Freydizm yo’nalishining jahon ilmi va malakiyoti uchun ta’siri shu qadar katta bo’ldi-ki, jamoadagi yoki guruhiy ongsizlik g’oyasini ilgarni surgan K. Yung hamda individual psixologiyani targ’ib etgan, A.Adler va ularning izdoshlari bu kontseptsiyani yanada rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdilar.
Bu nazariya va kontseptsiya hanuzgacha shaxs psixologiyasini, psixoanaliz esa psixoterapiyani o’rganishda asosiy metodlardan biri sifatida qo’llanilib kelinmoqda.
Neofreydizm yo’nalishi - avstriyalik A.Alfred (1870-1937) shveytsariyalik Yung Karl Gustav analitik psixologiyani, amerikalik Xorney (1885-1952) psixoanaliz ta’limoti asosida o’z nazariyalarini yaratdilar, unga muvofiq odam tashqi ta’sirga javoban o’z strategiyasini ishlab chiqadi, ya’ni odamlarga intilish yoki odamlardan qochish, unga qarshi chiqish yoki yonbosish ishtiyoqida bo’ladi. Har doim nevrotik, konflikt holatidan chiqish yo’llarini qidiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |