Dori shakllarini yuborish yo‘llariga tasniflanashi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: enteral (ovqat hazm qilish tizimi oraqali) va parenteral (ovqat hazm qilish tizimini chetlab o‘tib).
Enteral yuborishni turlari:
Og‘iz orqali - peroral
Til ostiga - sublingval
To‘g‘ri ichakka - rektal
Parenteral yuborish turlari:
Teriga (tashqi maqsadlar uchun mo‘ljallangan xantal qog‘ozi, har xil sepmalar, surtmalar va boshq.).
Oson yuborish mumkin bo‘lgan shilliq qavatlarga (ko‘z, quloq, burun va qin ichiga).
In’eksion (maxsus shpritslar orqali organizmni jarohatlanishi hisobiga dori moddasini organizmga yuborish).
Ingalyasion (bevosita nafas yo‘llari orqali dori moddalarini yuborish).
Do'stlaringiz bilan baham: |