Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha erda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi.
Birin-ketinlik qonuni. Xarflarni alfavitdagi tartibda yodda aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
Tormozlanish qonuni. Xar qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o’chib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustaxkamlash choralarini ko’rish kerak.
R.Atkinson va A.SHifrinning klassik 3 bosqichli modeli xotira jarayonini tushunishda yordam beradi, ammo bugungi tadqiqotchilar uzoq muddatli xotiraning boshqa yo‘llarini ham topishdi.
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog‘liqdir.
Masalan ayrim axborotlar xotiraning ongli ishtiroki orqali “orqa eshik”dan uzoq muddatli xotiraga o‘tadi. Ishchi xotirasida ko‘p va faol ishlash qisqa muddatli xotira bosqichida uchraydi. Doktor S.Penfild faoliyati davomida epilepsiya kasaliga chalingan bemori miyasining qaysi qismi jarohatlanganini bilish uchun bemor miyasining qismlariga kichik elektr toklar jo‘natadi. Bemor og‘riq sezmaydi, chunki miyada og‘riq sezuvchi nervlar yo‘q. SHunda bemor yoshligidagi voqealarni eslayotganini aytdi. Bu doktorning hujayralarga birma bir tegib chiqayotgani natijasi edi. SHundan keyin Penfild o‘z taklifini bildirdi, biz deyarli barcha ma’lumotlarni xotiramizda saqlab qolamiz, gap ularni qayta eslash uchun turtki berishda.
Amaliy nuqtai nazardan xotiraning samaradorligi, uni o‘quv va mehnat faoliyati jarayonida oshirish katta ahamiyatga ega. CHunki ko‘pincha odamlar orasida ishchanrog‘i, o‘quvchi yoki talabalar orasida bilimlirog‘i ham bir qarashda xotirasining kuchi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning xotirasi haqida afsonalar yuradi. Masalan, u o‘z qo‘l ostidagi beklarning nafaqat ismini, balki otasining ismlarini ham yoddan bilarkan, uchrashuvlarda bevosita nomini aytib murojaat qilarkan. Bu fazilat ham uning o‘z qo‘l ostidagilar orasida obro‘ining balandligiga ta’sir ko‘rsatgan. Amerikaning mashxur Prezidentlaridan Avraam Linkoln ham ana shunday fenomenal xotirani o‘z yaqinlari va ish yuzasidan u bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarga nisbatan namoyon etib, lol qoldirgan ekan. Demak, xotira tarbiyasi, uni kerakli yo‘sinda rivojlantirish - kerak bo‘lsa, shaxsiy obro‘ hamda ishdagi samara masalasi bilan bevosita bog‘liq ekan.
Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi va aks ettirishda ishtirok etadi.
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo‘lib, aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ham o‘z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o‘sha tarafga qaraymiz. Ism - figura bo‘lsa, bozordagi shovqin - fon rolini o‘ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz. Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o‘shani harid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o‘tmaydi. Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etishidir.
Ya’ni, idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o‘ziga nisbatan soddaroq bo‘lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi.
Masalan, olmaning shaklini, xidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida-alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki bu ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o‘ynaydi.
“Idrok tug‘mami yoki o‘zlashtirilganmi?” - degan savol ahamiyatlidir. Har ikkalasiga ham ( tug‘ma hamda o‘zlashtirilgan) deb javob bera olamiz. Idrok - his tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar orqali boyitib boriladi. Shu sababli ham bizga turli darajadagi tahlil natijalari zarur bo‘ladi. “Oddiy” tushunchalar bu inson miyasining yaratuvchilik mahsulidir.
Ushbu rasmda noaniq bo‘lgan ot yoki tyulen shakli mavjud. Agar 10 ta odamdan ferma hayvonlari haqida o‘ylashlari so‘ralsa, ushbu 10 ta odamdan taxminan 7 tasida ot haqida, bordi-yu ulardan dengiz hayvonlarini o‘ylashlari so‘ralsa 10 ta odamdan 7 tasida tyulen haqida tushuncha hosil bo‘ladi. Idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi.21
Do'stlaringiz bilan baham: |