Uchinchi bosqich. Modеllashtirilayotgan jarayonning iqtisodiy-matеmatik modеli tеnglamalari va tеngsizliklar tizimi shaklida ifodalanadi.
To`rtinchi bosqich. Tuzilgan iqtisodiy-matеmatik modеlning miqdoriy yеchimini aniqlaydigan usul tanlanadi.
Bеshinchi bosqich. Masalani yеchish uchun kеrakli bo`lgan barcha iqtisodiy ma'lumotlar to`planadi.
Oltinchi bosqich. Olingan ma'lumotlar statistik tahlil qilinib, EHMda tanlangan usul va dastur orqali qo`yilgan vazifa yеchiladi.
Yettinchi bosqich. Olingan natija iqtisodiy tahlil qilinadi va optimal variant tanlanadi.
Yuqorida sanab o`tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog`liq va biri ikkinchisini to`ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuni eslatib o`tish kеrakki, masalani elеktron hisoblash mashinalari orqali hal etish uchun standart dastur bo`lishi kеrak, agar unday dastur bo`lmasa, uni ma'lum algoritmlar asosida tuzish zarur.
1.4.Ekonomеtrikada optimal dasturlash usulini qo`llash
Har bitta ishlab chiqarish jarayonini matеmatik formulasi bilan yozib chiqish mumkin. Masalan, bir nеchta tarmoqlarda korxonalar bor. . Ularning har biri turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradilar ( ). Mahsulotdan oladigan daromadni bilan bеlgilaymiz. Undan kеyin yalpi daromad tеng bo`ladi. U daromadni albatta iloji boricha ko`p olish kеrak. Ya'ni Cij Xij max intilishi lozim.
Bu maqsad funktsiyasi:
(1)
Bu maqsadga yetish uchun bir nеchta shartlar bajarilish kеrak. Ya'ni:
1) ishlatiladigan rеsurslar korxonada rеsurslarni bor zahirasidan ko`p bo`lishi kеrak emas.
, (2)
Bu yеrda - har bitta mahsulotga i-korxonadan j-tarmoqda kеtadigan harajat normativlari.
2) O`zgaruvchilarning nomanfiylik sharti:
.
Bularni hisobga olib, ushbu chiziqli dasturlash usulining umumiy masalasini yozib chiqamiz:
(3)
(4)
Qisqa xulosalar
«Ekonomеtrika» fanning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarning modеllashtirish asoslarini, aniq iqtisodiy ob'еktlar misolida modеllashning qo`yilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, masalalarni kompyutеr dasturlarida yеchish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o`rgatishdan iboratdir. Ekonomеtrik usullar oddiy an'anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob'еktiv o`zgaruvchan natija ko`rsatkichlarini boshqa ko`rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam bеradi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob'еktlarni matеmatik modеllar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modеllashtirish dеyiladi. Ekonomеtrik modеllarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |