О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


I-BOB.Bоshlang`ich sinflar massa o`lchоvlarining nazariy asоsi va ularni o`rganish mеtоdikasi



Download 56,09 Kb.
bet5/15
Sana12.01.2022
Hajmi56,09 Kb.
#338481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
bekmurodova malika matem

I-BOB.Bоshlang`ich sinflar massa o`lchоvlarining nazariy asоsi va ularni o`rganish mеtоdikasi.

1.1.Asosiy miqdorlar haqida tushuncha

Miqdor, kattalik (matematikada) — asosiy matematik tushuncha; kesma uzunligi, sirt yuzi, jism hajmi va massasi kabi tushunchalarning umumlashmasi. Bular skalyar Miqdorlar deb ataladi. Bir xil skalyar Miqdorlarni oʻzaro taqqoslash uchun oʻlchov birligi tanlab olinadi (mas, uzunlikni ifodalovchi Miqdorlar uchun metr, massani ifodalovchi Miqdorlar uchun gramm va boshqalar). Miqdorlar oʻlchov birligiga nisbatan son bilan ifodalanadi. Mat.da Miqdorning fizik tabiatiga bogʻliq boʻlmagan xususiyatlari olinadi. M.lar uchun tenglik, tengsizlik (katta, kichik), qoʻshish, ayirish va boshqa munosabatlar aniqlanadi. Maʼlum yoʻnalishdagi kesma, tezlik, kuch va boshqa tushunchalar vektor Miqdor tushunchasiga olib keladi. Geometriya, mexanika va boshqa sohalarda vektorlardan ham umumiyroq boʻlgan tenzor, kvaternion tushunchalari qoʻllaniladi. R. Dekart mat.ga izchil ravishda oʻzgaruvchi M. tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha mat. taraqqi-yotida, jumladan, differensial va integral hisob yaratilishida muxim rol oʻy naydi (qarang Differensial hisobIntegral hisob). Miqdor baʼzi hrllarda qiymat deb yuritiladi.

Miqdorlar bilan ishlash boshlang’ich ta’limning birinchi sinfidan o’quvchilarga og’zaki shakllantirib boriladi.Tabiatdagi barcha borliqlarni miqdorlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu miqdorlar uzunlik, vaqt,yuza, hajm,massa va hokazo. Bu miqdorlar dan insoniyat qadim zamonlardan foydalanib kelmoqda.

Miqdorlarni o’lchashda insoniyat hayotida bir necha davrni ko’rsatib o’tish mumkin. Qadimgi zamonlarda odamlar uzunlik o’lchovini o’z tanalari qismlari bilan o’lchaganlar. Masalan: kaft (to’rt barmoq,bosh barmoqsiz), tirsak, fut (oyoq tagi uzunligi, dyum va hokazo,yuza o’lchovbirligi sifatida quduq (bitta quduq suvi bilan sug’oriladigan maydon),qo’sh(plug) va hokazo.

Hozirgi davrda ham ba’zi odamlar gazlamalarni metrsiz o’lchashda bosh barmoq va mayda barmoqni keng ochib o’lchaydilar.

Keyingi davrlarda haqiqatga yaqinroq o’lchov birliklari vujudga kela boshlagan. Masalan:dyum(uchta arpa donasining uzunligi),fut(yonma-yon qo’yilgan 64-ta arpa donachasining kengligi),massa birligi sifatida gran(boshoq massasi) va karat qabul qilingan.

Davr rivojlangandan keyin 18-chi asrda kelib uzunlikning asosiy o’lchov birligi sifatida metr qabul qilingan.Undan keyin ar(sotix),litr,gramm o’lchovlari qabul qilindi.Shu bilan birga massa birligi kilogramm qabul qilindi.Kilogramm platina va irridiy aralashmasidan tayorlangan silindr massasi.

Vaqt o’lchov birligi boshqa o’lchov birliklardan ilgari kelib chiqqan.Vaqt o’lchov birligining asosiy birligi sekunddir.Bir sutka 24 soat,bu 1440 minut yoki 86400 sekunddan iborat.Amalda hamma uzunliklarni metr bilan,massalarni kilogram bilan,vaqtni sekund bilan o’lchash noqulay.Shuning uchun karrali va ulushli birliklardan foydalanilgan.

Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.

1–2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.

Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3 dm, . , ...20 dm. Kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz.

Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).

Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm.1 m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.

Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm. miqdorlarni qo‘shing» kabi.

U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.

Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.

1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).

2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).

3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.

4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.

5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).

6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.

7.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.

8.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.


Download 56,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish