7.3. O„z-o„zini boshqarish
O‗z-o‗zini boshqarish muammosini o‗rganishda qator savollar
paydo bo‗ladi: o‗z-o‗zini boshqarishni qanday tushunish kerak va uni
namoyon bo‗lishining ichki va tashqi shakllari qanday? Zamonaviy
sharoitlarda o‗z-o‗zini boshqarishning rivojlanish darajasi qanday?
Rejalashtirish tizimi, tashkiliy tuzilma, xo‗jalik hisobi munosabatlari
o‗z-o‗zini boshqarishning rivojlanganlik darajasiga qanday bog‗liq?
O‗z-o‗zini boshqarish insonning, mehnat jamoasi boshqaruv
faoliyatining obyektidan uning subyektiga aylanish jarayoni sifatida
namoyon bo‗ladi. Bu boshqaruvni tashkil qilishning alohida varianti
bo‗lib, bunda uning har bir ishtirokchisi unga berilgan vakolatlar
doirasida masalalarini o‗zi hal qiladi.
Yangi xo‗jalik mexanizmi ijtimoiy tashkil etishning turli
bosqichlarida o‗z-o‗zini boshqarishning o‗rnatilishi va rivojlanishi
kafolatini ko‗zda tutadi.
Bozor tuzilmalarida o‗z-o‗zini boshqarish xarakteri uning namoyon
bo‗lishidan qat‘i nazar o‗z-o‗zini boshqarishning rivojlanishi va
148
mukammallanishi uchun ko‗maklashadi. Chunki ishlab chiqarish
jarayoni har bir ishtirokchisining shaxsiy iqtisodiy va ijtimoiy manfaati
tashkilotni boshqarish samaradorligiga bog‗liq. Jamoaviy moddiy va
ma‘naviy manfaatdorlik barcha boshqaruv subyektlarini jamiyat
faoliyatining barcha jabhalarida, jamoatchilik asosida boshqaruv
qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishda qatnashishga chorlaydi.
Mehnat va iste‘mol ustidan nazorat va hisob-kitobni o‗tkazishda ishtirok
etish, tovar-moddiy qimmatliklarni saqlash majburiy bo‗lib qoladi.
Shunday qilib nazorat funksiyasi o‗z-o‗zini nazorat qilishga aylanadi.
O‗z-o‗zini boshqarish nafaqat boshqaruv subyekti tomonidan u yoki
bu qarorlarni mustaqil qabul qilishni, balki ularning bajarilishini ham
nazarda tutadi. Undan tashqari, jamoaning har bir a‘zosi qarorlarning
bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas‘uliyat his qiladi.
O‗z-o‗zini boshqarish faqat har bir ishchi yoki mehnat jamoasi
o‗zini mulk subyekti sifatida iqtisodiy sharoitlardagina amalga oshirish
mumkin. O‗z-o‗zini boshqarish sharoitlarida mehnat bilan boshqaruv
mulkiy munosabatlar orqali birlashadi. Chunki ularning amalga
oshishining iqtisodiy shakli bo‗lib korporatizm hisoblanadi. Lekin
korporativ o‗z-o‗zini boshqarish katta mehnat bilan amalga oshiriladi.
Jarayonning sekinlashuvida, umumiy sabablari bilan bir qatorda, mehnat
jamoalari ichida individual sabablar ham mavjud. Undan tashqari,
amalda mustaqillik va o‗z-o‗zini boshqarish orasidagi munosabatni
aniqlash mushkul.
Jamoa
ishtirokidagi
boshqaruv
tahlili
shuni
ko‗rsatdiki,
ishlovchilarning bir qismi boshqaruv bilan faol shug‗ullanadi, qolgan
qismi (ko‗pchiligi) esa sust. Mehnat jamoasi yetarlicha miqdorda
axborotga ega bo‗lmay turib nafaqat boshqaruv qarorlari qabul qilish,
balki ularni tayyorlash va amalga oshirishda qatnashish, nazorat
funksiyasini sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi.
149
O‗zini o‗zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda qatnashishga doir o‗z huquqlarini ro‗yobga chiqarishlarida
fuqarolarga ko‗maklashadi, o‗z hududlaridagi ijtimoiy va xo‗jalik
vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‗tkazish, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlariga O‗zbekiston Respublikasi
qonunlarini, O‗zbekiston Respublikasi hukumatining, xalq deputatlari
kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish
maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
O‗zini o‗zi boshqarish organlari hududiy prinsip bo‗yicha tuziladi.
Ular ish olib boradigan hududlarni fuqarolarning takliflariga ko‗ra
tuman, shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq
deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Fuqarolarning yig‗ini (yig‗ilishi):
o‗zini o‗zi boshqarish organining faoliyat dasturi hamda xarajatlar
smetasi, aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini
yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy
yo‗nalishlarini belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi;
o‗z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun
aholining, tashkilot va muassasalarning mablag‗larini ixtiyoriylik asosida
birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
pul mablag‗lari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi,
zarur bo‗lganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya
to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlaydi;
qonunlarda belgilangan tartibda o‗z hududida kichik korxonalar,
kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini tashkil etish
masalalarini ko‗rib chiqadi;
yig‗inning,
ma‘muriy-hududiy
tuzilmalarning
chegaralarini
o‗zgartirishga, ko‗cha, maydon va boshqa joylarning nomini
o‗zgartirishga doir masalalrni ko‗rib chiqadi hamda tegishli davlat
organlariga takliflar tayyorlaydi;
150
O‗zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Shunday qilib, bozor munosabatlariga o‗tish davrida, tashkiliy-
iqtisodiy o‗zgarishlar bilan bir qatorda, demokratiyalashtirish va o‗z-
o‗zini boshqarish muammolari birinchi o‗ringa ko‗tarilmoqda. Mehnat
jamoasi tashkilotning o‗z-o‗zini boshqarish tizimiga kirgandagina o‗z-
o‗zini boshqarish imkoniyati tug‗iladi. Umuman, odamlarni majmuaviy
rag‗batlantirish texnikasi uchta asosiy guruh usullaridan iborat:
1.
Ishlovchilarga yo‗naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar
kiradi:
a) ishlovchi oldiga aniq maqsadlarni qo‗yish (masalan, ishlab
chiqarish me‘yorini oshirgan ishchilarga mukofotlar to‗lanadi);
b) xulq-atvor modifikatsiyasi (inson xulq-atvorini yaxshilash
maqsadida mukofot va jazo qo‗llash);
d) qayta tayyorlash (istiqbolli mutaxassislarni tashkilot hisobidan
o‗qitish).
2.
Ishga yo‗naltirilgan usullar. Bular:
a) ish joylarini mukammallashtirish va ishlovchilar faoliyati
sohasini kengaytirish;
b) egiluvchan ish grafigi (bunday ish rejimida ishlovchi, ish
boshlash va tugatish vaqtini mustaqil rejalashtiradi);
d) uy ofislari va telekommunikatsiyani tashkil etish (ofisga ulangan
telefon, kompyuter yoki faksda uyda ishlash);
e) ishdan bo‗shatishlar sonini kamaytirish uslublari sifatida ish
vaqtini qisqartirish va funksional og‗irlikni bo‗lish.
3.
Tashkilotga yo‗naltirilgan usullar
.
Ularga quyidagilar kiradi:
a)
xizmatchilar
vakolatlarini
kengaytirish
(ishlovchilarga
tashkilotning kundalik ishlarida qatnashish uchun keng imkoniyatlar
berish);
b) maqsadlarga erishishda ishtirok etish (jamoa ishining
muvaffaqiyatli natijalari uchun muntazam pul mukofotlari olish).
151
Do'stlaringiz bilan baham: |