2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«O‘ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN GLOSSARIY
TOSHKENT - 2020
«O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI» FANIDAN GLOSSARIY
Avtonomiya (yunon.Autos – o‘zim, nomos- qonun), MUXTORIYAT –mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitutsiya bilan kafolatlangan o‘z-o‘zini boshqarish huquqi.
Avtoritarizm (lot.auktoritas - hokimiyat) – davlatni idora qilish usuli. Avtoritarizmda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki etakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Avtoritarizm siyosiy hokimiyat shakli sifatida avtorkariya va diktatura bilan uyg‘unlashib ketadi. Atama Frankfurt maktabi vakillari tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Avtoritarizm haqiqiy demokratiyaning yo‘qligini anglatadi.
Agrar siyosat- davlatning qishloq xo‘jalik sohasidagi faoliyati bo‘lib, u qishloq xo‘jaligini, yer mulkchiligini va h. rivojlantirish yo‘llari masalalarini hal qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |