457
Turkumlarga ajratish mezonlari:
mulkning vazifasi (odatdagi nomlanishi);
binoning qurilganiga necha yil bo‗lganligi;
turgan joyi;
tuzilish qarori;
rejalashtirilgan qaror;
binoning loyihasi, qaysi uslubda qurilganligi va pardozi;
muhandislik-texnik va boshqa hizmatlar bilan ta‘minlanganligi;
binoni, ishlab-chiqarish majmuasini boshqarish sifati.
Shartli ravishda aytish mumkinki, idora xonalarini bunday turkumlarga
ajratish bizning ko‗chmas mulk bozorimizda ham mavjud. Shunga binoan idora
binolarini bir necha turlarga ajratish mumkin.
A turi
– birinchi darajali joylashgan, rejalashtirish qarori eng ma‘qul,
yuqori sifatli pardozi va muxandislik aloqa va bog‗lanish yo‗llari, bevosita inson
ishtirokisiz faqat inson nazorati ostida ishlaydigan, inson hayoti qulayligini
ta‘minlaydigan asbob-uskunalar majmuasi mavjud bo‗lgan yangi idora
majmualaridagi xonalar. Odatdagidek, bu tadbirkorlik-markazlari binolari, ya‘ni
ularda ijarachilarni orgtexnika, aloqa vositalari va telealoqa, bilan ta‘minlashning
keng markazlashgan tizimi mavjud, tantanali yig‗ilishlar, majlislar xonalari,
maishiy xizmat va dam olish vositalari, benuqson holda saqlanadi, shaxsiy
xavfsizlik, boshqaruv va xizmatchilar xizmatlariga ega, 20 m
2
idora xonalariga
bitta joydan kam bo‗lmagan qo‗riqlanadigan transport turadigan joylar mavjud.
Ichki pardoz ijarachining shaxsiy buyurtmasi bo‗yicha tanlanadi.
Toshkent shaxri sharoitida bunday tadbirkorlik-markazlari endi paydo bo‗la
boshladi va «Poytaxt», «Interkontinental» turidagi tadbirkorlik-markazlari,
shuningdek yangi qurilayotgan shartli ravishda A turiga ajratilgan majmualar buni
namoyon etadi. Bu turga shuningdek mehmonxonalar ham kiradi..
So‗nggi yillarda A turidagi idoralar mezonlari ko‗tarilyapti. Inson hayotini
butunlay yaxshilashni va bevosita inson ishtirokisiz faqat inson nazorati ostida
ishlaydigan, inson hayotini qulayligini ta‘minlaydigan asbob-uskunalar majmuasi
mavjud bo‗lgan, aqlli deb ataluvchi binolar paydo bo‗ldi. Chet ellik ijarachilar
birinchi to‗dasining, avvalgilariga nisbatan ancha yuqorida turgan tobora
zamonaviy binolarga ko‗chib o‗tishi boshlandi. Tadbirkorlik-markazlarida idora
xonalarining asosiy ijarachilari bu chet ellik sarmoyadorlar savdo yoki sanoat
birlashmalari, shuningdek chet ellik hamkorlar bilan tadbirkorlik faoliyatini olib
boruvchi katta firmalar yoki qo‗shma korxonalardir.
Mufassal ravishda tahlil qilish zarur bo‗lganda A turidagi idora xonalarini
A l , A 2 va A 3 qismlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: