O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Partiya  millat,  inson  va  vatan  manfaatini  muqaddas  deb  biladi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment


Partiya  millat,  inson  va  vatan  manfaatini  muqaddas  deb  biladi. 
Matbuot  organi  –  «Milliy  tiklanish»  gazetasi.  Bu  partiya  Oliy  Majlisda 
o‗z fraksiyasiga ega. 
 
 
 
 


120 
 
Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  –  O‗zbekiston  Liberal 
demokratik partiyasi (O‗zLiDep).
 
Tashkil  topgan  sanasi:  2003-yil,  15-noyabr.  Partiya  shiori: 
ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat‘iy tadbirkor va hushyor 
bir  kishi  ming-minglab  tadbirsiz  loqayd  kishilardan  yaxshidir.  Partiya 
a‘zolari  soni:  141 818  ta  (2004-yil  12-dekabr  holatiga  ko‗ra).  Partiya 
nomidan  ikkinchi  chaqiriq  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisida 
faoliyat  ko‗rsatayotgan  deputatlar  soni:  mavjud  emas.  2004-yil  Oliy 
Majlisning  quyi  palatasi  saylovlariga  partiyadan  qo‗yilgan  nomzodlar 
soni 119 nafarni tashkil qilgan. 
 
 
 
O‗zbekiston  Respublikasi  Xalq  demokratik  partiyasi  (XDP)  1991-
yil 1-noyabrda Toshkentda bo‗lib o‗tgan Ta‘sis qurultoyi qaroriga binoan 
tuzildi,  uning  dasturi  va  nizomi  qabul  qilindi.  Partiya  raisi  qilib 
I.A.Karimov  saylandi.  Bu  partiyaning  a‘zolari  soni  450  mingga  yaqin. 
1994-yildagi saylovlarda XDP vakillari Oliy Majlisda deputatlarning 27 
foizdan ziyodini tashkil qildi.
 
O‗zbekiston XDPning dasturi quyidagilardan iborat:
 
- milliy mustaqillikni mustahkamlash;
 
-  tub  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy  va  ma‘naviy  islohotlarni  amalga 
oshirish  orqali  ravnaq  topgan,  qudratli,  demokratik  davlat,  adolatli, 
insonparvar jamiyatni bunyod etish;
 


121 
 
-  kishilarning  millati,  siyosiy  qarashlari,  diniy  e‘tiqodlaridan  qat‘iy 
nazar, munosib hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
 
- fuqarolarning erkinliklari va huquqlari, tinch hayot kechirishlarini 
kafolatlash.
 
Bu  maqsadlarni  keng  targ‗ib  qilish  maqsadida  1993-yil  dekabrda 
O‗zbekiston XDPning milliy istiqlol mafkurasi qabul qilingan. XDPning 
nashrlari:  «O‗zbekiston  ovozi»,  «Голос  Узбекистана»  gazetalari  va 
«Muloqot» jurnali.
 
XDP o‗z saflarida keng ommani — ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar, 
dehqonlar,  tadbirkorlar,  yoshlar,  faxriylarni,  80  ga  yaqin  millat  va  elat 
vakillarini birlashtiradi.
 
O‗zbekiston  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy  harakati  2001-yil  25-
yanvar  kuni  yoshlar  masalalari  bo‗yicha  yig‗ilishda  O‗zbekiston 
Prezidentining  kiritgan  takliflariga  asosan  «Kamolot»  yoshlar 
jamg‗armasi asosida tashkil etildi.  
Harakatning  ta‘sis  qurultoyi  2001-yil  25-aprel  kuni  bo‗lib  o‗tdi. 
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifalari:
 
- mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo 
etishga  ko‗maklashish  maqsadida  muntazam  ravishda  yoshlarning 
huquqiy bilimini oshirib borish;
 
-  barkamol  avlodni  tarbiyalash  sohasidagi  dasturiy  vazifalarni 
amalga  oshirishga  yoshlarni  jalb  etish, bu borada turli davlat  va jamoat 
birlashmalari bilan hamkorlik qilish;
 
-  yoshlarning  kuch-g‗ayratini,  intellektual  salohiyati,  kasb 
malakasini vatan ravnaqi uchun yo‗naltirish;
 
- xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan o‗zaro foydali aloqalarni yo‗lga 
qo‗yish;
 
- yoshlar va o‗smirlar o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini keng targ‗ib 
etish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli 


122 
 
illatlarga  qarshi  kurashda  harakatning  ta‘sirchan  kuchga  aylanishiga 
erishish;
 
-  millatlararo  totuvlik  va  do‗stlikni  yanada  mustahkamlashga  hissa 
qo‗shish;
 
-  yoshlarni  zamonaviy  kasb-hunarlarga  o‗rgatish,  boqimandalik 
kayfiyatidan  xalos  qilish,  tadbirkorlik  qobiliyatini  yuzaga  chiqarish, 
ularda bozor iqtisodiyoti ko‗nikmalarini yuzaga chiqarish, mulkka egalik 
tuyg‗usini shakllantirish;
 
- yoshlarni ish bilan ta‘minlashda qo‗shimcha imkoniyatlar yaratish, 
shu  yo‗l  bilan  yangicha  fikrlaydigan  mulkdorlarni  shakllantirish  va 
ularni «Kamolot» tayanadigan ijtimoiy kuch bo‗lishiga erishish.
 
«Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy  harakatining  shiori —  «Vatan  menga 
nima  berdi  deb  emas,  men  o‗zim  xalqim,  Vatanim  uchun  nima 
qilmoqdaman».
 
O‗zbekiston  ekologik  harakati  2008-yil  2-avgustda  tashkil  topgan. 
2008-yil  20-sentyabrda  O‗zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida 
ro‗yxatdan  o‗tgan.  Ekoharakat  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
qonunchilik  palatasida  kvotalangan  15  ta  deputatlik  o‗rniga  ega. 
Ekoharakatning  respublika  konferensiyasi,  Markaziy  Kengash,  uning 
ijroiya  qo‗mitasi,  Markaziy  nazorat-taftish  komissiyasi  uning  rahbar 
organlari hisoblanadi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida 
O‗zbekiston  ekologik  harakatining  hududiy  bo‗linmalari  faoliyat  olib 
bormoqda.  Ekoharakat  –  jamiyatning  barcha  kuchlari,  O‗zbekistonning 
bugungi  fuqarolari  va  kelajak  avlodlari  qulay  tabiiy  atrof-muhitda 
yashash  huquqiga  ega  bo‗lishlari,  aholi  salomatligini  yaxshilashga, 
muhofaza  qilishga,  tabiiy  resurslarning  barcha  manbalaridan  samarali 
foydalanishga  yo‗naltirilgan  sa‘y-harakatlarni  safarbar  qilishga  intiladi. 
―Sog‗lom muhit – inson salomatligi‖ ekoharakatning bosh shioridir. 
 


123 
 
 
 
O‗zbekiston ekologik harakatining dasturiy vazifalari:
 
-  atrof-muhit  muhofazasi  va  ekologik  holatni  sog‗lomlashtirish 
ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish; 
-  atrof  tabiiy  muhit  muhofazasi  masalalarida  qabul  qilingan 
qonunlar  va  davlat  miqyosidagi  boshqa  qarorlar  ijrosini  ta‘minlash 
hamda  bu  sohadagi  qonunchilikni  rivojlantirish  va  takomillashtirishga 
ko‗maklashish bo‗yicha tizimli ishlarni yuritish; 
-  atrof  tabiiy  muhit  muhofazasi  va  shu  maqsadlarga  ajratilgan 
resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro 
etishda  markaz  va  joylarda  davlat  organlari,  jamoatchilik  va  boshqa 
tuzilmalar mas‘uliyatini oshirish; 
-  aholining  ekologik  madaniyatini  yuksaltirish,  ekologik  ta‘lim  va 
tarbiya tizimini rivojlantirish; 

atrof-muhit 
muhofazasi 
sohasidagi 
xalqaro 
hamkorlikni 
rivojlantirish; 
-  atrof-muhit  muhofazasi  davlat,  jamiyat  va  har  bir  fuqaroning 
vazifasi bo‗lishiga erishish; 
-  atrof-muhit  muhofazasi  sohasida  nodavlat-notijorat  tashkilotlari 
faoliyatini muvofiqlashtirish.
 
Jamoatchilik  e‘tiborini  ekologik  sog‗lomlashtirish  va  atrof-muhit 
muhofazasi  muammolarini  izchil  sur‘atda  hal  etish  zaruratiga  qaratgan 
holda 
ekoharakat 
mamlakatimizning 
barcha 
fuqarolarini 
ona-


124 
 
Vatanimizning  bebaho  tabiiy  boyliklarini  kelgusi  avlodlar  uchun  asrab-
avaylashdek oliy vazifani bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi.
 
Jamoat tizimlari genezisi shunga olib keldiki, ularga tegishli bo‗lgan 
ichki  boshqaruv  mustaqil  faoliyat  sohasiga  aylandi.  Masalan,  jamiyat 
ishlab  chiqarishi  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim  hisoblanadi  (ijtimoiyligi 
shuning uchunki,   ishlab chiqarish  va  uni  boshqarish jarayonini  amalga 
oshiruvchi  odamlar  asosiy  element  hisoblanadi,  iqtisodiyligi  shuning 
uchunki,  ishlab  chiqarish  va  boshqarish  jarayonini  amalga  oshirish 
natijasida  jamiyat  a‘zolari  tomonidan  iste‘mol  qilinadigan  moddiy 
ne‘matlar,  yalpi  jamiyat  mahsuloti  yaratiladi).  Boshqacha  qilib 
aytadigan  bo‗lsak,  iqtisodiy  tizim  jamiyat  aholi  ehtiyojlarini  qondirish 
uchun  o‗z  tasarrufida
 
bo‗lgan  resurslarni  ishlab  chiqarishi  va 
taqsimlangani  kabi  usulga  ega.  Zamonaviy  jamiyatga  ma‘lum  bo‗lgan 
hamma  iqtisodiy  tizimlar  asosida  bir  xil  fundamental  savollar  yotadi: 
jamiyat  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  cheklangan  resurslardan  qanday 
foydalanish  kerak,  qanday  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarilishi  kerak, 
ularni  kim  ishlabchiqaradi,  bu  tovar  va  xizmatlar  jamiyat  a‘zolari 
o‗rtasida qanday taqsimlanadi. 
Agar jamiyat hayoti rivojining hal qiluvchi sohasi iqtisodiyot bo‗lsa, 
bunda  korxonalar  iqtisodiyoti  muhim  o‗rin  tutadi.  Bunga  sabab,  hal 
qiluvchi  dastlabki  ishlab  chiqarish  bo‗g‗inida  moddiy  ne‘matlar 
yaratiladi  va  turli  xildagi  xizmatlar  bajariladi.  Natijada  kishilarning 
moddiy  va  ma‘naviy  talablari  qondirilib,  jamiyatning  rivoji  yangi  sifat 
darajasiga ko‗tailadi.  
Shaxsan  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  mamlakatimiz  obro‗-
e‘tiborini xalqaro miq‘yosida ko‗tarish, chet el investitsiyasiga keng yo‗l 
berish, 
xususiy 
tadbirkorlikni 
qo‗llab-quvvatlash, 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish,  korxonalar  o‗rtasida  raqobat  muhitini  yaratish,  yakka 
hokimlikni  kamaytirish  borasida  mulkdorlar  sinfini  yaratish,  mulkka 
egalik  qilish  hissini  uyg‗otish  kabi  ko‗pgina  sohalarda  katta  ishlarni 


125 
 
amalga  oshirib  kelmoqdalar.  Hukumatimiz  tomonidan  keyingi  yillarda 
qabul  qilingan  qonunlar,  qaror  va  farmonlar  bunga  yaqqol  misol  bo‗la 
oladi. Respublikamiz iqtisodiyotini har tomonlama mustahkamlash, shu 
sohadagi muammolarni oqilona hal etish – turli xildagi firmalar, korxona 
va  xo‗jaliklarda  mahsulot  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  resurslarni 
foydali  maqsadlarda  oqilona  taqsimlash,  ulardan  umumiy  foydalanish, 
iqtisodiy  jarayonlar,  hodisa  va  voqealarning  o‗zgarishiga  baho  berish 
usullarini puxta o‗rganish bo‗yicha bilimlar talab qiladi.  
Ijtimoiy  tizim  iqtisodiy  tizim  bilan  bir  qatorda  inson  resurslaridan 
foydalanish, jamiyat a‘zolariga qanday yashash darajasi taqdim etilgani, 
jamiyatning  ijodiy  kuchlari  qay  yo‗sinda  amalga  oshirishi  bilan 
xarakterlanadi. 
Jamiyat  hayotining  turli  tashkilotlari  orasidagi  farqlarni  namoyon 
qilishning  eng  yaxshi  usuli  individlarga  ishlab  chiqarish  omillarini 
egallash  va  amalga  oshirishlari  uchun  beradigan  erkinlik  darajasini 
solishtirish. 
Har  qanday  tizim  elementlar  yig‗indisidir.  Element  har  doim 
tizimning  tuzilmaviy  qismi  (masalan,  korxona  –  birlashgan  ishlab 
chiqarish  tizimi  elementi,  shu  bilan  birga,  korxonaning  o‗zi 
elementlarning  -  sexlar  va  xizmatlarning  murakkab  yig‗indisini  tashkil 
etadi). 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish