257
9-bob. XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONIDA KO„CHMAS
MULK QIYMATINI BAHOLASH XUSUSIYATLARI
9.1. Xususiylashtiriladigan ko„chmas mulk qiymatini
baholashga davlat talablari
Respublikada davlat mulkining keng ko‗lamli transformatsiyasi va
ko‗p
ukladli
iqtisodiyotni
yaratish
jarayoni
O‗zbekiston
Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‗g‗risida‖gi qonun (19-noyabr, 1991-yil) kuchga kirgan vaqtdan
boshlandi.
Davlat tasarrufidan chiqarish – bu jamoa va xususiy mulk turlariga
o‗tishni anglatuvchi, davlat mulkini o‗zlashtirish bo‗yicha
tadbirlar
yig‗indisidir. Bu o‗zgarishlar natijasida davlat o‗zini to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xo‗jalik boshqaruvi funksiyalaridan ozod etib, ularni mulkdor
zimmasiga o‗tkazadi. Shuningdek, bu ko‗pchilik davlat mulkida bo‗lgan
korxonalarni davlat boshqaruvi nazorat organlarining to‗g‗ridan-to‗g‗ri
nazoratidan chiqarilishi va ularni mustaqil jamoa korxonalari,
kooperativlar,
mehnat jamoalari, aksiyadorlik jamoalari yoki xususiy
korxonalarga aylantirilishini bildiradi. Bu korxonalarga operativ
mustaqillikni, moliyaviy avtonomlikni taqdim etish insonlarning xo‗jalik
tashabbuslari va mehnat motivatsiyalarini kuchaytirishga yordam beradi,
bu esa natijada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta‘minlashi
lozim.
Xususiylashtirish – bu davlat egaligida bo‗lgan mulkni
o‗zlashtirish jarayoni bo‗lib, u oldi-sotdi, ba‘zida xususiy shaxslar yoki
ularning birlashmalariga o‗tkazish yo‗li orqali amalga oshiriladi.
Xususiylashtirish – bu mulkni davlat
tasarrufidan chiqarishning
yo‗nalishlaridan biridir. Bu atama lotincha ―privat‖ so‗zidan olingan
bo‗lib, ―xususiy‖, ―o‗zlashtirilgan xo‗jalik‖ ma‘nolarini anglatadi.
―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‗g‗risida‖gi
qonunda xususiylashtirish davlat mulkidagi obyektlarni yoki davlat
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini jismoniy yoki nodavlat yuridik
258
shaxslar tomonidan o‗zlashtirishi sifatida ta‘riflanadi.
Aholining keng ommasini mulkka jalb qilish,
mulkdorlar sinfini
shakllantirish – davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning
maqsadli istiqboli hisoblanadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy
shakllari:
davlat
korxonalarini
jamoa,
xo‗jalik jamiyatlari yoki
shirkatlarga aylantirish;
davlat
korxonalarini, ijara mulkini keyingi sotib olish sharti
bilan ijara shaklidagi korxonaga aylantirish;
davlat mulkini tanlov va ―kim oshdi savdolari‖ orqali nodavlat
yuridik va jismoniy shaxslarga sotish, hamda O‗zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga zid bo‗lmagan boshqa shakllarda sotish.
Respublika fuqarolariga turar joylarni shaxsiy egalik uchun sotish
(topshirish) davlat tasarrufidan chiqarishning
boshlanishi hisoblangan
bo‗lsa, kichik xususiylashtirish jarayonining ikkinchi bosqichi sifatida
qaraldi va nihoyat, uchinchi bosqich o‗rta va yirik korxonalar mulklarini
o‗zlashtirishni belgilab berdi.
Davlat tasarrufidan chiqarishning eng muhim elementi bo‗lib
bozor infratuzilmasi tashkilotlari: respublika fond birjasi va ko‗chmas
mulk birjalarining yaratilishi, mulkni baholash faoliyati hamda axborot-
telekommunikatsiya tizimini qurish dasturini shakllantirish hisoblandi.
Xususiylashtirish
jarayonini
yanada
chuqurlashtirish
xususiylashtirilgan obyektlar sonining o‗sishi va ko‗chmas mulk
bozorining rivojlanishini ko‗zda tutadi. Rivojlanish yo‗llari:
xususiylashtiriladigan mulkni baholash jarayonini tashkil etish
va uni yaxshilash;
xususiylashtiriladigan mulkni tender asosida realizatsiya qilish;
korxonalarni xususiylashtirilganidan so‗ng qo‗llab-quvvatlash;
aksiyalashtirish jarayoniga xorijiy kapital va aholi mablag‗larini
yanada kengroq jalb qilish;
fond bozorini yanada rivojlantirish.
Bu
jarayonda
davlat
tasarrufidan
chiqarilayotgan
va
xususiylashtirilayotgan mulkni adolatli va sifatli baholash muhim
259
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun O‗zbekiston Respublikasi ―Baholash
faoliyati
to‗g‗risida‖gi
qonuniga,
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli ―O‗zbekiston
Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi va 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli
―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini
yanada takomillashtirish va
ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish
to‗g‗risida‖gi qarorlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Davlat
mulki qo‗mitasi o‗zining 2009-yil 6-oktyabr 01/19-18/20-sonli qarori
bilan O‗zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son
MBMS) ―Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash‖ni
qabul qildi.
O‗zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son
MBMS) ―Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash‖ning
maqsadi xususiylashtirish obyektlari qiymatini
aniqlash va baholash
natijalarini aks ettirish me‘yorlari va qoidalarini belgilashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: