4.3.Ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish modellari.
Tarmoqni joriy rejalashtirishni iqtisodiy-matematika masalasini umumiy ko‘rinishi mavjud resurslar doirasida olinadigan natijani maksimallashtirishga qaratilgan bo‘lib yuqorida keltirilgan ma’lum bir model yordamida yechiladi va tahlil qilinadi. Tarmoq kelajakka-perspektiv rejalashtirishda esa aksincha, avvaldan kuzlangan natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan harajatlarni minimallashtirish ko‘zda tutiladi. Bunda asosan kelgusidagi bozor talabini bashorat qilish katta ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib tarmoqning perspektiv rejalashtirish masalasida uning korxonalarini joylashtirish, ixtisoslashtirish va kengaytirish muammolari hal qilinadi. Bunday masalani yechilishi natijasida tarmoq korxonalarini joylashtirish punktlari, ularning quvvatlari, ishlab chiqarish korxonalarini iste’molchilar bilan biriktirish muammolarini hal qiladi. Masalani qo‘yilishi va yechilishi jarayonida quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi har bir punkt va rayonga talluqqli xom ashyo bazalari, xom ashyoning sifati va ko‘rinishiga; transport tarmog‘i iste’molchilarga yaqinligi va mahsulotga bo‘lgan bozor talabi: yangi korxonalarni qurish va eskilarini kengaytirish va qayta jixozlash uchun zarur bo‘lgan maydonlarni va kapital qo‘yilmalarni mavjudligi va x.k.
Bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va rivojlantirish masalasini modelini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
i - ishlab chiqarish korxonalari punkti indeksi, ( );
j - iste’mol qilish punktlari indeksi, ( );
bj - j-punktning mahsulotga bo‘lgan talabi;
aj- j-punktning maksimal ishlab chiqarish quvvati;
Cij - bir birlik mahsulotni i-punktdan j-punktga tashish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar;
Si - i- punktda bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish harajatlari (kengaytirish yoki kayta jixozlash);
xij - i-ishlab chiqarish punktidan j-iste’mol punktiga tashilishi zarur bo‘lgan mahsulot mikdori;
xi - i- punktdagi korxonaning ishlab chiqarish quvvati.
Yuqoridagi belgilashlar orqali masalaning maqsad mezoni va asosiy shartlarini ifodalaymiz: ishlab chiqarish va yetkazib berish harajatlari belgilangan shartlar doirasida minimallashtirilsin.
(1)
Quyidagi shartlar bajarilganida: ya’ni
Har bir iste’mol punktiga tashib keltirilgan mahsulotlarning umumiy yig‘indisi uning talabiga teng bo‘lsin:
(2)
Har bir ishlab chiqaruvchi korxonadan tashib ketilgan mahsulotlar miqdori korxonaning maksimal quvvatidan ortib ketmasin, korxonaning quvvati esa uning maksimal imkoniyatlari bilan aniqlanadi:
(3)
Bunda tashilayotgan mahsulotlarning hajmi va korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari manfiy bo‘lmasliklari kerak.
Ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va rivojlantirish modellarida tarmoqda yangi qurilishi kerak bo‘lgan va qayta jihozlanadigan korxonalaridan tashqari ularning ishlab chiqarish xajmi xam aniqlanadi. Bunda turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. Bu mahsulotlar korxonaning asosiy mahsulotlari bilan birga ishlab chiqarilishi mumkin.
Ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va rivojlantirish masalasining sodda iqtisodiy matematik modelini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz;
i - ishlab chiqarish punktlari indeksi;
j - iste’mol qilish punktlarining indeksi;
k - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari;
bjk- j-punktning k - mahsulotga bo‘lgan talabi;
ai - i- punktdagi korxonaning maksimal ishlab chiqarish quvvati;
Cikj -bir birlik k - turdagi mahsulotni i-yunalish punktidan j-punktidagi iste’molchiga tashish harajatlari;
Sik - i-punktdan k-mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar;
Si -i-punktda asosiy mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari;
Xikj -k-mahsulotni i-punktdan j-iste’molchiga tashish hajmi;
Xik - i-korxonada k-turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hajmi;
Xi - i- punktdagi korxonaning umumiy quvvati.
Kiritilgan belgilashlar yordamida turli xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va rivojlantirish iqtisodiy-matematik modelini maqsad mezonini quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz: umumiy ishlab chiqarish va tashish transport harajatlari minimallashtiriladi.
(4)
Bunda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
har bir iste’molchining turli mahsulotlarga bo‘lgan talabi to‘la qanoatlantirilishi zarur:
(5)
har bir ishlab chiqaruvchidan tashib ketilgan turli mahsulotlar ishlab chiqarish xajmiga teng bo‘ladi:
(6)
korxonaning turli ishlab chiqarilgan mahsulotlari uning maksimal ishlab chiqarish quvvatidan oshib ketmasligi kerak:
(7)
modelda foydalangan noma’lumlar manfiy bo‘lmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |