O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

 
14.4. Mahsulotning hayotiy sikli 
Klassiklarning qiyosiy ustunlik nazariyasida ba‘zi bir savollar o‗z 
yechimini topmaganligi (masalan, eksport tuzilmasi dinamikasi 
qonuniyatlari qanday, nega bir xil tarmoqlar oldinga siljisa, ikkinchisi 
orqaga surilib ketadi) xalqaro mehnat taqsimoti muammosiga bo‗lgan 
yangi yondashuvlarning kelib chiqishini taqozo etdi. Shunday 
yondashuvlardan biri ―Mahsulotning hayotiy sikli‖ konsepsiyasi 
hisoblanadi. Bu nazariyani ishlab chiqishda 
M.Pozner, L.Uells
va 
boshqa iqtisodchilar qatnashdi. Lekin birinchi marta bu nazariyaning 
tasnifiy bayoni 1966-y. atoqli amerika olimi R.Varronning 
“Mahsulot-
ning 
hayotiy 
sikli 
nuqtayi 
nazaridan 
ko„rilgan 
xalqaro 
investitsiyalar va xalqaro savdo” 
maqolasida e‘lon qilingan. 
AQSh eksport tuzilmasini tahlil qilish natijalari mazkur 
nazariyaning yaratilishiga bevosita turtki bo‗ldi. Tahlil natijalari jahon 
bozorida 
raqobatbardoshlik 
asosini 
tashkil 
etuvchi 
tarmoqlar 
majmuyining o‗zgarib turishini ko‗rsatib berdi. XX asr boshiga kelib 
bunday tarmoqlar jumlasiga to‗qimachilik va o‗rmon-texnik sanoati, 
qora metallurgiya, mashinasozlik kiritilgan. 30-yillarning oxiriga kelib 
tarmoqlar majmuyi va tartibi o‗zgardi (birinchi o‗ringa mashinasozlik 
chiqdi, oziq-ovqat sanoati ilg‗or eksport qiluvchi tarmoqlar qatoriga 
qo‗shildi), 60-yillarning boshiga kelib esa, transport vositalari, asbob-
uskunalar, kimyoviy tovarlar, elektr uskunalari va boshqa mashinalarni 
ishlab chiqarish tarmoqlari Amerikaning asosiy eksport qiluvchi 
tarmoqlari majmuyini tashkil etdi. 
Urushdan keyingi tashqi savdo tuzulmasi tahlili natijalari eksport 
tarmoqlarida ilmsig‗imli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan tarmoqlarning 
roli ortib borayotganligini aniqlab berdi. Shu sababli ―ilmsig‗imli 
tarmoqlar‖ atamasi kiritilidi. Hozir ilmsig‗imli tarmoqlar oldingi qatorga 
ko‗tarildi va ular mamlakatning jahon bozoridagi raqobat qudratini 
belgilab bermoqda.
―Ilmsig‗imli‖ atamaning muomalaga kiritilishi ishlab chiqarish 
omillari to‗g‗risidagi tushunchani qayta ko‗rib chiqishni taqozo etadi. 
Ilmsig‗imli mahsulot – mehnat sig‗imli mahsulotning o‗zgargan 
shaklidan boshqa narsa emas. Ko‗pchilik ilmiy-texnik xodimlar (barcha 


303 
yollanma ishchilarning 50 foiziga yaqini) ish haqining yuqoriligi va ko‗p 
sonli yuqori malakali ishchilarning mavjudligi tufayli ilmsig‗imli 
mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy sarflarda ishchi kuchiga 
to‗g‗ri keladigan sarflar hissasi ham yuqori. Bundan tashqari turli ishlab 
chiqarish bosqichlarida har bir yollanma mehnat egasining hissasi ham 
har xil bo‗ladi. Demak, mehnat omilini tarkibiy tuzilishi jihatidan bir xil, 
deb qaragan Xeksher-Olin nazariyasini qo‗llash xatodan xoli emas. Shu 
bois ―mahsulotning hayotiy sikli‖ nazariyasi mualliflari mehnatni bir 
qancha turlarga ajratadi: yuqori malakali mehnat, boshqaruv mehnati, 
malakasiz mehnat va b. Shunday qilib, ikki omilli model ko‗p omilga 
aylandi, ya‘ni kapital omili bilan birga mehnatning har xil turlari amal 
qiladi. 
Har bir omil ahamiyatining o‗zgarishiga muvofiq ravishda ishlab 
chiqarishning uch fazaga (ular ―mahsulotning hayotiy sikl‖iga mos 
tushadi) bo‗linishi mazkur nazariyaning kelib chiqishiga yana bir sabab 
bo‗ldi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish