O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

Ijtimoiy 
menejment
 
– 
boshqaruv 
hisoblanib, 
bo‗lajak 
mutaxasislarda  nazariy  va  amaliy  ko‗nikmalarni  shakillantirishga, 
ijtimoiy  jarayonlarda  samarali  ishtirok  etishga,  ijtimoiy  sohani 
rivojlantirib insonlarga yengillik qilishga hissasini qo‗shadigan, ijtimoiy 
tashkilotning  loyihasini  tuzadigan,  o‗z  navbatida,  resurslar  ichida  eng 
boy  bo‗lgan  insonlar  resursidan  samarali  foydalanishga  asoslangan 
faoliyatdir. 
Ijtimoiy  menejment  fanining  asosiy  vazifasi  jamiyat  a‘zolarini  bir 
maqsad  yo‗lida  birlashtirish,  yo‗naltirish  va  koordinatsiyalashdir.  Ular 
ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish subyektlari hisoblanadi. 
Ijtimoiy  boshqaruvning  maqsadi  -  barcha  fuqarolar  hayot  sifatini 
oshirish  va  aholining  hayotiy  ehtiyojlarini  qondirishni  ta‘minlaydigan 
mexanizmlar  yordamida,  turli  ijtimoiy  manfaatlar  muvozanati  asosida 
ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratish. 


93 
 
Ijtimoiy menejmentning paydo bo‗lishi jamiyat hayotida ijtimoiy va 
barcha  fanlar,  ayniqsa,  sotsiologiya  va  ijtimoiy  boshqaruvning 
rivojlanishi  bilan  uzviy  bog‗liq.  Ijtimoiy  menejment  ularning  asosiy 
qismi  sifatida  ijtimoiy  munosabatlar  tizimini,  ijtimoiy  jarayonlar, 
ijtimoiy  soha,  ijtimoiy  resurslar  va  ularning  zimmasiga  tushadigan 
boshqaruv  va  tashkiliy  munosabatlar,  ularning  qonuniyatlari  va 
tamoyillarini  o‗rganadi.  Ijtimoiy  menejment  ijtimoiy  boshqaruvning 
fundamental  bilimlariga  tayanib,  eng  kam  boshqaruv  xarajatlari  bilan 
eng ko‗p ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, 
boshqaruv  yo‗qotishlari  qanchalik  kam  bo‗lsa,  ijtimoiy  menejmentning 
samaradorligi shunchalik yuqori bo‗ladi.  
Ijtimoiy  menejmentning  paydo  bo‗lishi  XX  asrning  80-90  yillarida 
g‗arbdagi  boshqaruvchanlik  inqilobi  natijasida  yuzaga  kelgan.  U 
ijtimoiy  sohadagi  samarali  boshqarish  ta‘siri  va  uning  bozor  tuzilmasi, 
moliya,  iqtisod,  boshqaruv  tuzulmalarining  teskari  bog‗likliklari  bilan 
aloqador. 
Ijtimoiy  boshqaruv  sohasi  ham  ta‘sir  etish  obyekti,  ham  subyekti
 
nuqtayi  nazaridan  mustaqil,  ko‗p  tuzilmali  va  ommaviy  bo‗lib 
bormoqda,  bu  sohada  o‗zgacha  boshqaruvchi-mutaxassis  paydo 
bo‗lmoqda. Shartnoma bo‗yicha yollangan, natijalar bo‗yicha boshqaruv 
faoliyatiga  mas‘ul  bo‗lgan  har  bir  menejer  boshqaruv  sohasida 
tadbirkorga  aylanmoqda.  Boshqaruv  va  boshqaruvchilarning  alohida 
instituti  –  bozor  shakllanmoqda.  U  davlat  boshqaruvi  bilan  munosib 
raqobatlashmoqda.  Jahon  tajribasi  shuni  ko‗rsatdiki,  bu  nafaqat 
menejerlar,  balki  davlat  boshqaruv  organlarining  ham  mas‘uliyatli  va 
professional jamoasini shakllantirishda asosiy mexanizm ekan. 
Ijtimoiy  sohada ko‗rsatkichlar  va  statistika  to‗rt darajaga bo‗linadi: 
xalqaro,  milliy,  regional,  mahalliy.  Ular  yagona  konseptual  asosda 
qurilgan,  yagona  axborot  tizimi  doirasida  birlashgan  va  xalqaro 
me‘yorlarga mos. 


94 
 
XX  asr  oxiri  ijtimoiy  menejmenti innovatsion  madaniyat  -  ijtimoiy 
sharoitda  shakllanmoqda.  Bu  umumiy  boshqaruv  madaniyatining  eng 
muhim  elementiga  aylanmoqda.  Uni  amalga  oshirishning  muhim 
mexanizmi bo‗lib ijtimoiy menejment aqliy va ishlab chiqarsh sohasida, 
xizmatlar,  turistik  biznes,  pullik  tibbiyotda  tadbirkorlikning  turli 
ko‗rinishi sifatida namoyon bo‗ladi.  
Yangi  bozor  tadbirkordan  innovatsion  va  yanada  ko‗proq  ijodiy 
xulqni talab qildi. Bunga axborot va texnologik inqilob misol. U kichik 
tadbirkorlikka nafaqat tirik qolishga, balki boshni ko‗tarib, yirik va o‗rta 
korxonalar  bilan  muvaffaqiyatli  raqobatlashishga  imkon  beradi.  Shu 
yillarda  tadbirkorlik  xulqining  butun  ish  strategiyasi  negizidan 
o‗zgarmoqda:  iste‘molchilarga
 
mavhum  yondashuvdan  -  ularning 
ehtiyojlarini, individual didlarini o‗rganishga o‗tilmoqda. Egiluvchan va 
dinamik  ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj 
sezilmoqda.  Bir  so‗z  bilan  aytganda,  XX  asr  oxiri  tadbirkorlik, 
avvalambor, boshqaruv sohasida innovatsiyaga aylanmoqda. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish