Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi:
- umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
- pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
- yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi;
- mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi;
- injenerlik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;
20-rasm
- yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
- harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;
- savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;
- tibbiyot psixologiyasi - shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.
SHuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, intellekt psixologiyasi, psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.
Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o’z ruhiy dunyosini va o’zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo’lishdan, tabiat va jamiyat xrdisalarini tushunishga extiyoj sezishdan, o’tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsada, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi.
Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar sabab bo’ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o’sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.
K.Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalarning xo‘jayini”. Ong – bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o‘zidan chiqarilishi mumkin.
Ong sifatsizdir chunki uning o‘zi sifat- psixik jarayon va hodisalarning sifatidir. Sifatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki yo‘q. YUqorida keltirilgan qarashlarning umumiy xulosasi – bu psixologik sifatsiz ongga urg‘u. Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. Uning aytishicha “ong- bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. Ong - bu ongdir, ong faqatgina jamiyat onggi va tili mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. SHuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi – ilmiy psixologik izlanishlar predmetidir.7
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to’g’risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o’zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uning xulq-atvorini o’rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shgan bir qator konsepsiyalar, nazariyalar, oqimlar va yo’nalishlar vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |