O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «bank ishi»



Download 247,32 Kb.
bet33/35
Sana19.12.2020
Hajmi247,32 Kb.
#53600
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
BI 61 Z.N KURS ISHI.

4- jadval

Hududlar miqyosida iste`mol narxlari indeksining o`sishi birgina Samarqand viloyatida (0,04%) qolgan barcha viloyatlarda esa pasayishi kuzatildi.





Xududlarning nomi

Baholarning o`sishi

Oylik o`rtacha

O`zbekiston Respublikasi

-0,8

-0,1

Xorazm

-1,6

-0,27

Navoiy

-1,5

-0,25

Namangan

-1,5

-0,25

Buxoro

-1,3

-0,21

Jizzax

-1,2

-0,21

Sirdaryo

-0,8

-0,13

Samarqand

-0,7

-0,11

Qashqadaryo

-0,7

-0,11

Andijon

-0,5

-0,08

Toshkent shahar

-0,5

-0,09

Farg`ona

-0,3

-0,05

Toshkent

-0,3

-0,04

Surxondaryo

-0,2

-0,04

Qoraqalpog`iston Respublikasi

0, 5

0,07

2018-2019 yillarda o‘rtacha ish haqi darajasining sezilarli darajada to‘g‘rilanganligi hisobiga 2020 yilda aholi nominal daromadlarining mo‘’tadil darajada o‘sishining kutilishi talab omillari ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yilda YAIMning o‘sishi 5,6 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, global iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga qaramay, asosan rag‘batlantiruvchi soliq-byudjet va kredit siyosati, shuningdek, asosiy eksport xom-ashyo tovarlari narxlarining ijobiy dinamikasi o‘tgan yilda iqtisodiy o‘sish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minladi. Shu bilan birga, prognoz hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018-2019 yillarda iqtisodiyotga ajratilgan kredit qo‘yilmalari va davlat xarajatlarini tez sur’atlar bilan o‘sishining iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlovchi ta’siri 2020 yilning birinchi yarim yilligida ham ma’lum darajada saqlanib qoladi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 2020 yilning ikkinchi yarmida nominal YAIM o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga nisbatan biroz sekinlashadi. Fiskal va monetar siyosatning tartibga soluvchi ta’siriga qaramasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘sishi va investitsion jarayonlarning faollashishi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir qiladi.

Pul-kredit sharoitlari. 2019 yilning so‘nggi choragida pul bozorida foiz stavkalar turli omillar va bozor tendensiyalari ta’siri asosida shakllandi. Ularning o‘zgarish xarakteri yilning oldingi choraklaridan keskin farq qildi. Xususan, o‘rtacha tortilgan foiz stavkalar 2019 yil oktyabr oyidagi 15,2 foizdan noyabr oyida 16,4 foizga va dekabr oyida 17,5 foizgacha o‘sdi. Shu bilan birga, depozitlarning o‘rtacha muddatlarida o‘sish kuzatildi. 2019 yilning oktyabr-dekabr oylarida banklararo depozit operatsiyalari hajmi oldingi choraklar o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan 2 barobardan ko‘proqqa oshdi. Shu bilan birga, inflyatsion kutilmalarda va inflyatsiyaning prognoz dinamikasida barqaror o‘sish sur’atlarining mavjud emasligiga qaramay, 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan depozit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari 18-20 foizgacha o‘sdi. Bu uzoq muddatli likvid resurslarning yetishmasligi hamda banklarning likvidlik bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlariga erishishga bo‘lgan xarakatlari bilan bog‘liq.

Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan obligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi va ichki moliya bozorini to‘yintirib borilishi hamda banklar tomonidan likvidlilik holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar inflyatsiyaning prognoz trayektoriyasiga mos keladigan daromadlar egri chizig‘ining shakllanishiga olib keladi. Kreditlar ajratishning bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish orqali bozorda segmentansiyani pasaytirish choralari ham kreditlar bozorida foiz stavkalari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga xizmat qiladi. 2019 yilda umumiy pul massasi 13,8 foizga, milliy valyutadagi pul massasi esa 14,4 foizga o‘sdi. Bunda pul massasi tarkibida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi, xususan:

• milliy valyutadagi muddatli depozitlar 43 foizga, shu jumladan, jismoniy shaxslar depozitlari 54 foizga oshdi; • aholi omonatlarining jami depozitlardagi ulushi 25 foizdan 31 foizgacha ko‘tarildi; • muomaladagi naqd pullar nisbatan pastroq sur’atlarda – 9,4 foizga o‘sdi. To‘lov tizimi va hisob-kitoblar infratuzilmasining rivojlanishi, shuningdek, milliy valyutaga va umuman bank tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borishi muomaladagi naqd pullar dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada 2019 yil davomida naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 27,6 foizdan 26,6 foizgacha pasaydi. 2019 yilda iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari hajmi qayta ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha 54,7 foizga o‘sdi. Xususan, milliy valyutadagi kreditlar 48,7 foizga (shu jumladan, aholiga ajratilgan kreditlar 63,5 foizga) hamda xorijiy valyutadagi kreditlar 62,6 foizga o‘sdi. Prognoz baholarga ko‘ra, 2020 yilda kredit qo‘yilmalarining o‘sish sur’ati nominal YAIM o‘sish sur’atlariga mos keladigan fundamental trendiga yoki muvozanatli o‘sishiga qaytadi va 20-25 foiz atrofida bo‘ladi.

Ilgari ajratilgan kreditlar qaytarilishi hisobiga yangidan beriladigan kreditlarni yanada samaraliroq loyihalarga yo‘naltirish orqali 2020 yilda kredit qo‘yilmalari prognoz doirasida o‘sishi ta’minlanadi. Bu ortiqcha talab paydo bo‘lishining oldini olish orqali iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda narxlar o‘sishini pasaytiruvchi va to‘lov balansini yaxshilovchi omil sifatida xizmat qiladi.

Makroprudensial siyosat sohasida asosiy e’tibor likvidlik, kapital yetarliligi va aholining qarz yuki darajasi bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashga qaratiladi.

Pul-kredit siyosati choralari iqtisodiyotga ta’sir kanallarini, xususan, kreditlar hajmining o‘sishi, jamg‘arish faolligi, inflyatsion kutilmalar va ayirboshlash kursi barqarorligi kanallarini yaxshilashga yo‘naltiriladi. Bunda pul-kredit operatsiyalarini amalga oshirish va kommunikatsiya siyosati instrumentlarini qo‘llashda amaliy jihatni oshirish rejalashtirilgan.

Xatarlar va noaniqliklar. Xizmatlar sohasida tannarx ko‘p hollarda ish haqi darajasiga va kommunal sohada esa energiya manbalari narxlariga bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu sohalarda noaniqliklar saqlanib kolmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotga elektr energiyasi va gazni uzluksiz yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish dolzarbligining oshib borayotganligi 2020 yilda ular narxlarining sezilarli darajada oshishini talab etishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, asosiy prognozni qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin. Biroq, ushbu omil bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha keyingi yig‘ilishlarda e’tiborga olinadi. Transport infratuzilmasi va bozorlardagi raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyotning turli sohalarini gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiyaning barqaror sekinlashishining asosiy omili hisoblanadi.

Markaziy bank inflyatsion omillar xususiyati va xatarlarni diqqat bilan o‘rganib boradi, inflyatsiyaning prognoz dinamikasiga nisbatan mustahkam ishonch hosil bo‘lgan sharoitda asosiy stavkani pasaytirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi




Xulosa

O`tgan yilninig yakuni bo`ycha respublikamiz davlat byudjeti ortig`i bilan bajarildi, ko`zda tutilgan defitsit o`rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsitga erishildi. Puxta o`ylangan qat`iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiyani ko`zda tutilgan prognoz ko`rsatkichlari chegarasida, ya`ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolishga erishildi. Joriy 2020 yilni oladigan bo`lsak, o`rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida – va shunga mos ravishda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda ham – 1,4 barobar oshirish ko`zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni koplash uchun qog’oz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chik;arishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish lozim:

- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;

- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;

- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.

Yuqorida ta`kidlab o`tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga

oshirish ma`lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion

siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga



va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.


Download 247,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish