O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

d) sinflar va daromadlar 
A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko‗rsatiladi:
yer 
egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar

– yer egalari qo‗lida asosiy ishlab chiqarish vositasi yer bo‗ladi. 
Ular ijaraga bergan yeri uchun ijara to‗lovlari sifatida ushbu yerdan 
olingan daromadning bir qismini renta ko‗rinishida oladi; 
– tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga 
(imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xomashyo zaxiralariga) 
egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko‗rinishida foyda oladi; 
– yollanma ishchilar – eng ko‗p, kambag‗al sinf hisoblanadi, ular 
mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko‗rinishida ish haqi 
oladi. 
A.Smit bo‗yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va 
qatlamlarni ham o‗z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi 
hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlarning daromadlari esa – 
ikkilamchi, ya‘ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi. 
A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko‗rib 
chiqdi. 
Ish haqi nazariyasi.
Ishchining daromad sifatidagi ish haqi A.Smit 
bo‗yicha, mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevosita bog‗liq. 
A.Smitning ish haqi nazariyasining e‘tiborga molik joyi shundan 
iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va D.Rikardodan farqli ravishda 
mehnatga haq to‗lash miqdori yashash minimumi darajasigacha pasa-
yadi, deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga A.Smit 
mehnatga bo‗lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida ish haqini oshirish 
tarafdori bo‗lgan. Uningcha, past ish haqidan ko‗ra yuqori ish haqi amal 
qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, 
ishga jalb etish mumkin bo‗ladi. 
Foyda nazariyasi.
A.Smit bo‗yicha, tovar qiymatining bir qismi ish 
haqi sifatida ishchiga tegadi, qo‗shimcha mehnat bilan yaratilgan 


120 
qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko‗rinishida uning 
foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi 
uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga 
to‗lanadigan haq, deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik 
daromadining adolatli ekanligini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda 
miqdori A.Smit bo‗yicha, ―kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning 
ko‗p yoki kam bo‗lishi ushbu kapital miqdoriga bog‗liq bo‗ladi‖. Foyda 
Me‘yorining pasayish moyilligi qayd qilib o‗tiladi, bunday moyillik 
iqtisodiy rivojlanish bilan bog‗lab tushuntiriladi, negaki, ancha 
rivojlangan mamlakatlarda foyda Me‘yori hamisha past bo‗ladi. 
U foyda miqdoriga 3 ta omil ta‘sir ko‗rsatishi mumkin, deb taxmin 
qiladi: 
1. Mehnat bozorlaridagi raqobat. Buning natijasida maoshlar ko‗tariladi. 
2. Mahsulot bozori o‗rtasidagi raqobat. Ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida 
raqobat ortadi, mahsulot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi. 
3. Investitsiya bozorlarida raqobat, investitsiya imkoniyatlari soni 
cheklangan, kapital miqdori oshganda foyda kamayadi. 
U ba‘zi hudud (masalan, Shimoliy Amerikada) maosh va foyda har 
ikkisi yuqori darajadi oshganini ham E‘tirof etib o‗tadi. 
Renta nazariyasi.
A.Smit nazariyasiga ko‗ra renta ishchining haq 
to‗lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir 
qismi hisoblanadi. U rentada yerga bo‗lgan xususiy mulkchilik 
monopoliyasi unsurlarini ko‗rgan, lekin absolyut va differensial renta 
tushunchalarini ajratib ko‗rsatib bermagan. Yer uchastkalari ham 
unumdorligi, ham joylashishi bo‗yicha farq qilishi, bu farqlarning 
ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab 
bo‗lishi mumkinligi qayd qilib o‗tilgan.
Smit rentaning eng kamida 4 ta nazariyasini taklif etadi, rentaning 
kelib chiqishi: 
1)
yer egalari tomonidan talab; 
2)
monopoliya; 
3)
turli xil afzalliklari; 
4)
tabiat saxiyligi bilan belgilanadi. 
Nominal narx. 
Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina 
mahsulot narxlari kabi belgilanadi, deb izohlagan bo‗lsa ham, u 
talabning rolini butunlay rad etmagan. U bozordagi narx talab va 
taklifning har ikkisi tomonidan belgilanadi, deb ishongan. U ba‘zida 
tabiiy narxlar ham aynan talab va taklifga bog‗liqligini ta‘kidlagan. 
Shuningdek, u iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va 


121 
tabiiy narxlar tuzilmasida talabning o‗rni haqida qayd etib o‗tgan. 
Nominal narxni belgilashda ba‘zi faktorlar chalg‗ituvchi bo‗lgani sabab 
Smit 3 ta alohida nazariyani ishlab chiqdi: 1) mehnat qiymati; 2) mehnat 
buyrug‗i nazariyasi va mahsulot narxi nazariyalari. Smitning fikricha, 
narxlar talab va taklif bilan bog‗liq holda shakllanadi. 
Taqsimot nazariyasi
. Daromadning shaxsiy taqsimoti alohida 
sotilgan mahsulot miqdori va narxiga bog‗liq bo‗ladi. A.Smit mehnat 
ko‗pchilik oila va ro‗zg‗or tomonidan egalik qilinadigan mahsulot 
omilidir, shuning uchun daromad maosh darajasi va ish vaqtiga bog‗liq 
bo‗lgan holda shakllanadi, deydi.
Smitning iqtisodiy nazariyaga qo‗shgan hissasi 
nihoyatda ulkan. O‗sha davrdagi mutafakkirlarga 
qaraganda A.Smit bozor iqtisodiyotini boshqarish-
ning asosiy g‗oya va kuchlarini ko‗ra oldi. Biroq 
uning ishlari xatolardan xoli emas. U ba‘zi 
jabhalarda, ya‘ni narxlarning umumiy darajasi, 
nisbiy narxlarda chalkashliklarga yo‗l qo‗ydi. Biroq 
uning g‗oyalari iqtisodiy siyosat va bozor 
o‗rtasidagi munosabatlarga aniqlik kiritdi, tartibga 
soldi. 
Umumiy olganda, Smit raqobatbardosh bozorlar faoliyati ustida 
tadqiqotlar olib borgan holda iqtisodiy nazariyaga sezilarli darajada o‗z 
hissasini qo‗shgan Rikardo, J.S.Mill va Alfred Marshall kabi naza-
riyotchilar Adam Smitning tahlillarini chuqur o‗rganishgan.
 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish