O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Pul massasi va iqtisodiy sikllar



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

11.5. Pul massasi va iqtisodiy sikllar 
M. Fridmen Anna Shvarts bilan birga yozgan «Qo‗shma Shtatlarning 
monetar tarixi (1867–1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar 
yordamida pul massasining kuchayishi bilan iqtisodiy sikl fazalari o‗rtasida 
bog‗liqlik borligini ko‗rsatib berdi. U pul massasi o‗sishining tezlashuvi 
yoki sekinlashuvini kuzatib, deyarli 100 yil mobaynida AQSh ning barcha 
xo‗jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan aniqlanib kelingan, degan 
xulosaga kelgan. Pul massasining o‗sish sur‘atining o‗zgarishi ijtimoiy 
mahsulot o‗sishida o‗zgarish keltirib chiqaradi. Pul massasining yuqori 
o‗sish cho‗qqisi ishlab chiqarishning o‗sishini, pul massasining quyi nuqtasi 
ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, pul 
massasi (muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy hayotga iste‘molchilar va 
firmalar sarf-xarajatlari orqali bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
Pul taklifining ko‗payishi bilan bog‗liq bo‗lgan o‗zgarishlar faqat 
miqdor ko‗rsatkichlarida o‗z ifodasini topmaydi. Pulning aylanishi va 
mahsulotlar miqdori doimiy bo‗lganda pul taklifining o‗zgarishi bahoga 
to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi: pul taklifi kuchayganda uning xarid qobiliyati 
pasayadi, ya‘ni baho oshadi. Agar pul taklifining ko‗payishi YaIM 
ko‗payishi bilan birga olib borilsa, baholar oshmaydi. 
Baholarning o‗zini o‗zi tartiblab turishi va pullarning sotib olish 
qobiliyatining tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori 
o‗rtasida zaruriy aloqa o‗rnatiladi. 
Pul massasini tartiblash (ko‗paytirish) banklar tizimi orqali 
resurslarning tarmoqlar o‗rtasida taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, 
texnika taraqqiyotiga «yordam beradi», iqtisodiy faollikni qo‗llab-
quvvatlashga imkon beradi. Pul dastaklaridan nihoyatda ehtiyotkorlik 
bilan foydalanish kerak. Pul massasi bilan iqtisodiy o‗sish o‗rtasida 
muvozanat bo‗lishi zarur. Shu bois M. Fridmen monetar qoidalarni 
qonun yo‗li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko‗ra real yalpi 
ichki mahsulotning o‗sishi bir yilda 3 foizni tashkil etganda (AQSh 
uchun) pul massasining o‗rtacha o‗sish sur‘ati 3-5 foiz miqdorida 
belgilanishi lozim. Bu iqtisodiyotda faollikni keltirib chiqaradi. Agar pul 
taklifining ko‗payishi yiliga 3-5 foizdan oshib ketsa, inflyatsiyaning 
kuchayishiga olib keladi, agar pulning ko‗payishi 3–5 foizdan past 
bo‗lsa, YaIM o‗sishi pasayadi.


249 
M. Fridmen fikri bo‗yicha Buyuk turg‗unlik davri qiyinchiliklari eng 
avvalo, federal rezerv tizimining (FRT) iqtisodiyotda pul miqdorining 
kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi yetmaganligi bilan bog‗liq (fond 
bozorining sinishi va banklarning xonavayron bo‗lishi sababli). Pul 
massasining yetishmasligi esa talabga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi, real ishlab 
chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu yerda shu narsani aytish kerakki, 
monetaristlarning tanqidi behuda bo‗lgani yo‗q, u keyinchalik o‗z 
foydasini ko‗rsatadi. 1987-yil 19-oktabrda jahon miqyosida fond bozori 
sinishi kuzatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning qat‘iy 
xatti-harakati tezda o‗z samarasini berdi. Rag‗batlantiruvchi pul siyosati 
amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi sarosimani 
to‗xtatdi. 
Monetarizm konsepsiyasining keynschilikdan farqi. 
Yuqorida qayd 
qilib o‗tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o‗rtasida nisbat 
o‗rnatishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. Pul taklifining o‗sishi (pulning 
o‗sish foizi) baholar barqarorlikni ta‘minlaydigan darajada bo‗lishi 
lozim. M. Fridmen fikriga ko‗ra bunday darajani aniqlash juda 
murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi. 
Iqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi omillar ta‘sir ko‗rsatayotganligini 
aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar 
kechikkan bo‗lishi va ba‘zida qarama-qarshi natijalarni keltirib 
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba‘zan ishlab chiqarishning o‗sishini 
rag‗batlantirish ko‗zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya‘ni qabul 
qilingan qaror o‗sishga to‗sqinlik qiladi.
Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyunkturali 
siyosatidan voz kechishi va iqtisodiyotga uzoq muddatli ta‘sir ko‗rsatish, 
pul massasini asta-sekin ko‗paytirib borish siyosatiga o‗tishi kerak. Pul 
massasi nominal YaIM ga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Monetar konsepsiya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq qiladi, 
ba‘zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni tartiblash 
muammosidagi bu ikki yondashuv o‗rtasiga katta chegara qo‗yish ham 
noto‗g‗ri. Har ikkala nazariya eng avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
qo‗llanishga qurilgan. Ma‘lum ma‘noda har ikkala nazariya bir-birini o‗zaro 
to‗ldirib turadi (umumiy daromadni aniqlash nazariyasini tashkil etadi). 
J.M.Keyns daromadlarining xarajatlarga miqdoriy bog‗liqligini asoslab berdi, 
M.Fridmen esa daromadlarning pulga bog‗liqligini ko‗rsatib berdi. Shu bilan 
birga, J.M.Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o‗rtasida ayrim farqlar 
mavjud. Ularning ba‘zilarini umumiy sxemali ko‗rinishda aks ettirish 
mumkin (11.1-jadval). 


250 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish