8.3. Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish
Bashorat ijtimoiy ko‗ra bilish shakli sifatida u yoki bu maqsadlarga
erishishning imkon darajasini ifodalaydi. Bunda bashorat ham
boshqariluvchi, ham boshqarilmaydigan jarayonlarni qamrab olishi
mumkin va shart.
Boshqaruv jarayonida bashoratlar qator funksiyalarni bajaradi:
mo‗ljallash, me‘yoriy, ogohlantiruvchi va b. Ular boshqaruv
organlarining istiqbolli muammolarini yechishga yo‗naltiriladi, bashorat
modelini amalga oshirish mumkin bo‗lgan sharoitlarni aniqlaydi,
ulardan mumkin bo‗lgan chetlashtirishlar haqida ogohlantiradi. Shunday
qilib, bashoratlar butun boshqaruv jarayonining zarur elementi sifatida
namoyon bo‗ladi, uning maqbullashishiga ko‗maklashadi.
Ijtimoiy organizmdagi aloqalarni qiyinlashtiruvchi va jamiyat
dinamikasini oshiruvchi ilmiy-texnika inqilobi sharoilarida bashorat
156
qilishning roli va ahamiyati ortadi. Ilmiy-texnika inqilobi boshqaruv
subyekti faoliyat natijalarining mumkin bo‗lgan rivojlanishini aniq
oldindan ko‗ra bilishni talab qiladi.
Bashorat qilish, modellashtirish sifatida ham bu murakkab ilmiy-
tadqiqot va mantiqiy-konstruktiv faoliyatdir. U shunday tashkil etilishi
kerakki, boshqaruv qarorlarini tayyorlashda zarur axborot berishi kerak.
Ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda bashoratlarning ahamiyati shundan
iboratki, ular rejadan oldingi hujjatlar sifatida namoyon bo‗ladi.
Shubhasiz, bashorat qilish va modellashtirish uslublari XXI asrda
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma‘lum o‗rin egallaydi.
Ijtimoiy tizimlarni modellashtirish va bashorat qilish – o‗zaro uzviy
bog‗liq faoliyat turlari: ma‘lum ma‘noda bashoratni kelajak modeli
sifatida qarash mumkin. Modellashtirish uslubi bashorat qilish
faoliyatida keng qo‗llaniladi.
Nazariya va amaliyotda turli ekspert baholash uslublari ham
ma‘lum. Ular bashorat qilish va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda
keng qo‗llaniladi.
Zamonaviy sharoitlarda boshqaruv jarayoni qiyinchiliklarining
o‗sishida boshqaruvga xizmat qiluvchi maxsus mehnat turi - konsultativ
mehnat shakllanmoqda. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ekspert
baholarini ishlab chiquvchi va rahbarlarga maslahatlar beruvchi
ko‗pgina jamiyatlar, idoralar, tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ko‗pchilik
olimlar boshqaruv bo‗yicha mutaxassislar va tashkilot rahbariyati
o‗rtasida kommunikatsiyalar tizimini yaratish kerak degan fikrda.
Kompaniyalarni boshqarish tuzilmasiga tez-tez biror batlar
orqalariga mas‘ul
bo‗lmagan va hokimiyat tomonidan berilmagan figura
(informal man) kiritilmoqda. U prezident yoki bosh boshqaruvchining
maslahatchisi, mustaqil ekspert bo‗ladi. U kompaniyalardagi narsalar
holatini biror-bir bo‗linma yoki xizmat pozitsiyasidan emas, balki keng
strategik masshtabda baholaydi. Shartnoma asosida boshqaruv bo‗yicha
157
konsultativ firmalardan jalb qilinadigan mutaxassislardan farqli ravishda
bu ekspert bosh rahbariyatning ishongan odami hisoblanadi. Undan ish
holatiga sezilarli ta‘sir qiluvchi keng masshtabli muhim maslahatlar,
obyektiv baholar talab qilinadi.
Mustaqil ekspertizaning xilma-xilligi sifatida kompaniya direktorlar
kengashiga iqtisodiyot, bozor munosabatlari, moliya, kapital, ijtimoiy
boshqaruv masalalari bo‗yicha ixtisoslashgan olimlar kiritiladi. Institut
yoki ilmiy tadqiqot markazida doim ishlovchi olim bir vaqtning o‗zida
kompaniya direktorlaridan biri hisoblanadi. Ma‘lum ish qismiga javob
bermay va kelajakda biror-bir alohida ishlab chiqarish funksiyasi bilan
bog‗liq bo‗lmay, u oliy rahbariyat qarorlari xarakteriga ta‘sir qilishi
mumkin.
Rahbarlik qarorlarini tayyorlash bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish
yo‗llari va vositalari ko‗rib chiqilayotganda aniq ijtimoiy va sotsiologik
tadqiqotlar rolini ham ko‗zda tutish kerak. Ular orqali rahbarga uning
faoliyatida yordam beruvchi o‗rganilayotgan obyekt to‗g‗risida axborot
yig‗ish ta‘minlanadi, uning xarakterli jihatlari va rivojlanish
tendensiyalari ochiladi, xulosa va takliflar shakllanadi.
Sotsiologik tadqiqotlar nafaqat u yoki bu boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish va qabul qilishga yordam beradi, balki ularni insonlarga
ta‘sir qilish mexanizmini o‗rganishga, bu qarorlarni turli ijtimoiy
kategoriyalar qabul qilinish xarakteriga, boshqaruv qarorlari odamlar
fikrlarida qanday joylashishini, ularni xulq-atvorida qanday aks etishini,
ijtimoiy hodisalar rivojida, ijtimoiy guruhlar va jamoalardagi
munosabatlarda, shahslararo munosabatlarda qanday aks etishini
kuzatishga ham yordam beradi.
Aniq ijtimoiy tadqiqotlarda anketalash uslubi tez-tez qo‗llaniladi.
Bu uslub o‗rganilayotgan jarayonlar va hodisalarning ijtimoiy-
psixologik jihatlari to‗g‗risida axborot beradi. Bunday axborot juda
zarur, lekin jarayon va hodisalarning chuqur mohiyatini ochish uchun
158
yetarli emas. Zamonaviy bosqichda haqiqatni aniq o‗rganishning barcha
uslublari va vositalaridan foydalanishga intilish juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |