3.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish - fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va
mamlakatni modernizatsiya qilish omili
Mamlakatimiz
konstitutsiyasi
negizida
o‘zining ifodasini topgan qoidalarga hamda
jamiyatimizning isloh etishning “o‘zbek modeli” asoslariga tayanilgan holda yurtimizda zamonaviy
demokratiya mezonlari va tamoyillariga hamohang ravishda fuqarolik jamiyati bosqichma-bochqich
ravishda shakllantirib kelinmoqda.
YUrtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari tufayli XXI asrning dastlabki
o‘n yilligiga kelib, jamiyatimiz o‘z taraqqiyotining tom ma’nodagi yangi sifat bosqichiga qadam qo‘ydi.
Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda erishilgan ulkan ijobiy natijalar mamlakatimizni
taraqqiy ettirishning, modernizatsiya jarayonlarini kuchaytirishning yangi strategik asoslarini yaratilishi
uchun zamin bo‘lib xizmat qildi.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning 2010 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida
jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning yangi strategik yo‘nalishlarini belgilab bergan
Konsepsiya asoslab berildi.
Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyotining endilikdagi keng istiqbollarini ochib
berish uchun dasturul amal bo‘lib xizmat qiluvchi Konsepsiyasi, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan
150
Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партиялар тўғрисида”ги Қонуни. // Ўзбекистон Республикаси Олий
Мажлисининг Ахборотномаси, № 2 (1250). 1997. –Б. 12.
140
siyosiy yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining yangi, yanada yuqoriroq bo‘lgan bosqichi
boshlanganligining amaldagi ifodasi bo‘ldi.
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek: “Biz hammamiz shuni aniq anglab olishimiz zarurki, saylovlarda
yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib
chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartibning belgilanishi, hukumatga nisbatan
ishonchsizlik votumi institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga
oshirili lozim bo‘ladigan boshqa qator chora-tadbirlar o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh
etish va demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi ”
151
.
I.A.Karimov konsepsiyasida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
hamda fuqarolik jamiyatini kuchli darajada rivojlantirish asnosida demokratik yangilash va
modernizatsiya jarayonlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishlar asoslab berildi.
Bular, Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, Sud-huquq tizimini isloh etish, Axborot
sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini
ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va
rivojlantirish, Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish
kabi muhim va hal etuvchi ustuvor yo‘nalishlardir.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiya asosida avvalambor davlat hokimiyati
va boshqaruvini demokratlashtirish borasida erishilgan ulkan natijalar zaminida mamlakatimizda
demokratlashtirish jaryonlarini kuchaytirish uning institutsional asoslarini zamonaviylashtirish, hamda
fuqarolik jamiyati zaminlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy-huquqiy bazani yanada
rivojlantirish va zamonaviylashtirish masalalariga etakchi e’tibor qaratildi. SHuningdek, mamlakatimizda
barpo qilinayotgan demokratiya va fuqarolik jamiyatining nazariy va g‘oyaviy asoslari ham har
tomonlama boyitila boshlandi. Bu o‘rinda avvalambor mamlakatimiz Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizga
kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilish borasida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini alohida e’tirof qilib o‘tish joizdir.
Davlatimiz
rahbari
tomonidan
ilgari
surilgan
Konsepsiyaning
g‘oyalariga binoan
Konstitutsiyamizning mamlakatimiz davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarish bilan bog‘liq
yuridik xususiyatlari hamda tamoyillari eng zamonaviy demokratik taraqqiyot manfaatlaridan kelib
chiqqan holda yanada takomillashtirildi. Vakillik demokratiyasining etakchi ustuni bo‘lgan qonun
chiqaruvchi hokimiyatining faoliyati timsolida, xalqning davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi
haqidagi konstitutsiyaviy demokratik qoidani yanada yuqori darajada amal qilishi uchun,
Konstitutsiyamiz
bag‘rida
yangi
huquqiy-siyosiy
asoslar
belgilab
qo‘yildi.
Xususan,
Konstitutsiyamizning XVIII, XIX, XX boblariga va jumladan 32, 78, 93, 96, 98, 103 va 117 moddalariga
qo‘shimchalarning kiritilishi mamlakatimiz Asosiy Qonunining huquqiy normalarini vorisiylik asosida
yangi demokratik qoidalari bilan to‘ldirilishini ta’minladi.
Konsepsiya asosida shu paytga qadar 27 ta qonun hamda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul
qilindi. Jumladan, “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi (2010 yil 22 dekabr), “Oilaviy tadbirkorlik
to‘g‘risida”gi (2012 yil 26 aprel), “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida”gi (2012 yil 24 sentyabr), “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi
to‘g‘risida”gi (2012 yil 4 oktyabr), “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-qoidalari
to‘g‘risida”gi (2012 yil 20 dekabr), “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi (2012 yil 25 dekabr), “Garov
reestri to‘g‘risida”gi (2013 yil 23 oktyabr), “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi (2013 yil 27 dekabr), “Davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi (2014 yil 5 may), “Ijtimoiy
sheriklik to‘g‘risida”gi (2014 yil 28 avgust), “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi (2015 yil 25
avgust) yangi qonunlar qabul qilindi.
SHu bilan bir qatorda, Konsepsiya zaminida bir qator qonun hujjatlariga demokratik mohiyatga ega
bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, 2012 yil 18 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat-protsessual kodeksining, 2012 yil 19 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi
qonunlarning qator bob va moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. SHuningdek,
jamiyatimizdagi o‘zgarishlarga hamohang tarzda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2011 yil 26 aprel), “Tadbirkorlik
151
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини
ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. -Б. 15.
141
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2012 yil 2 may), “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2012 yil 24 dekabr),
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2013 yil 22 aprel), “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va
uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2013 yil 22 aprel), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida”gi (2014 yil 6 may) qonunlar qabul qilindi.
Konsepsiya zaminida mamlakatimiz Konstitutsiyasi va uning huquqiy normalarida mamlakatimiz
demokratik taraqqiyoti uchun va fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan yangi
qoidalar o‘z aksini topdi. Jamiyatimizni modernizatsiya qilishning zamonaviy demokratik-huquqiy
poydevori izchil mustahkamlandi. Jumladan, ta’kidlab o‘tish joizki, Konstitutsiyamizning 98-moddasi
yuridik moddalarga jamiyatimizda davlat boshqaruvini tashkil qilinishi va amalga oshirilishining hozirgi
zamon uchun eng samarali bo‘lgan yangi qoidalar kiritildi. Bular, “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya
yoki teng miqdordadagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya
tomonidan taklif etilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri va O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda Bosh
Vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqini joriy qilinishi bilan bog‘liq muhim
qoidalardir”
152
.
Konstitutsiyamiz mazmuniga bunday qoidaning kiritilishi natijasida jamiyatimiz siyosiy tizimi
amal qilishining demokratik tamoyillari va asoslari yanada mustahkamlandi ya’ni, Qonun chiqaruvchi
hokimiyatning demokratik vakolatlari va imkoniyatlari yanada oshirildi. Bu bilan uning ijro etuvchi
hokimiyat bilan demokratik balansini yanada mutanosibroq darajaga ko‘tarilishi uchun zaminlar yaratildi.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov shu munosabat bilan ta’kidlaganidek: “Konstitutsiya va uning
asosida yaratilgan qonunchilik bazasi, shuningdek, 2010 yilda qabul qilingan Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, 2011
va 2014 yillarda Bosh qomusimizga kiritilgan tuzatishlar jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va
liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
bo‘yicha puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan, dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb
tan olingan dastur asosini tashkil etdi. Ayni shu model zamonaviy, jadal va barqaror rivojlanib
borayotgan davlatning shakllanishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi, desak, hech qanday
mubolag‘a bo‘lmaydi”
153
.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining hozirgi
bosqichida fuqarolik jamiyatining mustahkam zaminlarini barpo qilishga qaratilgan islohotlar keng
ko‘lamli ravishda rivojlantirib borilar ekan, bu o‘rinda jamiyat miqyosida demokratiyaning institutsional
va sotsial zaminlarini eng yangi konseptual yondashuvlar asosida rivojlantirish vazifalariga hal qiluvchi
ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Ushbu vazifalarni amalga oshirib borilishi o‘z navbatida inson, uning uning huquqlari va
erkinliklarini kengaytirib borishga, ya’ni demokratik yangilanish, liberallashuv jarayonlarining ijtimoiy
o‘zagini mustahkamlashga yo‘g‘rilgan tub islohotlarni real ravishda amalga oshishida asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Mana shunday holatda ya’ni bir tomondan demokratiya institutlari samaradorligi va imkoniyatlarini
kengaytirib, zamonaviylashtirib borilishi ikkinchi tomondan esa demokratik jarayonlarning sotsial
zaminlarini mustahkamlab borilishini AQSHlik olim R.Dal “Demokratiyaning realistik varianti”
154
deb
atagan edi.
Bu o‘rinda asosiy gap demokratiyaning jamiyat miqyosida to‘liq qaror topganligini bildiruvchi
asoslar: demokratiya institutsionallashuvi va demokratiyaning sotsial darajada amal qila boshlashligi
152
Ўзбекистон Руспубликасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2014. –Б. 52-53.
153
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. // Халқ сўзи, 2015. 6-декабрь, № 236 (6419)
154
Қаранг: Полис, № 2 2004, -Б 79.
142
masalasi ustida bormoqda. Demokratiyaga nisbatan qo‘yilayotgan bunday mezonlar davr talablarining
mahsulidir.
Zeroki,
zamonaviy
tendensiyalar
demokratiya
o‘lchamlarini yangi darajalarda
kengaytirilishini talab etmoqda. Bunday holat ayniqsa demokratiyaning barcha etakchi institutlari,
ustunlarini zamonaviylashtirilishini ob’ektiv ravishda taqozo qiladi.
SHu jihatdan kelib chiqilganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning
hozirgi bosqichida etakchi e’tibor, demokratiya institutlarini, zamonaviy demokratiya normalari,
qoidalarini jamiyatimizning barcha jabhalarida chuqur qaror toptirish, uning sotsial darajada
konsolidatsiyalashuviga erishish manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib modernizatsiya qilishga
qaratilayotganini izchil zamonaviy demokratik siyosatining namunasi, deb hisoblash mumkin.
Jamiyatimizda ushbu jarayonlarni bevosita amalga oshirishi natijasida bunungi kunga kelib,
demokratik yangilanishlar borasida mislsiz katta natijalarga erishildi. Ayni paytda ana shu natijalar
asosida demokratik qadriyatlarning institutsional zaminlarini rivojlantirish uchun siyosiy, ijtimoiy,
huquqiy va ma’naviy imkoniyatlar bazasi shakllantirildi. Zamonaviy demokratiyaning mazmun va
mohiyati talablariga javob bera oladigan siyosiy hamda sotsial munosabatlar tamoyillari hayotimizda
tobora chuqurroq o‘rin olib bormoqda.
Mamlakatimizni yangilash va zamonaviylashtirish jarayonlarining hozirgi bosqichida demokratiya
institutlarini takomillashtirish vazifalariga e’tibor berilar ekan, bunda demokratiyaning asosiy va hal
qiluvchi ustuni bo‘lgan, demokratiyaning mohiyatini belgilab beradigan xalq hokimiyatchiligini amalga
oshirish prinsiplarini yanada kengroq ro‘yobga chiqarish masalalariga birinchi darajali ahamiyat
qaratilmoqda.
Vatanimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining hozirgi bosqichida Davlatimiz rahbari
tomonidan asoslab berilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”ning nazariy asoslariga tayangan holda demokratiya va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va qaror toptirishning zamonaviy tamoyillarini keng ko‘lamli ravishda
joriy qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
SHu munosabat bilan demokratlashuv va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hodisasi uzluksiz va
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyaviy asosga tayanilgan holda islohotlarni
rivojlantirib borish, jamiyatimizni yangilash va zamonaviylashtirish strategiyasida ustuvorlik qilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz xulosa qilganidek: “Biz shuni yaxshi anglashimiz kerakki, demokratiya
hech qachon bir xil shakl yoki mazmunda bo‘lmaydi. Demokratiya degani – bu hamisha o‘zgarib
turadigan hayot tarzi, jamiyat tizimining rivoji bilan uzviy bog‘liq.
Demokratiya – inson, jamiyat, davlat degan uch sub’ekt o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan, bir-birini
boyitib, kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat bilan,
jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi”
155
.
Davlatimiz rahbarining mazkur g‘oyalari asosida demokratiya va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi
o‘zaro mohiyatan bog‘liqlik holati asoslanib, jamiyatimizda demokratlashuv jarayonlari xususiyatlarini
zamonaviylashtirish orqali fuqarolik jamiyati tuzilmalarining kengayib, rivojlanib borishi uchun zarur
bo‘lgan demokratik mexanizmlarni yanada yuqoriroq pog‘onada shakllantirish masalalariga ustuvor
vazifalar sifatida qaralmoqda. Ayni paytning o‘zida demokratiya g‘oyasining muhim jihatlaridan biri
bo‘lgan huquqiy davlatni jamiyatimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-huquqiy zaminlarini ta’minlovchi
muhim omil sifatidagi rolini va ahamiyatini yanada oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu holatdan kelib chiqib, demokratik islohotlarni kuchli rivojlantirish asosida huquqiy
davlatchilik tamoyillarini va institutsional asoslarini izchil mustahkamlash va fuqarolik jamiyatini qaror
toptirishga
yo‘naltirilgan taraqqiyot strategiyasining konseptual, normativ asoslari ham
zamonaviylashtirilmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Hech kimga sir emas, faqatgina huquqiy davlat sharoitida
demokratik tartibga erishiladi va shunday tartib saqlanadi, demokratik institutlar va qadriyatlar hayotga
tatbiq etiladi, inson huquq va erkinliklari, eng asosiysi, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasi amalda
ta’minlanadi”
156
.
155
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. –Т.:
Ўзбекистон, 2015. –Б. 103.
156
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. //Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь, №236 (6419)
143
Mazkur konseptual g‘oyalar asosida bugungi kunda mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy
modernizatsiya jarayonlari o‘z tarkibiga quyidagi muhim jihatlarni qamrab olmoqda:
Birinchidan, qonun ijodkorligi faoliyatini yanada rivojlantirish orqali, Konstitutsiyamiz
normalariga tayangan holda demokratik islohotlarni va fuqarolik jamiyatini qaror toptirish ehtiyojlari va
aniq maqsadlaridan kelib chiqib, yangi qonun va qonunchilik xujjatlarini qabul qilib borish ishlarini
yanada rivojlantirish;
Ikkinchidan, qonunlarni hayotga joriy qilishning yanada samaraliroq mexanizmlarini vujudga
keltirish;
Uchinichidan, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning muhim omili va vositasi sifatida
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini rivojlantirish va shakllantirish.
Mazkur g‘oyalarni bosqichma-bosqich va izchillik bilan jamiyatimiz hayotiga tadbiq etib
borilayotganligi bois hozirgi vaqtga kelib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar o‘z
tarkibiga mohiyatan davrimizning eng zamonaviy mezonlariga mos keluvchi yangi asoslarini qamrab
olmoqda. Buning zaminida yurtimiz mustaqil demokratik taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi va maqsadi
bo‘lgan fuqarolik jamiyatini chuqur qaror toptirish uchun huquqiy-ijtimoiy zaminlar kuchli darajada
mustahkamlandi, Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari rivojlantirildi.
SHu munosabat bilan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ijtimoiy sheriklik
to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, qonunlar
va boshqa ko‘plab qonunchilik xujjatlari fuqarolik jamiyatini yuksaltirishda, mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishda fuqarolik institutlari, ommaviy axborot
vositalari rolini kuchaytirish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirnish, fuqarolarning ijtimoiy hamda
mehnat huquqlarini himoya qilish borasida sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab berdi”
157
.
Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining
muhim
tarkibiy
qismi
bevosita
islohotlarning
iqtisodiy
asoslarini
mustahkamlash
va
zamonaviylashtirishga qaratilgandir. Zero, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik iqtisodiyot
fuqarolik jamiyatini ijtimoiy poydevorini shakllantirishning hal qiluvchi bo‘g‘inidir. Aynan rivojlangan
iqtisodiyot fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini yuksak darajada ta’minlashga xizmat qilish orqali
fuqarolik jamiyatining fundamental elementi bo‘lgan ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun manbaa
bo‘lib xizmat qiladi.
YUrtimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi zamon bosqichining ustuvor
strategik yo‘nalishlarining tub mohiyatida zamonaviy modernizatsiyani tashkil etish va rivojlantirishning
barcha muhim xususiyatlari qamrab olingan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnik va texnologik jihatdan yangilash zaminida yuksak rivojlangan
mamlakatlar erishgan yuqori sifat darajalaridan mutlaqo qolishmaydigan samarali tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish va uning zaminida mamlakatimiz aholisining hayot darajasini muttasil oshirib borish
hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirsh uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy farovonlik va erkinlikni ta’minlash
– mamlakatimizni modernizatsiya qilishning muhim iqtisodiy yo‘nalishi sifatida belgilandi.
Ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2015 yilda va undan keyingi
yillarda mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning yangi strategik yo‘nalishlari vazifalaridan
kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga
mo‘ljallangan Harakat Dasturi taqdim etildi. Unga ko‘ra ettita muhim strategik-iqtisodiy vazifalar
belgilandi. Jumladan, Harakat dasturida ta’kidlanganidek, “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy
o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturini tayyorlash
doirasida jami qiymati 38 milliard dollarga teng bo‘lgan 870 ta yirik investitsiya loyihasi ro‘yxati
shakllantirildi. Ushbu loyihalarga binoan 415 ta yangi korxona barpo etish hamda 455 ta ishlab turgan
korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash nazarda tutilmoqda.
Dasturning prinsipial tarzda ajralib turadigan jihati shundaki, eksportga mo‘ljallangan ichki va
tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lgan mahsulot turlarini aniqlash va yuqori texnologiyaga asoslangan
ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilgan”
158
.
157
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. // Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь, №236 (6419)
158
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг яқин муддатга ва узоқ истиқболга мўлжалланган Ҳаракат дастури
// Халқ сўзи, 2015 йил 27 январь.
144
Bu o‘rinda alohida e’tirof etib o‘tish joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-
ijtimoiy yo‘nalishdagi islohotlar o‘z mohiyatiga ko‘ra mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlari
manfaatlarini ko‘zlaydi. Buning samarasi o‘laroq aholining moddiy ahvoli bo‘yicha keskin
tabaqalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumki, bunday holat fuqarolik jamiyati ijtimoiy asoslarining
barqarorligini ta’minlovchi muhim manbadir. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda eng ko‘p daromad
oladigan aholi bilan, eng kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq nihoyatda qisqarib 7,8 barobarga
tushganligi jamiyatimiz a’zolarining farovonlik darajasi ortib, sotsial himoya vositalari rivojlanib
borayotganidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirishning
muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |