JADID MAKTABLARI - eski musulmon diniy maktablarini isloh qilib, yangicha usulda ta’lim bergan va jadidchilik g‘oyalarini ilgari surgan maktablar. Bu maktablarda diniy darslar bilan bir qatorda dunyoviy ilimlar ham o‘qitilar edi. Bunday maktablar dastlab 1893 yili Samarqandda, so‘ng Farg‘ona vodiysida, Toshkentda mahalliy o‘zbek boylarining paxta zavodlari qoshida ochilgan.
JAYHUN-VIII asrdan boshlab, hozirgi Amudaryo arab manbalarida shu nom bilan yuritilgan.
ISLOM- dunyoda eng ko‘plardan tarqalgan dinlardan biri bo‘lib, unga e’tiqodda bo‘lganlar musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo-Ollohga e’tiqod qiladi.
ISTILO-qurol kuchi bilan o‘zga mamlakatni bosib olish, zabt etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |