O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

 
 
 
9.3-chizma.
 Iqtisodiyotninig sektorlari o„rtasidagi o„zaro uzviy 
aloqadorlik 
 
Xo‗jaliklar bozorga so‗nggi tovarlar uchun kiradi, berilgan 
imtiyoz, chegaralangan daromad va bu tovarlar uchun pul miqdori 
chegaralanadi. Firmalar bozorlarni bajonudil so‗nggi tovarlar bilan 
ta‘minlaydi; shunday qilib so‗nggi tovarlar bilan ta‘minlash firmalardan 
xo‗jaliklarga o‗tadi. Bu bozorlardagi holatlar 9.3-chizmaning yuqori 
qismida ko‗rsatilgan, so‗nggi tovarlarning qiymatlari va miqdorlari 
ta‘minlanadi va miqdorlar belgilanishi talab qilinadi. Bu bozorlarda 
muvozanat bo‗lishi uchun taklif miqdori va talab miqdori har bir tovar 
uchun teng bo‗lishi kerak.


211 
Omilli daromadlar 9.3-chizmaning pastki qismida ko‗rsatilgan. Bu 
bozorlarda firmalar hudud, ishchi kuchi va ro‗zg‗or xarajatlaridan 
kapital talab qiladi, bu yerda firmalardan xo‗jaliklarga daromad 
keladigan dollar mavjud. Bu bozorlarda uy xo‗jaliklari xarajatlari ishlab 
chiqarish omillarini ta‘minlaydi, omil qiymatlari belgilanadi. Bu yerdagi 
muvozanat miqdorlarni ta‘minlash miqdorlarni talab qilish bilan bir- 
biriga teng bo‗lishi uchun barcha bozorlar aniq ishlashini talab qiladi. 
Xo‗jaliklar o‗zlarining daromadlarini bo‗luvchi bozorlardan qabul qiladi 
va ularni bozorlarda so‗nggi tovarlar uchun sarflaydi. Ular 
chegaralangan daromadni hisobga olgan holda iste‘mol qilish uchun 
so‗nggi 
tovarlarni 
qabul 
qilib 
xo‗jaliklar 
uchun 
qoniqishni 
maksimallashtiradi, so‗nggi dollar boshqa har qanday narsaga 
sarflanganidek, ular ham so‗nggi dollarlarini bir xil marjinal nafda 
ma‘lum tovar olish maqsadida o‗zlarining sarf-xarajatlarini taqsimlaydi 
(Gossenning ikkinchi qonuni). Firmalar va xo‗jaliklar o‗rtasidagi 
daromad aylanishi iqtisodiyotning milliy daromadini ko‗rsatadi; bu 
jarayondagi muvozanat saqlanishi uchun xo‗jaliklar barcha erishgan 
daromadlarini sarflashlari kerak. Daromadning taqsimlanishi bo‗luvchi 
bozorlarda belgilanadi va qiymatlar turli omillarga bog‗liq bo‗lib, 
omillarning miqdorlari har bir xo‗jalik orqali sotiladi.
Marjinal foyda nazariyasining mustaqil kashfiyotiga asoslanib, 
istisodiy nazariya tarixida Valrasning alohida o‗rni bor, deyish mumkin, 
lekin iqtisodiyot sektorlarining mustaqilligida uning ko‗proq qarashlari 
amal qiladi. Undan oldingi boshqa olimlar xo‗jaliklar, firmalar, so‗nggi 
tovarlar qiymatlari, ishlab chiqarish omillarining qiymatlari, barcha 
so‗nggi va o‗rtacha tovarlarning miqdorlar ta‘minlanishi va miqdorlar 
talab qilinishining o‗zaro bog‗liqliklarini tushunganligiga qaramay 
ularning hech biri bu tushunchalarni aynan Valras sinxron tenglamalar 
tizimi bayonoti orqali tushuntirgandek ifodalay olishmadi. Hozir u 
xo‗jaliklar uchun muvozanat, so‗nggi mahsulotlar uchun bozorlarda 
muvozanat bilan firmalar muvozanati, bozor omillari muvozanati bir-
biriga uyg‗un bo‗lishi mumkin. Jevons va Mengerning marjinal foyda, 
so‗nggi tovarlar qiymatlari va ishlab chiqarish omillarining qiymatlari 
o‗rtasidagi oddiy sabab – bog‗liqlikni topishga harakat qilishini 
Valrasning umumiy muvozanat modeli bilan taqqoslash murakkab 
emasdek tuyular edi. Valras matematikaning imkoniyatini iqtisodiy 
tahlillarning qoidalaridek aniqligini namoyish qildi, uning ma‘lumot-
larining barchasi qabul qilinganligiga qaramasdan XX asrgacha yaxshi 


212 
shakllanmadi (matematikadan to‗g‗ri foydalanishni ba‘zilar hali ham 
muhokama qiladilar). 
Valrasning marjinal tahlillari Jevonsning yoki Mengerning 
tahlillariga qaraganda talabga ko‗proq javob beradi. U subyektiv 
foydadan qiymatga sabab bo‗lishning oddiy yo‗nalishini ko‗rmadi; 
uning o‗rniga u murakkab bog‗langan tizimni ko‗rdi. Chunki Valras 
sektorlarning o‗zaro bog‗liqligiga va xayolida faqatgina ortda qolgan 
talab yaroqliligiga e‘tiborini qaratdi, u Jevons va Menger kabi 
aldovlarga chalg‗imadi. Jevons va Menger sabab va natija 
bog‗liqligidagi foyda, so‗nggi tovarlarning qiymati va ishlab chiqarish 
omillarining qiymatlari uchun bir yo‗l qidirishdan mamnun edi. 
Valrasning umumiy muvozanat modeli ularning barchasi bog‗liqligini 
ko‗rsatdi. Valras usulida barcha qiymatlar o‗zaro belgilangan va ikkala 
yo‗nalishda ham qiymat sababini belgilab bo‗lmaydi. So‗nggi tovarlar 
ta‘siri va ishlab chiqarish omillari qiymatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Umumiy 
muvozanat modelida hamma narsa bir-biri bilan bog‗liq. Bu 
takomillashgan tavsiflar tushunishga yordam berishi aniq emas va 
Valrasning diqqat markazida umumiy muvozanatda foydaga qaraganda 
qo‗shimcha ishlab chiqarish bo‗ldi. Valras uchun foyda faqatgina 
nimadir edi, u o‗zi xohlagan talab chizig‗ini qo‗lga kiritishi uchun 
tavakkal qilishiga to‗g‗ri keldi.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish