O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq


O’zbekistonda moliyaviy xisobining xalqaro standartlarga o’tishning zaruriyati va ahamiyati



Download 0,59 Mb.
bet5/7
Sana21.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#396094
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5316890068990825364

2.3 O’zbekistonda moliyaviy xisobining xalqaro standartlarga o’tishning zaruriyati va ahamiyati

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish;

hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir);

fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;

kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi;

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalar soni ortganligi tufayli foydalanilishi.Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda,

18

ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda.



Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining tan olinishi va tobora ko’proq ishlatilishini isbotlovchi eng muhim voqealardan biri bu Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyalarning Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar uchun Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining asos qilib olinishidir.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va foydalanish imkoniyatlari

Hozirgi vaqtda aktsionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o’tib borayotgan, ayrim hollarda bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik printsiplari va qoidalari ishlatilmoqda. SHunday qilib buxgalterlik hisobotlarida taqqoslanuvchanlik yetishmasligi mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investitsion tahlilichilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning tarli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo’shimcha xarajatlar qilishiga to’g’ri keladi. Ular hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog’liq holda kapitalning jahon bozorida samarali raqobat yomonlashishi, kompaniyalar esa kapitalni saqlash bo’yicha yuqori sarf-xarajatlarni o’z zimmalariga olishlariga to’g’ri keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko’rsatilishi oqibatida buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo’qoladi. Hisobotlarning xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi:

19

-moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning mo’ljaldan yuqori darajada bo’lishi – chunki transnatsional kompaniyalar o’z faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun turlicha hisobotlar tuzishga majbur bo’ladilar;



-tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash uchun yagona tizimga ega bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa turli mamlakatlardagi hisobotlar turlicha bo’lgani holda juda mushkul hisoblanadi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari shuningdek, buxgalterlik standartlarini ishlab chiquvchi organlari hali tuzilmagan yoki standartlarni ishlab chiqishga resurslari yetarli bo’lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham juda foydalidir. Moliyaviy Hisobot Standartlarini ishlab chiqish o’ziga yarasha xarajatlarni talab qiladi, ayniqsa alohida mamlakat uchun standartlar ishlab chiqish chiqim nuqtai nazaridan samarasizdir.

Tashqi iqtisodiy moliyaviy qarorlarni qo’llab quvvatlash uchun esa, albatta, butun jahon uchun moliyaviy hisob va hisobot bo’yicha tarkiban bir xil, umumqabul qilingan va majburiy standartlar to’plami zarurdir. Aynan ana shu vazifa MHXSK zimmasiga yuklatilgandir.

 MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash”

MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” nomli standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ektining MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan

20

davrning bir qismi uchun oraliq moliyaviy hisobotlari:



(a) foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun qiyoslanuvchan;

(b) buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan;

(v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi mumkin bo’lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o’z ichiga olishini ta’minlashdan iboratdir.

Tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXSni:

(a) o’zining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va

(b) u tomonidan MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 “Oraliq moliyaviy hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak.

Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida va uning MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo’llashi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarning oldinroq amalda bo’lgan boshqa tahrirlarini qo’llamasligi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti qo’llanilishi hali shart bo’lmagan yangi MHXSni ushbu MHXSni muddatidan oldin qo’llash ruxsat etilganida qo’llashi mumkin.

Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida:

21

(a) MHXSlar bo’yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va majburiyatlarni tan olishi kerak;



(b) MHXSlar tan olinishiga yo’l qo’ymadigan aktivlar va majburiyatlarni tan olmasligi kerak;

(v) oldingi BHUTga ko’ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va

(g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni qo’llashi kerak.

Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida qo’llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo’yicha xuddi shu sanaga qo’llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar MHXSlarga o’tish sanadan oldin ro’y beradigan operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo’ladi. SHu bois, tadbirkorlik sub’ekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o’tish sanasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanmagan foydada (yoki, o’rinli bo’lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak.

Mazkur MHXS boshqa MHXSlarning ba’zi jihatlarini retrospektiv qo’llashni taqiqlaydi.

1- ta’qiq. Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi istisnolarni qo’llashi kerak:

(a) moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni hisobdan chiqarish;

(b) xejni hisobga olish;

(v) nazorat kuchiga ega bo’lmagan ulushlar;

22

(g) moliyaviy aktivlarning taniflanishi va baholanishi;



(d) singdirilgan derivativlar; va

(e) davlat zayomlari.

2- ta’qiq. MHXS ning bir qancha talablaridan ozod bo’lish. Tadbirkorlik sub’ekti bir yoki bir qancha ozod bo’lishni tanlashi mumkin.

(a) Biznes birlashuvlari bo’yicha istisno holatlar

Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi bir yoki undan ortiq istisnolardan foydalanishga qaror qilishi mumkin:

(a) aktsiyaga asoslangan to’lovlar bo’yicha operatsiyalar;

(b) sug’urta shartnomalari;

(v) shartli tannarx;

(g) ijara;

(e) hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha yig’ilgan farqlar;

Misol: MHXSlarning eng oxirgi tahririni izchil ravishda qo’llash bo’yicha dastlabki ma’lumotlar:

“A” tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi hisobot davrining oxiri 2015 y 31 dekabrga to’g’ri keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti ushbu moliyaviy hisobotlaridagi qiyoslanadigan ma’lumotlarni faqat bir yil uchun taqdim qilishga qaror qildi. SHuning uchun, uning MHXSlarga o’tish sanasi 2014 y 1 yanvarda ish kuni boshiga (yoki, ekvivalent ravishda, 2013 y 31 dekabrda ish kuni oxiriga) to’g’ri keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti o’zining moliyaviy

23

hisobotlarini 31 dekabrda yakunlanadigan va 2014 y 31 dekabrgacha bo’lgan (shu jumladan 2014 y 31 dekabrni ham o’z ichiga olgan) har yili uchun uning oldingi Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan Talablarni qo’llash A” tadbirkorlik sub’ekti 2015 y 31 dekabrda tugaydigan davrlar uchun amalda bo’lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni quyidagilarga nisbatan qo’llashi lozim:



(a) 2014 y 1 yanvar holatiga MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotni tayyorlashda va taqdim qilishda; va

(b) 2015 y 31 dekabr holatiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni), 2015 y 31 dekabrda yakunlangan yil uchun umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotni va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) hamda ochib beriladigan ma’lumotlarni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) tayyorlashda va taqdim qilishda.

24


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish