Bobning qisqacha mazmuni
Xalqaro munosabatlar sohasida davlat boshliqlari nomidan muloqat olib
borishda vakillar muhim o’rin tutadi. Davlatlar to’g’ri kelgan shaxsni diplomatik
vakil sifatida qabul qilmaydi. Diplomatik vakil Tashqi ishlar vazirligi tomonidan
jo’natiladigan davlatdan so’raladigan ruxsatnoma, ya’ni agreman muvofiq
tayinlanadi. Ayrim hollarda agreman so’ralgan hukumat qandaydir sababga
ko’ra u yoki bu shaxsning o’z mamlakatiga vakil etib tayinlashiga rozilik
bermaydi. Bu shaxs diplomatiya tilida “persona non grata” nomatlub shaxs deb
ataladi. Vakolatxona boshliqlari turli kategoriyalarga bo’linadi. Oliy komissar
quyidagi davlatlarda duayen vazifasini egallashi mumkin: Avstraliya, Hindiston,
Kanada, Pokiston va Shri-Lanka. Vatikan diplomatiyasi o’ziga xos xususiyatga
egadir. Vatikan mustaqil davlat hisoblanib, elchixonalarning aktiv va passiv
huquqlaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |