Ixtiyoriy diqqat - qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir.
Diqqatning bu turi o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni bildiradi. Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy zo’r berish, jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan ko’ra ko’proq toliqishga sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida ixtiyoriy diqqatning kuchli to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim. Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |