Talabalar mustaqil ishlashin ilmiy tashkil qilish.
Hozirda bo‘lajak kasb
ta’limi o‘qituvchilarining mustaqil ishlashlari uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratib
berilmoqda. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va bajarilayotgan ishlar
bo‘lajak mutaxassislar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha axborot va ma’lumotlarni
mustaqil topish va yig‘ish mahoratini, ularni tahlil eta olish malakasini egallagan
bo‘lishlarini taqozo etmoqda.
Mustaqil ishlash har bir talabadan ma’lum bir tizimga rioya qilishni,
tirishqoqlikni, maqsad sari intilishini talab etadi. SHuning uchun ham ko‘pchilik
talabalarda oliy o‘quv yurtidagi kundalik xayotni to‘g‘ri tashkil qilish muammosi
paydo bo‘ladi. Ba’zi birinchi kurs talabalari o‘rganilayotgan materiallarni etarli
o‘zlashtirib olish uchun vaqt etishmasligidan, yuklamalar ko‘pligi uchun kam dam
olayotganliklaridan shikoyat qiladi. Bunday vaziyat o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlay
olmagan, har bir daqiqasining qadriga etmagan talabalardagina sodir bo‘ladi.
SHunga ko‘ra, mustaqil ishlashda kun tartibiga qat’iy rioya qilgan holda ish
boshlash to‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Kun tartibini maqsadga muvofiq tarzda
tuzish uchun quyidagicha ish yuritish kerak.:
Bir sutkani bir qancha zaruriy ulushlarga bo‘lish kerak: bunga ishlash,
ovqatlanish, badan tarbiyasi, dam olish, hordiq chiqarish, xo‘jalik ishlari va shu
kabilar kiradi. Kun tartibi tuzishdan maqsad har bir talabaning ma’lum tartibda ish
KASBIY TA’LIM METODIKASI
259
olib borishiga, xech narsani esdan chiqarmay, hamma narsaga vaqt ajratish, har bir
ishni o‘z muddatida bajarishga o‘rgatishdan iboratdir. Kun tartibini har bir kishi
o‘zining shaxsiy fiziologik imkoniyatlarigagina emas, balki umuminsoniy qonun-
qoidalarga qarab ham tuzish mumkin. Kun tartibini tuzishda uxlash (sutkasiga 7-8
soat), muntazam ovqatlanish (uch-to‘rt marta), dam olish (faol va sust) uchun etarli
vaqt ajratish zarur. Salomatlikni yaxshilab borish maqsadida har kuni jismoniy
mashqlar va badan tarbiyasiga rioya qilib, organizmni chiniqtirish uchun ham
vaqt ajratish tavsiya etiladi.
Ko‘pchilik talabalar o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborishlari
natijasida ma’lum zo‘riqishlarga uchrashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki ertalab nonushta qilmay kelgan talabalar ko‘p
hatoliklarga yo‘l qo‘yadilar, to‘yib uxlamagan talabalarda tezkorlik etishmasligini
kuzatishimiz mumkin.
Agar miyaga dam berilmay, yuklama bilan ishlayverilsa, asab xujayralariga va
butun asab tizimiga zo‘riqish bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitlarda har qanday ish
faoliyati to‘xtalib dam olish maqsadga muvofiqdir. Teatr, kino, she’rxonlik, kitob
mutaaolasi, istirohat bog‘larida sayr qilish, tabiat manzaralaridan bahra olish,
sayrlarda bo‘lish – bularning hammasi unumli mehnat qilishda ajoyib yordam
beruvchi omillardir. Ma’lum bir soatda uyqudan turish, ovqatlanish (bir sutkada
kamida uch marta) va uyquga yotish kun tartibining asosini tashkil etadi. Kun
tartibini belgilashda vaqt me’yorini rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotlari jadvali,
o‘quv dasturi va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jadvaliga asoslanib tuziladi.
Binobarin, ana shu xujjatlar bilan tanishish mustaqil ishlashni tashkil etishning asosi
va birinchi shartidir. Bu xujjatlarni o‘rganib chiqqach, birinchi galda ovqatlanish va
uxlash vaqtini belgilab olish zarur. Oliy o‘quv yurti talabalari 7-8 soat uxlashi,
ularning faoliyati davomida etarli darajada ishlashlari uchun kifoya qiladi.
Uxlaydigan xonaning havosi hamma vaqt toza bo‘lishi lozim. YOz paytida
derazalarni ochib qo‘yib uxlash yoki ochiq havoda yotishi maqsadga muvofiqdir.
Uxlaydigan uyning harorati 15-20 daraja atrofida bo‘lishi mumkin.
Ovqatlanishda ham ma’lum bir tartibga rioya qilish lozim. Aqliy mehnat bilan
band bo‘linganda ovqatga tuxum, pishloq, qand, sut va tarkibida fosfor moddasi
bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirgan ma’qul. Kuniga to‘rt marta
ovqatlanganda umumiy mezonning 25-30 foizi nonushta, 10-15 foizi choshgoxda,
40-50 foizi tushlikda va 15-20 foizi kechki ovqat paytida iste’mol qilgan ma’qul.
Har bir talaba o‘zining ish rejasiga ega bo‘lishi kerak. SHaxsiy ish rejasi
yuqorida qayd qilib o‘tilgan shartlarni inobatga olgan holda, berilgan topshiriqlar
aniqlanadi. o‘quv jadvalida belgilangan topshiriqlar, qisqacha ma’ruza, tajriba
ishlari, nazorat
topshiriqlari, ommaviy tadbirlar, musobaqalar, badiiy kechalar, sport
musobaqalari kabi tadbirlarning muddatlari hisobga olinadi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
260
Bir xaftalik yoki bir oylik reja tuzib chiqiladi. Ushbu rejada bajariladigan ishlar
mazmuni, kuni, va vaqti ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdagi kasb
ta’limi fakulteti talabalari vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmasliklari natijasida mustaqil
ish bajarishlari muammoga aylanmoqda. Ularning ma’lum tartibga rioya
qilmasliklari, mustaqil faoliyat bilan shug‘ullanish yo‘llarini bilmasliklari buning
asosiy sababidir. SHuning uchun talabalarni kun tartibini tuzishga, unga rioya
qilishga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ma’lum bir tartibga
o‘rgangunlariga qadar har bir kunni uyqudan uyg‘onish (soat 700) dan boshlab, to
uyquga yotish (soat 1100)gacha ma’lum me’yorlarda tuzib chiqishlari kerak.
O‘rganganlaridan so‘ng har kuni takrorlanuvchi faoliyatlarni qayd etmagan holda,
o‘zgarib turuvchi va qayd etish lozim bo‘lgan ma’lumotlargina yozib boriladi.
Qilinadigan ishlarning kuni va vaqti aniq belgilanishi lozim.
Masalan quyidagicha tartibda daftarchaga qayd qilib qo‘yish mumkin:
Sana,
vaqt
Bajariladigan ishlar mazmuni
Hafta kuni
5. V
14/20
Guruh yig‘ilishi.
Sport zalida mashq.
CHorshanba
17/30
19/30
Kutubxonada ishlash
Sport zalida mashq
Dushanba, Seshanba,
Payshanba, Juma
6-V
15/00
Xamkurslar va boshqa do‘stlarning uyiga
borish. Salomatligidan habar olish
SHanba, YAkshanba
SHunday qilib, o‘qishdan tashqari ishlar uchun kuniga 4-4,5 soat vaqt ajratish
zarur va bu vaqtni 5-10 minutgacha aniqlik bilan taqsimlash mumkin, bunday aqliy
mehnat gigienasi mezaonlariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har kuni kechqurun bajarilgan ishlar tahlil qilinadi. qaysi ishni bajarishda
sustkashlikka yo‘l quyilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tuzatishlar kiritishga
harakat qilinadi. YUmushlar tartibli ravishda belgilab chiqiladi. Miyani toliqtirib
qo‘ymaslik uchun aqliy mehnatdan so‘ng jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan
ma’qul.
Kun tartibini tuzishda mustaqil ishlash uchun belgilangan soatlarda boshqa
ishlar bilan band bo‘lib uni bekorga o‘tkazmaslik kerakligini, har 40-50 minutdan
so‘ng 10 minut hordiq chiqarish, 2,5-3 soatlik mashg‘ulotdan so‘ng esa, garchi
charchamagan bo‘lsangiz ham, yarim soat dam olish zarurligini e’tiborga olish
kerak:
Mashg‘ulotni tushunish bir muncha og‘ir bo‘lgan o‘quv predmetidan boshlash,
so‘ngra yana ham qiyinrog‘iga o‘tish, osonini esa eng ohirida o‘qish ham
mumkinligini nazarda tutish zarur. Mustaqil ishlashni oz-ozdan boshlab, muntazam
ravishda ko‘paytirib borish lozim. Ma’lum bir me’yorda ish bajarish odamni
charchatmaydi va faoliyatning turg‘unligini ta’minlaydi. Rejalashtirilgan va amalga
KASBIY TA’LIM METODIKASI
261
oshirish yo‘llarini tuzatish tashkilotchilik qobiliyatini uyg‘otadi, iroda, sabot-
matonat, ijodiy tafakkurlash, mustaqillik kabi fazilatlarni tug‘diradi.
SHunday qilib, mustaqil ishlashni namunali tashkil qilish ko‘p ilmiy nazariy
materiallarni o‘zlashtirish, bilimdon bo‘lish va etuk mutaxassis bo‘lib etishish
uchun zamin hozirlaydi.
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va mustaqil ishlashni oqilona tashkil etish, mustaqil
ishlashning forma va metodlarini aniqlab olish muhim axamiyat kasb etadi. U yoki
bu fanlardan uyga berilgan vazifalarni bajarish mustaqil ishning oddiy shakli
hisoblanadi. Murakkab shakliga esa o‘tilgan darslar-ma’ruzalar va amaliy
mashg‘ulotlar, seminar va laboratoriyalar, bo‘limlar yuzasidan adabiyotlarni
mustaqil ravishda tahliliy o‘rganib chiqish, ayrim savollarga aniq javoblar topish
bilan bog‘liqdir. Manbalarni mustaqil o‘qish yo‘li bilan quyilgan savollarga bir
necha adabiyotlardan umumlashtirib, javob topishga o‘rgatib borish yaxshi natijalar
beradi.
YUqoridagilarni inobatga olgan holda mustaqil ta’lim olish turlarini quyidagi
tartibda belgilab oldik va ilmiy jihatdan asoslashga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |