O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

Klar Mitchel
(1874-1948)


258 
bo‗lganligini va xudo dunyo uchun qanday rejalar tuzganligini aniq 
biladi‖
58
deb eslaydi. U xolasi haqida yana shunday deydi: ―xolam 
mantiqiy qiyinchiliklarni yaxshi ko‗rishdan qutula olmagandi. U doim 
mantiqiy tuzilishga qaytib, men qiziqadigan moliyaviy faktlarni 
keltirardi‖
59

Iqtisodiy nazariyalar tarixini o‗rganishda u ma‘lum bir 
nazariyachilar so‗zlariga qiziqmadi. Lekin ba‘zi muammolarga 
boshqalar emas, aynan shu nazariyachilar qarshi chiqdi. Nega ular 
ma‘lum mulklarni hech qanday savolsiz qabul qildi va nega ularning 
zamondoshlari ular muhim, deb bilgan fikrlar va xulosalarni qabul qildi. 
Iqtisodiyot nazariyasi tarixida Mitchelning ishlari relativ pozitsiyaning 
eng yaxshisini namoyish qildi. U iqtisodiy nazariyani kengroq 
tushuntirdi va davr muammolariga o‗z munosabatni bildirdi. Bu 
munosabat ham uning biznesdagi ishini aniq ko‗rsatib berdi. U abstrakt 
mulkchilikda hech qanday davrlar nazariyasi topilmaganligini rad etdi 
va natijalar xulosa qilindi.
U shuningdek, ortodoksal nazariyaning gedonistik psixologik 
taxminlariga e‘tiroz bildirdi, lekin Veblenning instikt nazariyalarini ham 
qabul qilmadi. U ijtimoiy fanlar rivojlanishini inson harakatlarini 
yaxshiroq tushuntirishi orqali tasdiqladi. Ularning tushuntirishi xatti- 
harakatlarni o‗rganuvchilar psixologiyasida amaliy o‗rin egalladi va 
ularning yo‗llaridagi turli xil bo‗limlarning ishlariga ko‗ra u inson xatti- 
harakatini o‗rganishda ko‗proq umumiy yondashishni qo‗llab- 
quvvatladi. 
Mitchel Veblenning moliyaviy va sanoat xizmatlari o‗rtasidagi 
farqni biznes davrlarini o‗rganishda uning yondashishini umumiy yo‗l 
ko‗rsatuvchi sifatida qabul qildi. Iqtisodiy harakatlardagi o‗zgarishlar 
biznesga qarshi harakati orqali foydaning qiymati o‗zgarishining keng 
miqdorini tashkil qiladi. Chunki biznes to‗g‗risidagi fikrlarda ishonch va 
mavhumlik mavjud, biznes odamlarining investitsiya fikrlari doim 
kelajakka ham optimistik, ham pessimistik qarash natijasida paydo 
bo‗ladi. Iqtisodiy harakatlardagi o‗zgarishlar iqtisodiyotdagi pul bilan 
58
O„sha manbaa., 
p. 410. 
59
O„sha manbaa



259 
bog‗liq tizimlar rivoji sifatida qabul qilinadi. Shu sababli ortodoksal 
nazariya bilan uning me‘yoriy, o‗zgarmas va muvozanat tushuncha 
asoslari mos kelmaydi. Mitchel biznes davrining yana bir boshqa 
modelini chizishga harakat qilmadi. U biznes davri mobaynida nimalar 
sodir bo‗lganligini tushuntirish o‗rniga bu davrni tasvirlovchi tahlillarni 
berishga harakat qildi. Chunki har bir davr noyob, umumiy nazariya 
rivojlanishi mumkinligi chegaralangan; hali barcha davrlar aniq 
o‗xshashlikka ega emas, chunki tushkunlik yangidan boshlash, 
rivojlanish va krizisning turli xil davrlari davomida barcha iqtisodiy 
kuchlarning o‗zaro ta‘sirini ko‗rsatib bergan edi.
Mitcheldan oldingi olimlar bu davrni o‗zining yaratilishiga sabab 
bo‗lgan jarayon sifatida ko‗rgan bo‗lishiga qaramay, u birinchi bo‗lib bu 
tushunchaga mukammal shakl berdi va bu bilan keng amaliy 
ma‘lumotlarni himoya qildi. Uning bu davrni tushuntirishi qarama- 
qarshiliklardagi foydalar bosqichining o‗zgarishi asosida bo‗ldi. 
Mitchelning tahlillari natijalari matematik qiziqishlardan xoli bo‗lgan va 
ma‘lum ma‘noda Marshallnikiga o‗xshardi. Marshalning mikroiqtisodiy 
tahlillarida murakkab nazariy tub ma‘no yo‗qolgan, lekin ba‘zi 
o‗lchovlari hali ham mavjud, Mitchel nazariy ishlarining o‗lchami yo‗q, 
deb atagan. Keynesdan keyingi iqtisodchilar bu xatoni tushunishgan. 
Mitchel biznes davrlarini iqtisodiyotning qolgan davrlaridan alohida 
ko‗rib chiqish mumkin emasligiga ishonardi, u tizimning bo‗laklari 
asosida tizim yaratilishi, har bir bosqich keyingi bosqich davrida 
rivojlanishi, har bir avlodning iqtisodchilari yoshliklarida o‗rgangan 
biznes davrlari nazariyasi qayta taqsimlanishi sababini ko‗rib chiqadi
60
.
1920-yilda 45 yoshini qarshilagan Mitchel Iqtisodiy tadqiqotlar 
milliy buyurosini tashkil etdi. Bu shaxsiy foyda keltirmaydigan tuzilma 
Qo‗shma Shtatlardagi iqtisodiy tadqiqotlarni mablag‗ bilan ta‘minlashda 
juda muhim hisoblangan. Uning eng muhim yutug‗i, u miliy daromadni 
va biznes davri tadqiqotlari o‗lchovlarini o‗z ichiga oldi, shuningdek, u 
iqtisodiyotning deyarli barcha yo‗nalishlaridagi tadqiqotlarga homiylik 
qildi. Quyida biz uning talabalaridan biri Simon Kuznetsning ishlarida 
Mitchelning ba‘zi bevosita ta‘sirlarini ko‗rib chiqamiz, misol uchun, 
iqtisodchilarning ishlaridagi ba‘zi bilvosita ta‘sirlar abstrakt deduktiv 
modelni namoyish qilishga qaraganda iqtisodiy harakatlarni baholashga 
ko‗proq moyillik borligini bildiradi. 
60
W C. Mitchell, 
Business Cycles 
(New York: Burt Franklin, 1913), p. 583.


260 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish