O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
2-§. Qiyosiy yondashuv 
 
32.
Baholash obyekti qiymatini aniqlashda qiyosiy yondashuvdan 
foydalanish uchun baholovchi kamida uchta analogni tanlab olishi lozim. 


408 
Taqqoslash analoglarini tanlash uchun asosiy mezon baholash obyektiga 
o‗xshash bo‗lgan eng samarali foydalanishdir. 
33.
Baholash obyekti qiymatini sotuvlarni taqqoslash usuli bilan 
baholashda taqqoslash birligini tanlash, qoida tariqasida, ko‗chmas mulk tipi 
bilan belgilanadi. Taqqoslash birligi sifatida quyidagilar qo‗llaniladi: 
- bino yoki yer uchastkasining maydon birligi (kvadrat metr, sotix, 
gektar) narxi; 
- binoning hajm birligi (kub metr) narxi; 
- tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan baholash obyektlari uchun 
o‗rin, nomer narxi va boshqa o‗lchov birliklari. 
34.
Baholovchi qaysi taqqoslash elementi bo‗yicha analog va 
baholash obyekti o‗rtasidagi farqni aniqlagan bo‗lsa, shu taqqoslash elementi 
analogining narxiga tuzatishlar kiritadi.
Topshiriladigan mulkiy huquqlarga tuzatishlarni hisoblash uchun 
analog daromadining manbalari, tuzilishi va uni ijaraga berish shartlari 
haqida axborot mavjud bo‗lishi lozim. 
Moliyalashtirish shartlariga qarab tuzatishlar kiritish analog bilan 
bitimlar tuzishda baholash obyektiga nisbatan kreditlash sxemalari va haq 
to‗lash shakllarida farqlar mavjud bo‗lgan holda amalga oshiriladi. 
Sotuv shartlariga qarab kiritiladigan tuzatishlar xaridor va sotuvchi 
o‗zaro munosabatlarining tahlili asosida aniqlanadi. 
Hariddan keyingi xarajatlarga, masalan, bino yoki uning bir qismini 
demontaj qilish xarajatlari, yer uchastkasining ifloslanishini bartaraf etish 
xarajatlari kabi xarajatlar kiradi. 
Bozor shartlariga qarab tuzatishlar kiritish analog bilan bitim tuzilgan 
sanadan baholash obyektini baholash sanasiga qadar o‗tgan vaqtga qarab 
sotuvlarning narxlariga tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi. 


409 
Analog joylashgan yerga qarab uning narxiga tuzatish kiritishni amalga 
oshirish uchun baholovchi taqqoslanayotgan obyektlar joylashgan yer bilan 
bog‗liq farqlarni aniqlashi va ko‗chmas mulk obyektining narxiga bu farqlar 
qo‗shgan hissani hisoblashi lozim.
Fizik tavsiflar farqiga qarab tuzatish kiritish qiymatga mazkur farq 
qo‗shgan hissa bilan belgilanadi. Tuzatish kiritishni amalga oshirish chog‗ida 
o‗rganiladigan fizik tavsiflarga quyidagilar kiradi: binoning katta-kichikligi, 
qurilish sifati, qurilish materiallari, arxitekturaviy uslubi, binoning yoshi va 
holati, funksional jihatdan foydaliligi, yer uchastkasi hajmi va unda qurilgan 
imoratlar maydoni, jalb qiluvchanligi, obodonlashtirilganligi va qulayliklari, 
uchastka ekologiyasi. 
Fizik tavsiflar farqiga qarab tuzatish kiritishda obyektning uning 
daromadiga ta‘sir etadigan tavsiflari, chunonchi: foydalanish xarajatlari, 
boshqarish sifati, ijarachilarning ishonchliligi, ijara narxidagi chegirmalar, 
ijara shartnomasi shartlari, ijara shartnomasi tugaydigan muddat, ijarani 
uzaytirish variantlari o‗rganiladi. 
Foydalanish turiga qarab tuzatish kiritish analog sifatida baholash 
obyekti bilan muvofiq kelmaydigan eng samarali foydalanishli obyekt 
tanlangan holda qo‗llaniladi.
Agar 
analog 
qiymatiga 
ko‗chmas 
mulk 
hisoblanmaydigan 
komponentlar (masalan, biznes uchun asbob-uskunalar, mebel) kiritilgan 
bo‗lsa, ularning qiymati analog qiymatidan chegirib tashlanishi lozim. 
35.
Analoglar soni bilan tuzatishlar kiritish amalga oshirilayotgan 
taqqoslash elementlarining nisbatiga doir mavjud axborotga qarab, 
baholovchi tuzatishlarni hisoblashning miqdoriy va sifatga oid usullarini 
qo‗llaydi. 
Agar analoglar soni analoglarni birlikka ko‗paytirilgan baholash 
obyekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qo‗llanilayotgan taqqoslash 


410 
elementlari sonidan ko‗proq yoki unga teng bo‗lsa, baholash uchun 
tuzatishlarni hisoblashning miqdoriy usullaridan foydalaniladi. Mazkur 
usullarga quyidagilar kiradi: 
- taqqoslash elementiga qarab kiritiladigan tuzatishni mazkur elementga 
ko‗ra farq qiladigan ikki obyektni taqqoslash yo‗li bilan aniqlash 
imkoniyatini beradigan ma‘lumotlar juftligini tahlil qilish usuli; 
- vaqt yoki joy belgisiga ko‗ra qiymat o‗zgarishining statistik 
qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ma‘lumotlarni sotuv narxi yoki 
joylashgan yer kabi o‗zgaruvchilar bo‗yicha guruhlashni nazarda tutadigan 
ma‘lumotlar guruhlarini tahlil qilish usuli; 
- chiziqli tenglamalar sistemalarini matritsa sifatida yechishga 
asoslangan chiziqli algebra usuli; 
- ko‗chmas mulk obyektlarini korrelyatsion-regression yoki klasterli 
tahlil yordamida baholash usulini analoglar soni taqqoslash elementlari 
sonidan besh baravar ko‗proq bo‗lgan holda qo‗llash maqsadga muvofiqdir; 
- grafik tahlil usuli, bunda baholovchi narxlarning o‗zgarish grafiklari 
tahlili asosida qiymatning o‗zgarish xususiyati haqida xulosalar chiqaradi; 
- xarajatlarni tahlil qilish usuli. U analogning texnik yoki huquqiy 
tavsiflarini baholash obyektiga keltirish uchun mazkur analogga nisbatan 
qilinishi lozim bo‗lgan xarajatlar haqidagi ma‘lumotlardan foydalanishga 
asoslanadi. Bunda tuzatishlar o‗rtacha bozor ko‗rsatkichlariga muvofiq 
kelishi lozim; 
- ko‗chmas mulk bo‗yicha ixtisoslashgan nashrlarda keltirilgan 
tavsiyalarga asoslangan ikkilamchi ma‘lumotlarni tahlil qilish usuli; 
- baholash obyekti bilan taqqoslaganda analogning kamchiliklari yoki 
afzalliklari bilan belgilangan ijara stavkalaridagi tafovutni kapitallashtirish 
yo‗li bilan tuzatishlarni hisoblashga asoslangan ijara farqlarini 
kapitallashtirish usuli. 


411 
Agar analoglar soni analoglarni birlikka ko‗paytirilgan baholash 
obyekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qo‗llanilayotgan taqqoslash 
elementlari sonidan kamroq bo‗lsa, baholash uchun tuzatishlarni 
hisoblashning sifatga oid usullaridan foydalaniladi. Mazkur usullarga 
quyidagilar kiradi:
- analoglar narxlarining o‗sib yoki kamayib boruvchi qatorida baholash 
obyektining o‗rnini aniqlash maqsadida baholash obyekti va analoglarning 
qiyosiyligi tahliliga asoslangan nisbiy qiyosiy tahlil usuli; 
- baholovchining yoki jalb qilingan mutaxassislarning baholash obyekti 
va analoglar xususidagi subyektiv fikriga asoslangan ekspertiza yo‗li bilan 
baholash usuli. 
36.
Baholash obyektini baholash uchun qo‗llaniladigan tuzatishlarni 
hisoblash usullarining turlari va sonini tanlash baholovchining vakolatiga 
kiradi va baholash to‗g‗risidagi hisobotda baholovchi tomonidan 
asoslantirilishi lozim. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish