Taklif qonuni va taklif elastikligi.
Taklif qonuni – boshqa sharoitlar o’zgarmaganda, taklifning miqdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgarishini ifodalaydi. Agar narx talabga teskari ta’sir etsa, taklifga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Taklif qonuni quydagi formula bilan ifodalanadi.
Tv = Q * V
Bunda, Tv – taklif, Q – tovarlar miqdori, V – tovarlar narxi.Taklif qonuniga binoan narx qanchalik yuqori bo’lsa , taklif shunchalik ko’payadi va aksincha. Taklif qonuni faqat narxning taklifga ta’sirini izohlaydi, unga boshqa omillar ta’sirini nazarda tutmaydi.
Taklif qonuni narx bilan tovar taklifi o’rtasidagi aloqadorlikni ko’rsatadi, bu bog’lanish taklifning elastikligida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |