Ustanovka nazariyasi - ta’sirga tayyorlik, oldindan ko’ra bilish nazariyasi. Bu nazariyani Rossiyada L.Lange (1858-1921) Germaniyada G.Myuller, T.Shumen, N.Ax (1871-16-946), Gruziyada D.N.Uznadze (1886-1950) asoslab berdilar.
Madaniy tarixiy jarayonlarning kelib chiqishi haqida N.S.Vigotskiy (1896-1934) nazariyasini yaratdi.
Tafakkur nazariyasini - S.L.Rubinshteyn (1889-1960) yaratib, muammoga faoliyatli yondashuvni taklif qildi.
Psixologiyada shakllanib bo’lgan uch asosiy oqim - psixoanaliz, bixeviorizm va geshtaltpsixologiya ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish tendentsiyasi paydo bo’ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo’lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |