O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

 
16.3. Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi 
 
Strategik  boshqaruvda  marketing  ikkita  asosiy  vazifani  bajaradi: 
strategiyani aniqlash va ishlab chiqarish uchun informatsiyalarni yig‗ish 
va  qayta  ishlash  vositalari.  Strategiyani  bajarish  vositalari  strategik 
menejmentning tashkilotchilik madaniyatini o‗zgartirmay turib umuman 
tatbiq etib bo‗lmaydi. 
Tashkilotchilik madaniyati biznesda «ko‗rinmas faktor» menejment 
uchun  «oziqlanuvchi  muhit».  Ko‗rinmas  faktorning  kuchli  ahamiyatini 
Yaponiya menejmenti erishgan yutuqlarida ko‗rishimiz mumkin. Aynan 
Yaponiya  tashkilotlarining  tashkilotchilik  madaniyatiga  katta  e‘tibori 
natijasida ikkinchi jahon urushidan so‗ng jahon iqtisodiyotida Yaponiya 
oldingi o‗rinlarga chiqib oldi. 
Tashkilotchilik  madaniyati  boshqaruvning  konseptual  yondashuvi 
Yaponiya, Amerika va G‗arbiy Yevropa menejmentining a‘lo darajadagi 
natijalari tahliliga asoslanadi. 


260 
 
Strategik boshqaruvda uchta aniq daraja ajratiladi: 
1. Boshqaruvning  strategik darajasi (yuqori rahbariyat va bir guruh 
mutaxassislar.  Ular  tashkilot  rivojlanishida  mas‘uliyatli  strategik 
masalalarini hal qiladilar). 
2. Boshqaruvning taktik darajasi (taktik masala hal etiladi). 
3. Boshqaruvning operativ darajasi. 
Boshqaruv  strategik  darajasining  tashkilotchilik  madaniyati  uchun 
ijobiy yo‗nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 

 
strategik  yo‗naltirilganlik  –  kelajakda  korxona  raqobatbardosh-
liligini saqlash, boshqaruv faoliyatining ustunligini ta‘minlash; 

 
innovatsiyalashgan  yo‗naltirilganlik  -  faoliyatning  barcha 
sohalarida kelajakda nou-xauni joriy qilishni aniqlash; 

 
iste‘molchilikka  yo‗naltirilganlik  -  bugungi  va  kelajakdagi 
iste‘molchilar bilan  ishlash, ularning xohish  va  talablarini bashoratlash, 
ularning kelajakdagi iste‘molini shakllantirish bilan bog‗liq; 

 
markazlashtirilmaslikka 
(markaziy 
organlarning 
ba‘zi 
vazifalarining  mahalliy  idoralarga  berilishi)  yo‗naltirilganlik  –  quyi 
boshqaruv organlariga rejali vazifalarni bajarishda, qaror qabul qilishda 
aniq erkinlik berish; 

 
tadbirkorlikka  yo‗naltirilganlik  -  iste‘molchilar  bilan  o‗zaro 
ta‘sirda  bo‗lgan  boshliq  va  barcha  xizmatchilarning  ishbilarmonligini 
taqdirlash,  avtonom  guruhlarni  (foyda  markazlari)  tashkillashtirish 
orqali jamoaviy ish yuritish sharoitlarini yaratish; 

 
gumanitar  yo‗naltirilganlik  -  tashkilotda  inson  omilini  ustun 
qo‗yish; 

 
ochiq axborot almashuviga yo‗naltirilganlik - barcha martabadagi 
boshqaruv  vakillari  bilan  xizmatchilar  o‗rtasidagi  samarali  axborot 
almashuvini shakllantirish;  

 
demokratiyaga 
yo‗naltirilganlik 

o‗zaro  munosabatlarda 
demokratik  uslubdan  foydalanish  va  qaror  qabul  qilishga  quyi 
xizmatchilarni ham jalb etish;  


261 
 

 
liderlikka  yo‗naltirilganlik  -  hozirgi  paytda  faqatgina  liderlar 
mas‘uliyatni  o‗z  bo‗yniga  olib  tavakkalchilikka  borishi  va  jamoani  o‗z 
orqasidan ergashtirishi mumkin;  

 
jamoaga  yo‗naltirilganlik  -  jamoa  bo‗lib  ishlash  ma‘lum  bir 
umumiy  maqsad  va  a‘zolarning  malakasi  yuqori  bo‗lgan  sharoitda 
sinergetik samara beradi, ya‘ni juda murakkab muammolar ham osonlik 
bilan o‗z yechimini topadi. 
Ishlab  chiqarishdagi  zamonaviy  tendensiyalari  ilmiy-texnikaviy 
yuksalish  bilan,  raqobatning  kuchayishi,  ishchilarning  professionallik 
talablarining oshishi, ularning madaniy va intellektual darajasi yuqoriligi 
bilan  bog‗liq  ravishda  rahbarlardan  boshqaruv  operatsiyalarini  qayta 
ko‗rib  chiqishni  talab  etmoqda.  Ular  tarkibiga  operativ  boshqaruv 
darajasini  demokratiyalashgan  tashkilotchilik  boshqaruv  madaniyati 
tomoniga  oshirish,  ishchilar  tashabbuskorligining  o‗sishini  ta‘minlash 
kiradi.  Zamonaviy  boshqaruv  texnologiyalarini  anglash  -  barcha 
darajadagi menejerlar uchun asosiy vazifa hisoblanadi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish