O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomoni-



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomoni-
dan imzolangan “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizi-
mini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-
tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-4680-sonli  tarixiy  Qaror  imzolangan 
2020 yilning 16 aprel sanasi
dan bir kun oldin (bu voqeani ramziy ma’-
noda qabul qilish joiz), ya’ni 2020 yil 15 aprel kuni Rejada belgilangan 
anjumanlar doirasida “Tarjimashunoslik” kafedrasi
 
miqyosida  “Qiyo-
siy  tilshunoslik,  lingvistik  tarjimashunoslik”  va  “Sinxron  tarjima” 
mutaxassisliklari  magistrantlari  va  “Tarjima  nazariyasi  va  amaliyoti” 
yo‘nalishi  talabalari  ishtirokida  O‘zbekiston  Respublikasi  Musta-
qilligining 29 yilligiga bag‘ishlab Onlayn tarzda o‘tkazilgan yillik an’a-
naviy  ilmiy-amaliy  konferensiyasi  –  “Yosh  tarjimashunoslar”  anju-
manining maqsadi tarjimashunoslikning lingvomadaniy aspektlari, za-
monaviy nasr va she’r tarjimasi muammolari, muallif uslubini qayta ya-
ratish,  sinxron  tarjima  sohasini  rivojlantirish,  o‘zbek  adabiyoti  namu-
nalarini  sharq  xalqlari  tillariga  tarjima  qilish,  shuningdek,  sharq  tilla-


 

ridan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish bilan bog‘liq dol-
zarb  muammolar  hamda  bu  borada  erishilgan  yutuqlar  doirasida  tala-
balarnning fikr almashuvini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. 
Anjumanda  tinglangan  yigirmadan  ziyod  ma’ruzaning  bir  qismi 
og‘zaki tarjimaning murakkab turi bo‘lgan sinxron tarjima masalalariga 
bag‘ishlandi. Shuningdek, ma’ruzalarda o‘zbek adabiyoti namunalarini 
sharq tillariga va sharq xalqlari adabiyotidan tanlangan asarlarning o‘z-
bek tiliga tarjimalari ham tahlil qilindi. Bunda talabalarning tarjima na-
zariyasi va amaliyoti, tarjima tanqidiga qanchalik chuqur kirib borayot-
ganliklari yaqqol namoyon bo‘ldi. Tarjima asarlari tahlili va tanqidiga 
asosiy e’tibor berilgan talaba tadqiqotlarida tarjimalarning chog‘ishtirib 
o‘rganilganligi hamda ularning boshqa tillarga qilingan tarjimalari bi-
lan muqoyasa qilib tekshirish natijasida nazariy-lingvistik va badiiy-es-
tetik  xulosalar  chiqarilganligi  talabalarda  ilmiy  tadqiqot  ko‘nikmalari 
shakllanganligidan dalolat berib turibdi.
  
Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, to‘plamdan joy olgan maqola va il-
miy axborotlarning mavzulari bir-biridan farq qilishi, yosh tadqiqotchi-
larning  tarjimashunoslikning  turli  masalalariga  yondashishlari  farqli-
ligi,  ilmiy  saviyaning  turlichaligi,  ayrim  magistrant  va  talabalarning 
fikrlari ilmiy jihatdan hali uncha pishib yetilmaganligi seziladi. Shunga 
qaramay,  barcha  qilingan  ishlar  yagona  maqsad  –  tarjima  nazariyasi, 
amaliyoti  va  tanqidini  rivojlantirishga  yo‘naltirilganligi  kishini 
quvontiradi. Xususan, yosh, bo‘lajak tarjimon va tarjimashunoslarimiz-
dan  1-kurs  magistrantlari  P.Ko‘chimova  (“Hindiy  tilida  “bachcha” 
so‘zi  yoxud  “vachcha”  qo‘shimchasining  etimologiyasi  xususida”), 
D.Rahmonova (“Tarjimada adaptatsiya masalasi”), A.Qudratov (“Sin-
xron  tarjima  strategiyalari  xususiida”),  B.Allamurodov  (“Turkiyada 
sinxron tarjima maktabining tashkil etilishi va ilk sinxron tarjimonlar 
haqida”), bakalavriat yo‘nalishi 4-kurs talabasi L.Oripova (“Lingvokul-
turema, realiya va lakunalarning o‘zaro farqli jihatlari”), 3-kurs talabasi 
F.Rajabov (Said Ahmad hikoyalari turk tilida (“Mehribon” va “Qora-
ko‘z  Majnun”  hikoyalari  misolida),  shuningdek,  yosh  mutaxassis-
muallimlarimiz, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan mustaqil izlanuvchi 
va tayanch doktorantlarimizning yuqori saviyada yozilgan maqolalarini 
alohida ta’kidlash kerak bo‘ladi.
  
Tarjimon nafaqat til bilimdoni, balki yetarli bilimga ega tilshunos, 
adabiyotshunos va elshunos ham bo‘lishi kerak. Milliy adabiyotni o‘sha 
xalqning  madaniyati,  assotsiativ  tafakkurini  chuqur  bilmasdan,  til 


 

boyligini yaxshi egallamasdan turib ishga kirishgan tarjimon badiiy til 
vositalarini ham to‘g‘ri tanlay olmasligi, tilning poetik jihatlarini 
ham 
his  qila  olmasligi,  natijada  tarjimaning  yetarli  darajada  to‘g‘ri  va  ta’-
sirchan  chiqmasligiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Buning  uchun  yosh  tar-
jimonlarga tarjima va talqin borasida sohaning yetuk mutaxassislari yor-
damida  master-klasslar  tashkil  etish,  tarjimaning  nozik  jihatlari,  jum-
ladan, tarjimada milliy koloritning berilishi, so‘z tanlash mahorati, davr 
ruhining til birliklari vositasida to‘g‘ri aks ettirilishi, nihoyat asar mual-
lifining g‘oya maqsadini aniq yetkaza berishga o‘rgatish uchun tajribali 
sharqshunos tarjimonlar ishtirokida davra suhbatlarini ko‘proq o‘tkazish, 
shuningdek, kafedrada tashkil etilgan “Yosh sharqshunos-tarjimonlar” va 
“Bu  qadimiy  san’at”  deb  nomlangan  ijodkor  yoshlar  to‘garaklari 
ishtirokchilarining ilmiy ishlari jamlangan to‘plamni nashr etish kutilgan 
natijalarni berishi, o‘zining an’analariga ega sharq tarjimashunosligining 
taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
 
“Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida mehnat qi-
layotgan  yosh  mutaxassis-muallimlarimiz,  “Qiyosiy  adabiyotshunos-
lik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”  ixtisosligi bo‘yicha 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ish olib borayotgan mus-
taqil  izlanuvchi  va  tayanch  doktorantlarimizning  ham  ilmiy  maqola-
lariga alohida  rukn ostida o‘rin berilgan ushbu to‘plamdan joy olgan 
materiallar “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” va “Sin-
xron tarjima” mutaxassisliklari magistrantlari hamda “Tarjima nazari-
yasi  va  amaliyoti”,  ochilishi  rejalashtirilgan  “Gid  hamrohlik  va  tarji-
monlik  faoliyati”  ta’lim  yo‘nalishlarida  amaliy  yozma,  badiiy  tarjima 
hamda og‘zaki tarjimaning sinxron va ketma-ket tarjima sirlari, tarjima 
tarixi,  nazariyasi,  tarjima  amaliyoti  bilan  bog‘liq  fanlarni  o‘rganayot-
gan barcha talabalar uchun foydali bo‘ladi, deya umid qilamiz. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish