Преобразовать в таблицу - Tanlangan matnni jadval ko’rishiga, yoki tanlangan jadvalni matn ko’rinishiga utkazish.
Сортировка . . . - Jadval ma‘lumotlarni ustunlar bo’yicha saralash
Формула . . . - Jadval xonalariga har xil formula qo’shish
Разбить таблицу - Jadvalni siz turgan satrdan boshlab ikkiga bulish (bush satr qo’shish)
Скрыть сетку - Jadvallarni rangsiz chegaralarini ekranda ko’rsatish va ko’rsatmaslikni sozlash
Окно menyusi komandalarining mazmuni:
Новое - Dokumentni ikkita oynada ko’rsatilishini taminlash.
Упорядочить все - Hamma ochik fayllar oynalarini ekranda ko’rinishini taminlash.
Разделить - Dokument oynasini ikkiga bo’lib unda ishlash.
Yuqoridagi buyruklarni ko’p qismini biz yordamchi yoki tezkor tugmalar yordamida bajarishimiz mumkin. Shuning uchun vaqtni tejash Maqsadida ko’p kompyuter foydalanuvchilari menyu xizmatlaridan kam foydalanishadi.
Tajriba mashg’uloti №2
Mavzu: Elektron jadvallar. Excel elektron jadvalli dasturi. Excel elektron jadval dasturi yordamida amaliy masalalarni yechish
Tayanch iboralar: Elektron jadvallar, elektron jadvalli dastur, elektron jadval uchtunlari, EJ katorlari, kataqlar, ishchi kitob, ishchi varak, formula katori, EJ dasturi menyusi, Elektron jadvallar, formullardan foydalanish, excelda funktsiyalardan foydalanish, standart funktsiyalar, diagramalar tuzish, gistogramma
Microsoft Excel elektron jadval dasturi haqida umumiy ma‘lumotlar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va kayta ishlashga mo’ljallangan.
Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuperCalc, QuatPrio va shunga uxshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.
Windows muxiti yaratilgandan keyin, ayniksa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko’pgina foydalanuvchilar Office dasturlarining elektron jadvalli dasturi Microsoft Excel elektron jadval (EJ) dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl «Ishchi kitob» (Workbook, kniga ) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish sohasi bu – «Ishchi kitob» bo’lib, u standart holda 3 ta varakdan (list) dan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi xoxishiga ko’ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik
ifodalar, hisoblar kator va ustunlarda joylashgan bo’ladi.
Excel elektron jadvali, butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta kator (row- “1, 2, 3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 ta ustun (column – A,B,C,D,……,Z,AA,AB,…,IV)dan iborat. Kator va ustun kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell – yacheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Kataqlarning nomlari kator va ustunlarning nomlaridan kelib chikadi. Masalan A ustun bilan 7 katorning kesishmasi A7 katagi deyilsa D ustun bilan 12 katorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |