GIPNOZ. Gipnoz uyquga yaqin o‘ziga xos xolat. Bu suniy xolat odam yoki hayvo‘ng a boshqa odam tomonidan faol tasir qilish yo‘li bilan paydo qilinadi. I. P. Pavlovning fikricha, gipnotik xolatning rivojlanishi tormozlanish jarayonining miya po‘stlog‘iga yoyilishi natijasidir. Gipnoz va uyqu bir xil sharoitda yuzaga chiqadi. Uyquga o‘xshab, gipnozni kuchsiz, ritmik ravishda takrorlanadigan tasirotlar yuzaga chiqaradi. Gipnozga odatda uyqu chaqiradigan shartli tasirotlarni («uxlang, uxlang» degan so‘zni) qayta-qayta takrorlash bilan erishiladi. Gipnozning uyqudan farqi shundaki, gipnoz vaqtida gipnotik yani, gipnoz qilinayotgan odam bilan gipnozchi yani, gipnoz qiluvchi shaxs o‘rtasida nutq orqali aloxida saqlanib qoladi. Gipnozda uch davr ajratiladi: 1) mudrash davri, bu vaqtda gipnotik C chining gapiga qarshilik ko‘rsatib, ko‘zlarini ochishi mumkin; 2) yuzaki uyqu davri —gipnotik gipnoz chining ishontirishiga qarshilik ko‘rsata olmaydi, ko‘zlarini ocha olmaydi; 3) somnam bulizm, chuqur uyqu davri, gipnotik gipnozchiga butunlay bo‘ysunadi va bo‘lgan hodisalarni eslab
qolmaydi.Gipnozga moyillik odamning yoshi, jinsi, salomatligi, charchaganligi, idroki va boshqa shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq. Gipnoz vaqtida gipnozchi gipnotikning o‘ng ga tasir o‘tkazadi, uning xoxishi bilan xisoblashmasdan, o‘zi xoxlagan narsaga ishontiradi. Gipnozning yillar davomida qo‘llab kelinayotganiga qaramay, uning mexanizmlarida ko‘pgina noaniqliklar bor, gipnoz nazariyasi xozirgacha to‘la ishlab chiqilmagan.
Psixologiya nuqtai nazaridan, gipnoz odam idrokining taslim bo‘lishi va gapnozchining buyruklarini kur-kurona bajarishidan iborat.Gipnoz vaqtida odamning oliy nerv faoliyati keskin o‘zgaradi, uni sezgilari o‘zgarganiga, jumladan, og‘riq yo‘qolganiga ishontirish mumkin; Gipnotikka u boshqa yoshdaligini, boshqa kayfiyatdaligini ishontirish va gipnozchi xoxlagan xatti-xarakatlarni bajarishga majbur qilish mumkin.
Oliy nerv faoliyatining tiplari. Qadim zamonlardan olimlar va xaqimlar odamlarning mijozidagi tafovutlarga e‘tibor berganlar. Bir odamning dadil, serharakat bo‗lishini, boshqa birovning g‗amgin shalpayganini ular «badan suyuqliklari» nisbatan bilan bog‗laganlar. Buqrot fikricha, badanda issiq qonning kup bo‗lishi odamni serharakat, dadil qiladi. Bunday mizojlik odamlarni olim sangviniklar deb atagan. Sovuq shilimshiqning ko‗pligi insonning sovuqqonligiga, vazminligiga sabab (flegmatik) achchiq o‗t-safroning ko‗pligi qiziqqonlik serjahllikka olib keladi (xolerik). Kora, buzilgan o‗t-safroning nisbatan ko‗pligi esa odamni o‗ziga ishonmaydigan, g‗amgin, bo‗shang qiladi.
I.P.Pavlov nerv jarayonlarining to‗rta ko‗rsatkichiga shartli qo‗zg‗alishning kuchiga, shartli tormozlanishning kuchiga. Bu jarayonlarning harakatchanligiga va ularning muvozanatlik darajasiga qarab, itlar oliy nerv faoliyatini 4 to‗rga bo‗ldi. 1) kuchli, muvozanatlashmagan (tiyib bo‗lmaydigan) tur; 2) kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tur; 3) kuchli, muvozanatlangan kamharakat tur; 4) Kuchsiz tur.
Kuchli, muvozanatlashmagan turga mansub hayvonlarda qo‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlari kuchli bo‗lib, qo‗zg‗alish jarayoni ustunroq bo‗ladi. Bunday itlarda turli reflekslar tez va oson vujudga keladi, ayni vaqtda farqlash tormozlanishini yoki ichki tormozlanishning boshqa turini hosil qilish qiyin bo‗ladi. Ko‗zg‗alish jarayoni ustun bo‗lganidan, u miya po‗stlog‗iga keng yoyiladi.
Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan turdagi hayvonlarda shartli reflekslar tez hosil bo‗lib, mustaxzkamlanadi, ichki tormozlanishning barcha xillarini vujulga keltirish oson bo‗ladi. Bunday itlarda musbat va manfiy induksiyalar yaqqol ifodalanganda qo‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlari juda keng yoyilmaydi. Po‗stloqdagi jarayonlarning ildamligi qo‗zg‗alishning tez tarqalishini, tormozlanishning esa tez qo‗zg‗alish bilan almashinishini ta‘minlaydi.
Kuchli, muvozanatlashgan, inert tur uchun po‗stloqdagi jarayonlarning kamharakatligi xos. Bunday hayvonlarda mustahkam shartli reflekslar va mustahkam farqlashlar vujudga keladi. Bosh miya rivojlangan jarayon (qo‗zg‗alish yoki tormozlanish) o‗zoq vaqt saqlanadi, yoyilmaydi, sekin so‗nadi. Shuning uchun ham qo‗zg‗alish jarayonining tormozlanish bilan almashinishi ancha qiyin bo‗ladi.
Kuchsiz, nimjon to‗rga mansub hayvonlarning po‗stloq neyronlarining ish qobiliyati chegaralangan bo‗ladi. Shuning uchun ularda hosil qilingan shartli
reflekslar turg‗un bo‗lmaydi, salga tashqi tormozlanishga uchraydi. Ularning miya po‗stlog‗ida qo‗zg‗alish jarayoni ham, tormozlanish jarayoni ham kuchsiz bo‗ladi.
Idrok. Narsa yoki hodisalaning sezgi a ‘zolariga bevosita ta‘sir qilish jarayonining kishi ongida aks etishi idrokdeb ataladi. Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilaning tartibga solinishi hamda narsalar va voqea-hodisalaning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. Q o‗zg‗atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‗laroq, idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘‗indisidan iborat tarzda emas, balki hissiy bilishning o'ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasawur qilinadi.
Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning mohiyatini tushunib yetishi bilan chambarchas bog‗liqdir. Narsani ongli idrok etish unga fikran nom
berish, ya‘ni idrok etilgan narsani narsalaning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni o‗z vositasida umumlashtirish demakdir. Hatto o‗zimizga notanish narsani ko'rganimizda ham uning bizga tanish obektlar bilan o'xshashlik jihatlarini payqab olishga, uni qandaydir toifaga kiritishga urinamiz. Idrok shunchaki sezgi a‘zolariga ta‘sir qiladigan qo‗zg‗atuvchilaning oddiy yig‘indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud ma‘lumotlarni yaxshilab talqin qilish, izohlab berish yo‗llarini jadal izlash bo‗lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |