris (1988) bir qator boshqa aniqlanishlarni kiritdi.
Birinchi –o’yin birligi. Bu moment hujumchining o’z jamoadoshiga to’pni uzatishi yoki tepishi bilan boshlanadi.
Bu tushunchaning maqsadi –har bir o’yinchining jamoaviy hujum harakatlarini rivojlanishi va davomiyligiga hissasini aniqlaydi (unda mavjud birliklar soni bo’yicha).
Ikkinchi –o’yinning hisob birligi: hujumchining “o’yin birligi” doirasida bir o’yin harakati.
Uchinchi chegara-hujum konfiguratsiyasi: hujumchi o’yinchilar va himoya o’yinchilarining hujum zonasidagi nisbati (ustunlik koeffitsientini hisoblagan holda).
Shuni ko’rsatib o’tish lozimki. Darvozaga zarbalar va kirib boruvchi hujumlar soni o’rtasidagi korrolyatsiya koeffitsientlari kattaligi keyingi pozitsiyalardan ko’rilgan. Nazariy jihatdan har bir hujum raqib darvozasiga zarba bilan tugallanishi lozim va shu sababli korrelyatsiyaning qo’llanilayotgan koeffitsienti maksimal bo’lishi lozim. Koeffitsientlarning real qiymatlari maksimumdan ancha kam va hujum bosqichini tugallashda futbolchilar bajarish mahoratining past darajada ekanligidan, territoryal va o’yin vositalaridan samarali foydalana olmasligidan dalolat beradi.
Mutaxassislar TTH samaradorligi ma’lum darajada o’yinchilar bajarayotgan hujumning boshlanishidan to tugallanishigacha bo’lgan davrda to’pni uzatishlar soni bilan bog’liq ekanini tan oladilar.
Dunyoni yetakchi jamoalarini kuzatish va futbolchilarni o’yin samaradorliklarini ilmiy tadqiqotlari shuni isbotlaydiki, yuqori sport natijalariga, faqatgina har taraflama jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan futbolchilar erishadi. Aynan jismoniy sifatlar asosida, jamoani texnik va taktik tayyorgarligi tashkil qilinadi. Lekin shunga qaramasdan, bizningcha, bizning murabbiylarimiz va futbolchilarimiz tayyorgarlikni bu qismiga u daraja yetarli e’tibor qaratishmayapti.
Shu munosabat bilan futbolchilarni jismoniy sifatlarini darajasini aniqlash maqsadida ilmiy chempionat boshlanishdan avval tekshirishlar o’tkaziladi.
Bu tekshirishlarda, testlashlarni maqsadi-bu asosiy jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasini aniqlash. Bular: tezlik, tezlik-kuch, tezlik chidamkorligi va umumiy chidamkorliklar.
Futbolchilarni testlashdagi dastur xarakteristikasi yoritilgan.
1-jadval



Me’yorlar

O’lchanayotgan soni

O’lchash usuli

1

30 m.ga yugurish

Tezlik soni

Elektron simli sekundamer

2

7x50 m.li yugurish

Tezlik chidamkorligi

Elektron simli sekundamer

3

“kuper” testi

Umumiy chidamkorlik

Elektron simli sekundamer

4

5 hatlab ko’p sakrash

Sifatlari

Remetka

Testlash jarayonida olingan natijalar 2-jadvalda ko’rsatilgan.


2-jadvaldan ma’lum bo’lishicha, oliy liga jamoalarida 30 m.ga turgan joydan yugurishda o’rtacha natija 4,13 sekundni tashkil qildi. Bu natija ko’pgina futbolchilarni tezlik sifatlarini yaxshi rivojlanganligini anglatadi. Jami bu testlashlarda 388 ta futbolchi ishtirok etgan. Ulardan “a’lo” bahoga 147 ta futbolchi me’yorni topshirishdi. Bu barcha futbolchilarni 37,8 %ni tashkil qiladi.
“Yaxshi” bahoga 106 ta futbolchi me’yor topshirishdi. Bu 27,3 %ni tashkil qiladi. “qoniqarli” bahoga 121 ta futbolchi me’yor topshirishdi va 31,1 %ni tashkil qiladi.
“qoniqarsiz” bahoga 14 ta futbolchi me’yor topshirdi va bu 3,6 %ni tashkil qildi.
Tezlik sifatlari darajasi ko’p jihatdan biologik omillarga bog’liqligini inobatga olgan holda, bu sifatni mashg’ulotlarda rivojlantirish qiyin kechadi va 4,13 sek.li natijani umuman olganda yuqori natija deb hisoblasa bo’ladi.
2001 yilda Oliy liga jamoalarida bu bosqichda tezlik sifatlarini rivojlanishi qoniqarli deb quyidagicha natijalar aniqlandi.
1. “Surxon” –3 ta futbolchi –13,6 %.
2.“Traktor” -1 ta futbolchi –4 %.
3. “Andijon” -4ta futbolchi –22,2 %.
4. “Sug’diyona” -2 ta futbolchi –6,4 %.
5. “Zarafshon” -2 ta futbolchi –11,7 %.
6. “Paxtakor” -1 ta futbolchi –4,5 %.
7. “Temir yo’lchi” 1 ta futbolchi –5,2 %.
Eng yuqori natija, o’rtacha jamoa hisobida “Yangier” futbol jamoasida qayd qilindi. Natija 4,09 sekundni tashkil qildi.
1.“Neftchi” jamoasida 32 ta futbolchidan 22 tasi “a’lo” bahoga yugurishdi. Bu 68,7 %ni tashkil qiladi.
2.“Xorazm” jamoasida 26 ta futbolchidan –17 tasi “a’lo” bahoga me’yor topshirildi. Bu jamoa hisobida 65,3 %ni tashkil qildi.
3. “Surxon” jamoasida 22 ta futbolchidan 14 tasi yuqori natija ko’rsatdi va 63.6 %ni tashkil qiladi.
4. “Samarqand” jamoasida 65 % futbolchilar, ya’ni 20 ta futbolchidan 13 tasi “a’lo” bahoga testlarni topshirishdi.
5. “Traktor” jamoasida ham yuqori natijalar qayd qilindi. 25 ta futbolchilarni 14 tasi “a’lo” bahoga me’yor topshirishdi.
6. “Navbahor” jamoasi 23 ta futbolchidan 12 tasi “a’lo” natijani ko’rsatib, bu 52,1 %ni tashkil qildi.
qolgan jamoalarda esa “a’lo” bahoga jamoani yarmidan ko’p futbolchilar topshira olishadi.
“5 xatlab ko’p sakrash” testida esa, Oliy liga bo’yicha, jamoalar bo’yicha o’rtacha natija 13,31 m.ni tashkil qildi, bu qoniqarli natijadir. Tezlik-kuch sifatlarini ham qoniqarli ekanini bildiradi.
“Neftchi” futbol jamoasi eng yuqori natija qayd qilingan va u 13,91 m.ni tashkil qildi. 32 ta futbolchidan “a’lo” bahoga 20 ta futbolchi me’yor topshirdi. Bu jamoa hisobida 57,1 %ni tashkil qiladi. Bu degani jamoani yarmidan ko’p futbolchilar “a’lo” natijani qayd qilishdi va ularni tezlik-kuch sifatlarini rivojlanganlik darajasini yuqori "“eftchi"”an so’ng qolgan jamoalar:
1. “Yangier” –13,45 m;
2. “Do’stlik” -13,38 m;
3. “Samarqand” -13,34 m;
4. “Navbahor” 013.34 m.li natijani umum jamoa hisobida (o’rtacha natija) qayd qilindi.
Jami bu testlarda 384 ta futbolchi qatnashgan. Bulardan (barcha jamoalar ichida) “a’lo” bahoga –55 ta futbolchi –14,3 %
“yaxshi” bahoga –75 ta futbolchi –19,5 %.
“qoniqarli” bahoga –231 ta futbolchi –55,4 %.
“qoniqarsiz” bahoga –41 ta futbolchi –10,6 % nazorat me’yorlarini topshirishgan.
Demak, barcha 384 ta futbolchidan 41 ta futbolchi nazorat me’yorini topshira olishgan. Eng ko’p tezlik-kuch sifati rivojlanmagan futbolchilar quyidagi jamoalarda qayd qilindi.
1. “Paxtakor” -8 ta futbolchi –36,3 %.
2. “Nasaf” -6 ta futbolchi –20 %.
3. “Traktor” -6 ta futbolchi –30 %.
4. “Buxoro” -5ta futbolchi –21,7 %.
Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, “Metallurg” jamoasida barcha futbolchilar me’yorlarni faqat “4” va “5” bahoga topshirishdi, ularni ichida katta qoniqarli bahoga topshirganlar hali yo’q edi.
7x50 m.li chalqancha yugurishdagi natijalarni tahlil qilib, shularni aytib o’tish mumkin. Oliy liga jamoalarining o’rtacha natijasi 61,8 sekundga teng.
Olingan testlash natijalari bo’yicha umumiy xulosalar.
1998-1999 yillarda ham, shu zaylda Oliy liga jamoalarida testlash bo’lib o’tgan.
Agarda bu testlashlarni natijalariga e’tibor qaratsak, tezlik hamda umumiy chidamkorlik ko’rsatkichlari bo’yicha ancha o’sish ko’zga tashlanadi.
Masalan, 1998 yilda ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha. 7x50 m.ga yugurishda, tekshirilganlarni 67,3 % qoniqarli natijalarni ko’rsatishdi. 1999 yilda esa 89,2 %. “Kuper” testida esa 41,2 % futbolchilarni natijalari qoniqarli bo’ldi. 1999 yilda bu ko’rsatkich %ni tashkil qildi.
Lekin testlash natijalarini tahlili shuni ko’rsatdiki, ko’pgina futbol jamoalarida bu bosqichda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlanganligi yuqori darajada emas edi.
Ko’pgina futbolchilar nazorat me’yorlarini “qoniqarli” bahoga topshirishdi. Lekin zamonaviy futbolchi rivojlanishi, sportchilardan jismoniy va ijtimoiy-irodaviy sifatlarni namoyon bo’lishini “qoniqarli” darajada emas, balki maksimal darajadagi ko’nikishni talab qilmoqda. Tabiiyki, futbolchilarimizga, jismoniy ko’rsatkichlar bo’yicha maksimal talabli qo’yiladigan o’yinlarda, ya’ni nufuzi jihatidan yuqori o’yinlarda, bizning futbolchilar bunday sharoitlarga javob bera olishmayapti. Sabab jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada emasligi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, ko’pgina bizning jamoalarimizda mashg’ulot yuklamalari bir yo’nalishli xarakterga ega va ularda ma’lum sifatni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlar deyarli yo’q desa ham bo’ladi.
Amaliy malaka shuni ko’rsatadiki, 2-2,5 oylik tayyorlov davrida futbolchilarni funktsional va atletik tayyorlash mumkin, agarda mashg’ulotlar maqsadli bo’lsa.
Agarda Oliy liga jamoalarida, jamoani tarkibini asosan yuqori malakali futbolchilar tashkil qilsa, birinchi liga jamoalarida jamoa tarkibida yosh, umidli va o’sib kelayotgan futbolchilarni ham ko’rishimiz mumkin. Lekin bu yerda ham bari bir jamoa tarkibi yuqori malakali futbolchilar tashkil qiladi.
Biz o’z ilmiy izlanishlarimizda 2006 yildan ilk bor birinchi liga bahslarida ishtirok etishni boshlagan “Oqtepa” futbol jamoasida, jismoniy tayyorgarlik bo’yicha, ya’ni tayyorgarlikni darajasini aniqlash maqsadida tayyorlov davrini umumtayyorlov bosqichida testlashni amalga oshirdik. Testlashda jamoa murabbiylari yaqindan yordam berishdi.
Testlashni yuqori ko’rsatib o’tilgan ko’rsatkichlar bo’yicha, ya’ni 30 m.ga yugurish (s), 5 hatlab sakrash (m) va “Kuper” testi bo’yicha amalga oshirdik.
Testlashda jami 17 ta futbolchi ishtirok etdi. Ularni ko’rsatgan natijalari bilan tanishsak.
5 hatlab sakrashlarda biroq bir futbolchi yuqori natijaga erisha olmadi. Jamoani asosiy qismi, ya’ni 70 % futbolchilar “qoniqarli2 bashoga javob berishdi.
“Kuper” testida ham 70,5 % futbolchilar “qoniqarli” natija ko’rsatishdi.
“Oqtepa” futbol jamoasini jismoniy tayyorgarlik bu bosqichda ham past darajada ekanligi ma’lum bo’ldi va jamoa o’zini o’quv-mashg’ulotlarida jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirdi.
Inson qarakat imkoniyatlarining aloqida jiqatlarini jismoniy sifatlar deb atash qabo'l qilingan. Tezkorlik qarakatiga ho syoki jismoniy asoslar sirasiga kiradi.

Download 470,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish