Parishonxotirlik - diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatni muayyan obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir.
Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |