O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

 diaspora 
tushunchasi ham qo‘llaniladi. Diaspora yunoncha diaspora -tarqalish 
ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, 
ma’lum  bir  xalq  millat  vakillarining  yig‘indisi  (masalan  O‘zbekistonda  yashovchi  rus,  ukrain  millatining 
diasporasi). Konstitutsiyaviy huquqda «diaspora» tushunchasidan o‘z vatandoshlariga nisbatan davlat siyosatini 
yuritishda foydalaniladi. 
Millatlararo 
munosabatlar. 
Vatanparvarlik, 
kosmopolitizm, 
millatchilik. 
Millatlararo 
munosabatlar
 — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turli-tuman 
shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Ma’lumki, bugun jahonda mavjud 200dan ziyod mamlakatda 
ikki mingga yaqin millat, elat va qabila yashaydi. Ular 5 yarim mingdan ortiq tilda so‘zlashadi. Bu tillarning 100 
dan ko‘prog‘igina o‘z yozuviga ega. Millatlararo jarayonlarning eng xarakterli tomoni shundaki, insoniyat aql-
zakovati  yuksalgani  sayin  millatlar  o‘zaro  assimilyasiyalashish  tomon  emas,  balki  o‘zlarining  “men”ini 
namoyish qilish, tasdiqlash sari jadal sur’atlar bilan harakat qilmoqda. Hali jahonda mavjud birorta millat, yoki 
elat ixtiyoriy ravishda boshqa millatlar bilan qo‘shilib ketgan emas, aksincha ayrim millatlar qashshoqlikning 
og‘ir  kulfatlariniboshidan  kechirishga  majbur  bo‘lsalar-da  ozodlik,  erkinlik  kabi  qadriyatlardan  voz 
kechmaganlar. Ular ozod, mustaqil yashab, o‘z urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini muqaddas bilib, fidoyilik 
ko‘rsatib kelganlar. Millatlararo munosabatlar deganda turli millat va elatlarning iqtisodiy-siyosiy va madaniy-
ma’rifiy sohalarda sodir bo‘ladigan o‘zaro aloqalar majmuini tushunmoq kerak. Bunday aloqalar,ko‘p millatlar 


191 
 
yashaydigan  ayrim  bir  mamlakat  ichki  hayotida  yoxud  turli  mamlakatlarda  yashaydigan  millatlar  o‘rtasida 
amalga oshadi. Bugungi kunda jahonda aholisining tarkibi faqat birgina millatdan tarkib topgan mamlakatni yoki 
davlatni  topish  qiyin.  Xuddi  shu  ma’noda  ham  mamlakatlar,  davlatlar  o‘rtasida  amalga  oshiriladigan  turli 
sohalardagi  aloqalarda  ularda  yashayotgan  millatlarning  do‘stona  munosabatlari  har  qanday  davlat 
taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Ana shu omil qanchalik mustahkam bo‘lsa, davlatlar o‘rtasida olib 
boriladigan  turli  sohalardagi  aloqalar  xam  shu  darajada  mustahkam  bo‘ladi  va  har  ikki  tomon  kutayotgan 
natijalarni  beradi.  Ko‘p  millatli  davlatlarda  millatlararo  munosabatlarni  uyg‘unlashtirish  shu  mamlakatda 
barqarorlik va taraqqiyotning kafolati, uning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omildir. CHunki har qanday davlatda 
milliy nizolar va ziddiyatlar o‘sha davlatda barqarorlikning barbod bo‘lishiga va oxir-oqibatda uning emirilishiga 
olib keladi. SHuning  uchun  ham,  har  qanday mamlakatda  millatlararo  munosabatlarni uyg‘unlashtirib borish 
davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Sobiq sho‘rolar tuzumining fojiasi shunda 
ediki, u o‘z manfaatlarini milliy manfaatlar hisobiga amalga oshirib keldi. YA’ni, milliy omilning kuchi-qudratini 
nazar-pisand qilmadi va sinfiy manfaatlarni qondirish orqali o‘z hukmronligini abadiylashtirmoqchi bo‘ldi. Ular 
zo‘ravonlik bilan turli millatlarni “yaqinlashtirish” orqali “yagona sovet xalqi”ni vujudga keltirish va keyingi 
bosqichda  butun  er  yuzida  “yuksak”  millatlarni  shakllantirish  hamda  ularning  xukmronligini  ta’minlashni 
maqsad qilgan edi. Ularning soxta g‘oya va puch mafkuraga asoslangan bunday xatti-harakatlari sobiq sho‘ro 
davlatini emirdi va butun bir tuzumning barbod bo‘lishini tezlashtirdi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 
milliy  munosabatlarni,  yurtimizda  istiqomat  qilayotgan  barcha  millat  va  elat  vakillarining  o‘zaro  totuvligi  va 
hamjihatligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.  
Millatlararo  va  konfessiyalararo  munosabatlar  masalalarining  eng  maqbul  echimi  etnik  jihatdan  turli 
tuman bo‘lgan istalgan jamiyatda har doim hukumat kun tartibining markazida bo‘lishi shubha uyg‘otmaydi. 
SHuning uchun ba’zi adabiyotlarda qaysi boshqaruv tizimini samarali deb hisoblash mumkinligi haqida ko‘plab 
tortishuvlar  ham  o‘z  o‘rnini  topmoqda.  Bunda  ikkita  eng  muhim  maqsadlarning  muvofiqlikligi  –  siyosiy 
barqarorlik hamda etnik guruhlararo va konfessiyalararo masalalar echimini topishga harakat qilmoqda. CHunki, 
har  doim  ham  ushbu  maqsadlarda  eng  maqbul  kelishuvlarga  erishib  bo‘lmaydi.  Ayniqsa  bu  holat  siyosiy 
yangilanish, modernizatsiya va liberallashuv davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar haqida gap borganda 
o‘rinlidir. 
Jamiyat  rivojlangani  sari  katta  ahamiyat  kasb  etadigan  ma’naviy  qadriyatlardan  biri  -  vatanparvarlik 
tuyg‘usidir. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish