O’zbекiston rеspubliкasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshкеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti «buxgaltеriya hisobi va audit» faкultеti


 Xo’jalik yurituvchi subyektlarda hujjatlar aylanishini tashkil qilish va



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana26.02.2022
Hajmi0,9 Mb.
#471940
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarida xisob registirlarini takomillashtirish yollari

2.1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda hujjatlar aylanishini tashkil qilish va 
saqlash tartibi.
 
Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarida xisob registirlarini yuritishda turli xil hisob registirlaridan 
belgilangan tartibda foydalanib kelinmoqda. Buxgalteriya xisobida boshlang’ich 
hujjatlarnining harakati (hujjatni tuzish yoki boshqa xo’jalik yurituvchi subyektdan 
olish, hisobga qabul qilish, ishlash arxivga berish –xujjatlar aylanishi ) jadval bilan 
tartibga solinadi. Bu jadvalni tuzish ishlarini xo’jalik yurituvchi subyektning bosh 
buxgalter tashkil qiladi. Hujjatlarning aylanish jadvali xo’jalik yurituvchi subyekt 
rahbari buyrug’I bilan tasdixlanadi.
Jadval yordamida xo’jalik yurituvchi subyektda hujjatlar aylanishi, 
boshlang’ich hujjat o’tishi lozim bo’lgan bo’linmalar va bajaruvchilarning aniq 
soni, xujjatlarning xar bir bo’linmada bo’lishining eng kam muddati o’rnatiladi. 
Hujjatlar aylanishi jadvali xo’jalik yurituvchi subyektning har bir bo’linmasi va 
hamma bajaruvchilari tomonidan hujjatlarni tuzish, tekshirish va ishlash bo’yicha 
ishlar tarxi yoki ro’yxati sifatida rasmiylashtirishi mumkin. Bu tarx yoki ro’yhatda 
xujjatlarni tuzish, tekshirish va ishlashning hamma ijrijilarining o’zaro aloqasi va 
bu ishlarni bajarish muddatlari ko’rsatiladi. Hujjatlar aylanishi jadvalining 


42 
ko’chirmasi shu jadvalda ko’rsatilgan ijrochilarning har biriga beriladi. Bu 
ko’chirmada tegishli ijrochi faoliyatiga taaluqli bo’lgan hujjatlar, ularni taqdim 
etish muddatlari va qaysi bo’linmalarga ushbu hujjat berilishi kerakligi 
ko’rsatiladi.
Hujjatlar aylanish jadvalini ta’minlash, hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli 
tuzish, ularni buxgalteriya xisobi va xisobotida qayd qilish uchun o’z vaqtida 
topshirish va hujjatlardagi ma’lumotlarning haqiqitga to’g’ri kelishiga shu 
hujjatlarni tuzgan va unga imzo chekkan shaxslar javobgar bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning bosh buxgalteri ijrochilar tomonidan 
hujjatlar aylanishi jadvalining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Korxona bosh 
buxgalterining operatsiyalarni rasmiylashtirish tartibi va tegishli hujjatlarni , 
ma’lumotlarni buxgalteriyaga yoki hisoblash markazlariga taqdim etish tartibi 
bo’yicha qo’yadigan talablari ushbu xo’jalik yurituvchi subyektning hamma 
bo’linmalari uchun albatta bajarilishi zarur talablar bo’lib hisoblanadi. 
Shunday qilib, xo’jalik operatsiyalarini o’zida aks ettirgan hujjatlarning 
rasmiylashtirilishidan arxivga kelib tushishiga qadar bosib o’tishi zarur bo’lgan 
bosqichlar yig’indisiga hujjatlarning aylanishi deb ataladi. 
Hujjatlarning aylanishini tashkil qilishda hujjatlarni rasmiylashtirish, 
ularning to’g’ri tuzilganligini tekshirish, hujjatlarni ishlash, hujjatlarning 
ma’lumotlari, ularni ma’lum iqtisodiy mazmunlariga qarab guruhlashtirish, tegishli 
registirlarda aks ettirishda hujjatlarning harakat qilish rejasi katta ro’l o’ynaydi. Bu 
rejada hujjatlarni rasmiylashtirishdan ularning ma’lumotlarini buxgalteriya 
xisobining registirlarida aks ettirishlariga qadar instansiyalarni ayrim ayrim 
ko’rsatib, har bir bosqichga hujjat qaysi bosqichda kelib tushishi va qancha vaxt 
ichida bu bosqichdan keyingi bosqichga o’tishi belgilanadi. Hujjatlarning anashu 
harakat qilish rejasiga asosan ish olib borilganda xo’jalik operatsiyalarining o’z 
vaqtida xujjat bilan rasmiylashtirilishi, hujjatlarning ishash uchun bir teksda kelib 
tushishi va buxgalteriya ishining oqilona tashkil qilininshi ta’minlanadi. Shuning 
uchun ham bir turdagi buxgalteriya hujjatlariga o’ziga xos harakat jadvallari 


43 
tuziladi. Bu jadvallarga asosan buxgalterlar moddiy javobgar shaxslardan, hisobdor 
shaxslardan sex va boshqaruv xodimlaridan buxgalteriya hujjatlari talab qilinadi. 
Buxgalteriya hujjatlarining aylanishi hujjatlarni arxivga topshirish bilan tugaydi.
Boshlang’ich hujjatlar, hisob registirlari, buxgalteriya hisobotlari va 
balanslari albatta arxivga topshirilishi kerak. Ular xo’jalik yurituvchi subyekt 
arxiviga topshirulgunga qadar buxgalteriyada maxsus xonalarda yoki berkiladigan 
shkaflarda bosh buxgalter tomonidan qo’yilgan shaxsning javobgarligi ostida 
saqlanadi. Qa’tiy hisobotdagi ish qog’ozlar esa seyflarda, metalldan yasalgan 
shkaflarda yoki ularning butligini ta’minlaydigan maxsus xonalarda saqlanishi 
kerak. Kompyuterlar o’qiy oladigan ma’lumot tashuvchilardagi boshlang’ich va 
ishlash 
natijasida 
olingan 
xujjatlar 
buxgalteriya 
xisobi 
uni 
mexanizatsiyalashtirilgan sharoitda yuritish yuritish qoidalari tegishli me’yoriy 
xujjatda o’rnatilgan tartibga ko’ra saqlanadi. Har bir oyning qo’lda ishlangan va 
ma’lum hisob registirida tegishli boshlang’ich hujjatlari xronologik tartibda 
komplektlanadi va ular xo’jalik yurituvchi subyekt arxiviga ma’lumotnoma bilan 
topshiriladi. Kassa orderlari, bo’nak hisobotlari va bank ko’hirmalari ularga 
tegishli xujjatlar bilan xronologik tartibda yig’iladi va muqovalanadi. Hujjatlarning 
ayrim turlari muqovalanmagan xolda, ammo papkaga tikilgan xolda saqlanishi 
mumkin. Xo’jalik yurituvchi subyekt arxivida boshlang’ich hujjatlar, hisob 
registirlari, buxgalteriya xisoboti va balanslarini saqlash muddati Vazirlar 
Mahkamasi qoshidagi bosh arxiv boshqarmasi tasdiqlagan vazirliklar va xo’jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatida tashkil bo’ladigan namunaviy hujjatlar ro’yxati 
bilan aniqlanadi.
17
Arxivga topshiriladigan hujjatlar avval ekspertiza qilinadi va ma’lum 
tartibga keltiriladi. Kassa orderlari, bo’nak hisobotlari, bank ko’chirmalari va 
ularga tegishli hujjatlar hamda saqlanish muddati o’n yildan ko’p bo’lgan hujjatlar 
arxivga muqovalangan xolda topshiriladi. Saqlanish muddati o’n yildan kam 
bo’lgan hujjatlarni skorosshivatelda varaqlari raqamlashtirilmagan va xujjatlar 
17
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xoshidagi bosh arxiv boshqarmasi. 


44 
ro’yxati tuzilmagan holda arxivga topshirish mumkin. Buxgalteriyada hujjatlarning 
butligiga 
korxonaning 
bosh 
buxgalteri 
javobgar 
bo’ladi.
Shuning uchun ham boshlang’ich hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq 
bo’lgan masalalarni bosh buxgalter hal etadi. 
Mashina o’qiy oladigan hujjatlarni arxivda saqlash uchun saralab olish 
ularning kerakligini ekspertiza qilish natijasida amalga oshiriladi. Davlat arxiviga 
saqlashga beriladigan mashina o’qib oladigan hujjatlar xo’jalik yurituvchi 
subyektda 5 yildan ortiq saqlanmaydi va ularning texnik holati muntazam ravishda 
tekshirib boriladi. Kerak bo’lib qolsa ular yangi fizik axborot tashuvchiga qayta 
yoziladi. Mashina o’qiy oladigan hujjatlar davlat arxiviga, odatda, yangi 
disketalarga qayta yozib 2 nusha qilib topshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik hisoboti, yig’ma hisoboti, ularga 
berilgan tushintirish xatlari, yillik buxgalteriya hisobotini ishlab chiqish va uning 
tahlili bo’yicha tahliliy jadvallar, yillik buxgalteriya xisobotini ko’rib chiqish va 
tasdiqlash bo’yicha materiallar(buyruq, bayonnoma va boshqalar) doim saqlanadi. 
Ishchi va xizmatchilarning shaxsiy scho’tlari 75yil saqlanadi. imorat va inshootlar 
hisobi bo’yicha daftar va kartatekalar hamda ularni inventarizatsiya qilish 
materiallari 10 yil saqlanadi. Bosh daftar va jurnallar, xo’jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini hujjatli taftish dalolatnomalari va 
ularga tegishli materiallar 5yil saqlanadi. 
Kassa daftari, aylanma va yig’ma vedomostlar, boshlang’ich hujjatlar, ishchi 
va xizmatchilarga ish haqi to’lash vedomostlari, agar taftish qilingan bo’lsa, uch 
yil saqlanadi. Debitor va kreditorlik qarzlari, dargumon qarzlar, ish haqiga doir 
qarzlar, kreditga olingan mol mulk uchun ishchi va xizmatchilar bilan xisob 
kitoblar, bo’nak hisobotlari kassani tekshirish dalolatnomalari va boshqalar bilan 
bog’liq bo’lgan hujjatlar ham uch yil saqlanadi. Shu muddatlar tugagandan so’ng 
maxsus axamiyatga ega bo’lgan hujjatlar ajratib olinib davlat arxiviga topshiriladi. 
Hujjatlarning qolgan qismi esa xo’jalik yurituvchi subyekt arxividan olinib, 
dalolatnoma asosida yo’qotib yuboriladi.


45 
Boshlang’ich hujjatlar, hisob registirlari, buxgalteriya hisobotlari va 
balanslarning butligini, ularning arxivga berilishini rasmiylashtirish va arxivga 
topshirishni xo’jalik yuritishni subyektning bosh buxgalteri ta’minlaydi. Ular 
buxgalteriya va xo’jalik yurituvchi subyekt arxividan xo’jalik yurituvchi 
subyektning boshqa bo’linmalari xizmatchilariga berilmaydi. Faqat bosh 
buxgalterning ruxsati bilan xo’jalik yurituvchi subyektning boshqa bo’linmalari 
xodimlariga berilishi mumkin. 
Korxonadan hujjatlarni faqat ayrim xodisalarni aniqlash maqsadida dastlabki 
tergov, prokuratura va sud tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob 
bergan hollardagi qarorlariga asosan olinishi mumkin. 
Hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib , bir nusxasi korxonaning 
tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan beriladi. Hujjatni olgan tashkilotning ruxsati 
va vakili ishtirokida tegishli ma’sul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin. 
Unda nima sababdan olinganligi muddati ko’rsatilishi shart.
18

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish