“Dars berish metodikasini takomillashtirish”
bo‘limida pedagogik kollektiv
shug‘ullanayotgan metodik muammo bilan har bir o‘qituvchi shug‘ullanadigan
muammo bir biri bilan bog‘lanadi. Bu erda yangi metodik ko‘rsatmalar tayyorlash,
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalasini echish, ilg‘or pedagogik
tajribaga ijodiy baho berish, uni amalda joriy etish yo‘llarini qidirib topish uchun
keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
O‘qituvchiga metodik jihatdan yordam berish nuqtai nazardan nazariy va
amaliy mashg‘ulotlarga boshqa o‘qituvchilarning kirishini tashkil qilish muhim
ahamiyatga ega. Bunday darsga kirishlar natijasida hamkasblar dars o‘tishdagi
kamchiliklarni aniqlab, uni bartaraf etishda yordam beradilar, ilg‘or tajribalarni esa
boshqa o‘qituvchilar orasida yoyilishiga ko‘maklashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |