O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Jamoatchilik muhokamasi. 
Jamoatchilik muhokamasi ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan 
me’yoriy-huquqiy  hujjatlar,  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarning  loyihalari,  davlat  hokimiyati  va 
boshqaruvi organlarining qaror, buyruq va farmoyishlari, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik 
bo‘lgan boshqa hujjat va materiallarni tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Amaldagi me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar  bo‘yicha  jamoatchilik  muhokamasi  ularga  o‘zgarishlar  kiritish,  yoki  ularni  yangi 
tahrirda  qabul  qilish  zarur  bo‘lgan  hollarda  jamoatchilik  fikri  hisobga  olinishini  ta’minlash 
maqsadida o‘tkaziladi. 
Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  qabul  qilinadigan  qonun  loyihalarini  jamoatchilik 
muhokamasidan  o‘tkazish  odat  tusiga  kirdi.  Milliy  ong  va  milliy  ma’naviyatning  tiklanishi  va 
rivojlanishi  natijasida  qonunlardan  tashqari,  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  bo‘lgan  boshqa 
hodisalarni muhokama qilish ham ijtimoiy amaliyotda mustahkam o‘rin egallay boshladi. 
Oliy Majlis fuqarolarning vakillik organi sifatida mamlakat hayotida muhim rol o‘ynaydi. 
SHunday  bo‘lsa  ham,  Qonunchilik  Palatasi  hamda  Senat  a’zolari  qonunlarning  sifatli  bo‘lishi 
hamdaijtimoiy  hayotda  o‘z  o‘rnini  egallashini  ta’minlash  uchun,  ularning  loyihalarini 
jamoatchilik  muhokamasidan  o‘tkazishga  ehtiyoj  sezadilar.  Bundan  tashqari,  qonunlar 
legitimlikka  ega  bo‘lishi  uchun,  keng  xalq  ommasini  ularning  muhokamasiga  jalb  qilish  zarur 
bo‘ladi.  
 Qonunlarning  loyihalari  bo‘yicha  loyiha  mavzusi  bo‘yicha  mutaxassis  bo‘lgan  ekspertlar 
jalb  qilinadi.  Ayni  paytda,  qonunlarni  qabul  qilishda  ekspertlardan  tashqari,  turli  maqsadli 
guruhlarga  murojaat  qilish  ham  zarur  bo‘ladi.  Bunday  maqsadli  guruhlarga  mazkur  qonunning 
qabul  qilinishidan  manfaatdor  bo‘lgan  tomonlarni  kiritish  mumkin.  Masalan,  chorvachilikni 


226 
 
rivojlantirishga  oid  qonun  qabul  qilinmoqchi  bo‘lsa,  uning  loyihasi  muhokamasiga,  birinchi 
navbatda,  chorvadorlarning  vakillari  jalb  qilinishi  kerak.  Bundan  tashqari,  chorva  hayvonlariga 
em-xashak etkazib beruvchi dehqonlar, omuxta em etkazib beruvchi sanoat vaklillarini ham jalb 
qilish  maqsadga  muvofiq.  Bundan  tashqari,  chorvachilik  mahsulotlarini  iste’mol  qiluvchi  keng 
xalq  ommasi  vakillari  ham  ishtirok  etishi  shart  bo‘ladi.  Mana  shu  bir  qonun  loyihasini 
muhokama  qilishga  jalb  qilinganlar  orasida  bir  necha  maqsadli  guruh  vakillarini  ko‘rish 
mumkin.  Sanab  o‘tilgan  guruhlardan  tashqari,  qonun  loyihasini  muhokama  qilishga 
mamlakatimizdagi  ijroiya  va  qonun  chiqarish  organlarining,  shuningdek,  mahalliy  o‘zini  o‘zi 
boshqarish organlarining vakillarini ham jalb etish maqsadga muvofiq. Bulardan tashqari, qonun 
loyihasini  muhokama  qilishda  fuqarolik  jamiyatlari  institutlari  (kasaba  uyushmalari,  siyosiy 
partiyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, huquqni himoya qiluvchi 
tashkilotlar,  yoshlar  tashkilotlarining  vakillari  ham)  ishtirok  etishi  zarur  bo‘ladi.  Sanab 
o‘tilganlardan  tashqari,  mamlakatdagi  har  bir  fuqaro  qonun  muhokamasida  ishtirok  etishi 
mumkin.  
Jamoatchilik  muhokamasi  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  ijtimoiy-siyosiy  jarayon  bo‘lib,  davlat 
boshqaruvida  siyosiy  qadriyatlarni,  ya’ni  fuqarolarning  siyosatni  ishlab  chiqishdagi  ishtirokini 
ta’minlashga  qaratilgan  bo‘ladi.  Davlat  boshqaruvi  uchun  siyosiy  qadriyatlardan  tashqari, 
huquqiy  qadriyatlar  ham  xos  bo‘lib,  ular  siyosiy  qarorlar  qabul  qilish  chegaralarini  belgilab 
beradi,  alohida  fuqarolarning  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  huquqlarini  himoya  qiladi. 
Qarorlar  qabul  qilishda  siyosiy  va  huquqiy  qadriyatlardan  tashqari,  boshqaruv  qadriyatlari  ham 
mavjud  bo‘lib,  ular  qonunlarni  amalga  tadbiq  qilish  jarayonida  namoyon  bo‘ladi.  Huquqiy 
qadriyatlar  jumlasiga  huquqning  ustuvorligi,  tenglik  kabilar  kirsa,  boshqaruv  qadriyatlariga 
boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligi, optimalligi kabilarni kiritish mumkin. 
Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishda ishtirokchilar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari, xulq-
atvor qoidalariga hamda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish reglamentiga amal qilishlari shart.  
Muhokama  qilinayotgan  loyihani  ko‘rib  chiqayotgan  davlat  hokimiyati  organi  yoki 
mahalliy  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organi  jamoatchilik  muhokamasi  tashkilotchisini  mazkur 
tavsiyalarni ko‘rib chiqish muddati va tartibi to‘g‘risida oldindan xabardor qilishi shart.  

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish