Baholash xuquqi.
Baholash ishlari tegishli mulkka to‗lik ravishda egalik qilish xuquqi asosida
olib borilgan. O‗zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga asosan to‗liq
ravishda egalik xuquqi mulk egasi tomonidan xuquqiy komplekslarning,
xususan egalik qilish, boshqarish va foydalanish xuquqining Davlat tomonidan
ma‘lum shartlar asosida xususiy mulkka nisbatan normalar chegarasida
bajarilishini nazarda tutadi;
Baholanayotgan mulkka egalik qilish xuquqini beradigan hujjatlar o‗rganib
chiqilib, bino va inshootlarni kadastr hujjatlarida ko‗rsatilgan ob‘ekt xududida
joylashgan bino va inshootlar tahlil qilinadi;
Baholanayotgan ob‘ektga egalik xuquqi, shu jumladan mulkiy xuquqlar
amaldagi qonunchilik talablariga mos rasmiylashtirilgan deb taxmin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |