O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

“pianzheng  jiegou”   
Toʻldiruvchi    struktura  gap 
tarkibidagi ikkala komponent oʻrtasida bezatilgan va bezatilgan muno-
sabatlar mavjud boʻladi. 
4.  “
补充结构
” 
“buchong jiegou”
  Qoʻshimcha struktura 
Tarkib ichidagi ikkita tarkibiy qismlar oʻrtasida qoʻshimchalar va 
qoʻshimchalar oʻrtasida bogʻliqlik boʻladi. 
5.  “
联合结构
” 
“lianhejiegou”
  Qoʻshma struktura 
Tarkibda ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlar mavjud boʻlib, ular 
tuzilish  yoki  tanlanish  munosabatlariga  ega  hisoblanadi.  Sinxron  tar-
jima jarayonida oʻzbek va xitoy tillari oʻrtasidagi sintaktik farqlar 
Jumlalar tuzilish xususiyatlari oʻrtasidagi farqlar: 
Xitoy tilining asosiy xususiyati parataksisdir, shuning uchun xitoy-
cha jumlalar grammatik vositalar bilan emas, balki har bir tushuncha-
ning ichki oʻzaro mantiqqa ega ekanligi bilan tartibga solinadi. Shu sa-
babli sinxron tarjima jarayonida oʻzbek tilidagi jumlalar tuzilishiga va 
xitoy  tilidagi  jumlalarning  ichki  mantigʻiga  e’tibor  berilishi  lozim. 
Masalan:

我们必须积极采用新技术,新设备,新工艺,新材料


“Wǒmen bìxū jījí cǎiyòng xīn jìshù, xīn shèbèi, xīn gōngyì, xīn cáiliào”. 
Soʻzma-soʻz tarjima: 
“Biz yangi texnologiyalar, yangi uskunalar, yangi 


 
33 
jarayonlar  va  yangi  materiallarni  faol  ravishda  oʻzlashtirishimiz  ke-
rak”. 
Tarjima: 
“Biz yangi texnika, uskunalar, texnologiyalar va mate-
riallarni faol qoʻllashimiz kerak”.
 
Yuqoridagi tarjima misolida asl xitoycha matnda “yangi” sifati tak-
rorlangan, oʻzbek tarjimada esa takrorlanmasdan, “yangi” soʻzi bir ma-
rotaba qoʻllanilgan. Buning sababi, xitoy tilidagi jumlalarda “yangi tex-
nologiya”, “yangi uskunalar”, “yangi jarayon” va “yangi material” kabi 
turli xil tushunchalar birma-bir ifoda etilishi kerak, aks holda ularning 
ma’nosi toʻliq boʻlmaydi. Oʻzbek tilida esa, “yangi” soʻzini qayta-qayta 
qoʻllash hojati yoʻq.  
1.  Sinxron  tarjima  jarayonida  vaqt    oʻta  chegaralanganligi,  hamda 
agar notiqning nutq tempi tezligi sababli, yuqorida misol tariqasida beril-
gan jumla tarjimasidagi  “yangi” soʻzi xitoy tilida 


” 
“xin”
 deb nom-
lanib, bu soʻzning fonetik jihatdan oʻxshash boʻlgan soʻz “

”  
“xing”
 
“shakl”, “tur” deb tarjima qilinib, ya’ni notiq
 “

” 
“xin”
  “yangi” soʻzini 
koʻzda  tutgan  boʻlsada,  lekin  tarjimon  xatolikka  yoʻl  qoʻyadi,  bu  bilan 
tarjimada urinish strategiyasidan foydalanishi mumkin. 
2. Sodda gaplarda aniqlovchi va toʻldiruvchi soʻz tartibidagi farqlar: 
Soʻzlarning gapdagi joylashuvi gap tarkibiy qismlarining tartibini 
anglatadi, bu soʻzlar va jumlalar tarkibiy qismlari oʻrtasidagi munosa-
batlarning timsoli hisoblanadi. Jumlalar orasidagi soʻz tartibining mos-
lashuvchanligi  koʻpincha  oʻzbek  va  xitoy  tillari  orasida  farq  qiladi, 
shuning  uchun  tarjima  paytida  til  foydalanuvchilarining  mantiqiy 
fikrlab soʻz tartibi koʻpincha tartibga solinadi
35

3. Fe’lning joylashishiga koʻra farqlar: Xitoy tili grammatikasida 
fe’l  odatda  kesim  vazifasida  kelib,  egadan  keyin  qoʻllaniladi,  oʻzbek 
tilida esa, kesim gapning oxirida ishlatiladi. 

我再次向您和中
 
国人
 
民祝
 
贺中华人民共和国成立的
70
周年


 
Wǒ  zài  cì  xiàng  nín  hé  zhōng  guó 
rénmín  zhùhè  zhōnghuá  rénmín  gònghéguó  chénglì  de  70  zhōunián. 
Tarjima: 
“Men sizni va Xitoy xalqini X.X.Rni tashkil topganligining 70 
yillik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman”. 
 
Xitoy tili dunyoning eng keng tarqalgan tillaridan biri xisoblanib, 
fe’l fe’l sintaktik jihatdan gapning oxirida turadi. Oʻzbek tilida esa gap-
 
35
 
张洁

从英汉两种语言的词汇和句法差异视角研究翻译技巧

-湖北
, 2012 
年。
 79-80




 
34 
ning  oxirida  turadi.  Yuqoridagi  gapda  oʻzbek  va  xitoy  tillaridagi  ke-
simning joylashuv tartibi oʻzgargan. Shu bois, tarjimon sinxron tarjima 
jarayonida kutish strategiyasidagi “p” qisqa pauzadan foydalansa, ting-
lovchiga  ma’lumotni  yetarli  darajada  loʻnda  va  qisqa  boʻlishini  ta’-
minlab berishda yordam beradi.  
Yana shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, xitoy tilida fe’llar tuslanmaydi, 
oʻzbek tilida fe’l tuslanligi sabab, fe’lga qoʻshimchalar qoʻshiladi. 


几点来谁都不知道


 
“Tā jǐ diǎn lái shuí dōu bù zhīdào”. 
Tarjima: 
“U 
soat nechchida kelganini hech kim bilmaydi”.
 
Yuqorida  keltirilgan  misolda  xitoy  tilida  fe’llarning  tuslanmasligi 
sinxron tarjima jarayonida vaqt tejalishi va shakl jihatdan tarjimonga qu-
lay  boʻlsada,  murakkab  gaplar  tarkibidagi  jumlalarni  ya’ni  murakkab 
gaplarni tarjima qilish jarayonida noqulaylik keltirishi mumkin. 
Xulosa tarzida shuni ta’kidlash joizki, tarjima koʻp jihatdan tarjimon 
mahoratiga bogʻliq. Sinxron tarjima jarayonida vaqt bosimi sababli tarji-
mondan katta tajriba talab qilinadi. Tarjima jarayonida tarjimon asl matn-
ning  funksional  xususiyatlarini  toʻliq  anglashi  va  oʻzga  tilning  ehtiyoj-
lariga muvofiq tarjima strategiyasini qabul qilishi lozim. Shuningdek, tar-
jima funksiyasini maksimal darajada amalga oshirish uchun mos keladi-
gan tarjima strategiyasini tanlanishi muhim. Asliyat va tarjima tili oʻrta-
sidagi leksik va sintaktik tafovutlarni chogʻishtirish, asliyat va tarjima tili 
oʻrtasidagi farqni chuqurroq tushunishga imkon beradi. Lekin soʻzlarning 
tartib  jihatdan  joylashuvi  ikki  tilda  farqli  boʻlganligi  sababli,  vaqt 
tigʻizligi jihatidan sintaktik farqli boʻlgan muammolar keltirib chiqarishi 
mumkin.  

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish