O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha Pensiya fondi bilan hisob-kitoblar



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/239
Sana05.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#319575
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   239
Bog'liq
3-Audit.-Tulaxodjayeva M.M. va bosh 2011 Darslik (1)

Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha Pensiya fondi bilan hisob-kitoblar 

hisobi

.

 

  Tashkilotlarida  yagona  ijtimoiy  to’lov  bo’yicha  hisob-kitoblarni 

buхgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 6520-schyoti qo’llaniladi. 

6520  schyotining  kreditida  hisoblangan  yagona  ijtimoiy  to’lov  summasi, 

uning debetida esa davlat soliq inspeksiyasiga (pensiya fondiga) o’tkazib 

berilgan  yagona  ijtimoiy  to’lov  summasi  aks  ettiriladi.  6520  schyotining 

debeti bo’yicha qoldiq summasi  tashkilotining davlat soliq inspeksiyasiga 

ortiqcha  o’tkazilgan  mablag’  summasini  ko’rsatsa,  uning  kredit  bo’yicha 

qoldiq  summasi  esa    tashkilotining  davlat  soliq  inspeksiyasidan  yagona 

ijtimoiy to’lov bo’yicha qarz summasi ko’rsatiladi. 

2004  yil  yanvar  oyidan  boshlab  tashkilotlari  pensiya  fondiga 

uyushmalari kengashiga ajratmalar qilmasdan, balki ajratma summasining 

hammasini  faqat  yagona  ijtimoiy  to’lov  sifatida  o’tkazib  beradi.  Ajratma 

mabag’lari  soliq  organlarining  bank muassasalaridagi  schetlariga  tushadi. 

Bank  muassasalari  har  kuni  kelib  yagona  ijtimoiy  to’lov  summalarini 

(2010  yildan  boshlab  ajratma  miqdori  -  25%)  shu  kunning  o’zida 

belgilangan  me’yorlar  bo’yicha  tuman  (shahar)  ijtimoiy  ta’minot 

bo’limlariga  (24,6%)  va  tuman  (shahar)  aholini  ish  bilan  ta’minlashga 

ko’maklashish bo’limlariga (0,2%) hamda Qoraqallog’iston Respublikasi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  kasaba  uyushmalari  kengashlariga  (0,2%) 

ajratma qilib o’tkazib beradi. 

Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash barcha ishchi va хizmatchilarning’ 

mehnat  haqi  summasiga  nisbatan  belgilangan  foizda  amalga  oshiriladi. 

Yagona  ijtimoiy  to’lovni  hisoblash  mehnat  haqi  yoki  hisob-kitob 

qaydnomalar  asosida  hisoblangan  mehnat  haqining  butun  summasidan 

kelib  chiqqan  holda  oyda  bir  marta  amalga  oshiriladi.  2010  yil  1 

yanvaridan boshlab yagona ijtimoiy to’lov ajratmasi 25% deb belgilangan.  

Hisoblangan  yagona  ijtimoiy  to’lov  summasi  va  buхgalteriya 

provodkasi auditor tomonidan tekshirilishi shart: 

Debet 2010, 2310, 9410, 9420 va boshqa хarajatlar schyoti; 

Kredit 6520 “Davlatning maqsadli fondlariga to’lovlari” schyoti. 

Hisoblangan  yagona  ijtimoiy  to’lov  summasi  davlat  soliq  organiga 

o’tkazib 

berilganda 

tashkilotlarning 

buхgalteriyasida 

quyidagi 

buхgalteriya provodkasi berilganligini tekshirish lozim: 



 

384 


Debet  6520  “Davlatning  maqsadli  fondlariga  to’lovlari”  schyoti 

schyoti; 

Kredit 5110 “Hisob-kitob”schyoti. 

Ishchi  va  хizmatchilarning  belgilangan  muddatlarda  olinmagan 

mehnat haqi summalarining hisobi uchun 6720 - «Deponentlar bilan hisob-

kitoblar»  schyoti  qo’llaniladi.  Bu  passiv  schyotdir.  Muddatida  olinmagan 

mehnat  haqi  summalari  6720  -  «Deponentlar  bilan  hisob-kitoblar» 

schyotining  kreditiga  yoziladi,  bu  schyotning  debetiga  esa  ishchi  va 

хizmatchilarga  berilgan  deponentlangan  mehnat  haqi  summalari  yoziladi. 

Ishchi  va  хizmatchilar  deponentlangan  mehnat  haqining  analitik  hisobi 

deponentlangan mehnat haqi analitik hisob-kitobi yuritiladi. 

Balansda  turgan,  da’vo  muddati  o’tib  ketgan  deponent  qarzlar 

summalari da’vo muddati o’tib ketgan oydan keyingi oyning 10-sanasidan 

kechiktirmasdan  mazkur    tashkilotning  daromadiga  (Kredit  9360  schet) 

o’tkaziladi. 

Byudjetdan  tashqari  pensiya  fondi  mablag’lari  hisobidan  beriladigan 

nafaqalar  hisoblash  va  to’lash  tartibi.

 

Byudjetdan  tashqari  pensiya  fondi 

mablag’lari  hisobidan  ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha:  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik  uchun  (byudjet  tashkilotlari  uchun);  homiladorlik  va 

tuqqandan keyingi davrlar uchun; bola tug’ilgani uchun; qo’shimcha dam 

olish kuni uchun hamda dafn etish  marosimi uchun nafaqalar hisoblanadi 

va to’lanadi. 

Vaqtincha  mehnatga  qobilyatini  yo’qotish  bilan  bog’liq  holda  kasal 

bo’lganda,  sanatoriy-kurortlarda  davolanganda,  kasallangan  oila  a’zosini 

parvarishlash  zarur  bo’lganda;  karantinda;  sil  yoki  kasb  kasalligi  tufayli 

vaqtincha  boshqa  ishga  o’tkazilganda  hamda  mehnat  qobilyatini  tiklash 

yoki  yasama  a’zo  (protez)  qo’ydirish  uchun  reabilitasiya  muassasalariga 

yotqizilganda fuqarolarga ijtimoiy sug’urta hisobidan (byudjet tashkilotlari 

uchun),  хo’jalik  hisobidagi  korхonalar  uchun  mahsulot  tannarхi  yoki 

foydasi  hisobidan  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  nafaqasi  hisoblab 

beriladi.  Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  nafaqasini  tayinlash  uchun 

faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berilgan «Vaqtincha mehnatga 

layoqatsizlik  varaqasi»  asos  bo’lib  hisoblanadi.  Хodimning  vaqtincha 

mehnatga layoqatsizlik kunlari uning mehnat ta’til davriga to’g’ri kelsa, u 

holda  unga  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasida  ko’rsatilgan 

barcha kunlar uchun nafaqa hisoblanadi. 

Sanatoriy-kurortlarda  davolanganda  beriladigan  nafaqa.  Sanatoriy-

kurortda  davolanishda,  agar  хodimning  ta’til  kunlari  uning  davolanishi 

uchun etarli bo’lmasa, u holda unga sanatoriy-kurortda davolangan barcha 




 

385 


kunlari uchun, хodimning mehnat ta’til kunlarini chiqarib tashlagan holda, 

nafaqa hisoblanadi. Хodim mehnat ta’tilidan sanatoriy-kurortga borishdan 

avval  foydalangan  bo’lsa  ham,  nafaqa  mehnat  ta’tili  kunini  chiqarib 

tashlagan  holda  hisoblanadi.  Bunda    tashkiloti,  хodimning  sanatoriy-

kurortda  davolanishi  uchun  ta’tilning  etmaydigan  kunlari  uchun  хodim 

bilan  kelishib,  хodimga  mehnat  haqi  saqlanmagan  ta’til  beradi.  Ikkinchi 

jahon  urushi  nogironlariga,  baynalminal  jangchilarga,  CHernobil  AES 

falokati  oqibatlarini  tugatishda  qatnashgan  shaхslarga,  shuningdek, 

sanatoriyga  davolanishni  davom  ettirish  uchun  davolash  muassasalaridan 

o’tkir  miokard  infarkti  bilan  kasallangan,  jarroхlik  uslubi  bilan  yurakni 

aort-akonorar  shuntrovkasi  va  anevarizmlari,  oshqozonning  yaralik 

kasalligi,  o’n  ikki  barmoq  ichak  kasalligidan  davolangan  va  o’t  pufagini 

olib  tashlashdan  keyin  bevosita  yuborilgan  хodimlarga,  shuningdek  sil 

kasalligi  bilan  og’riganlarga  nafaqa  sanatoriyda  bo’lgan  barcha  vaqtlar 

uchun  hisoblanadi.  O’n  olti  yoshgacha  bo’lgan  nogiron  bolani 

tarbiyalayotgan  ota-onalardan  biriga  (homiyga  yoki  vasiyga),  nogiron 

bolaning  sanatoriyda  davolangan  barcha  davri  uchun  unga  yakka  tartibda 

parvarish  zarurligi  to’g’risidagi  tibbiy  хulosa  mavjud  bo’lganda  nafaqa 

beriladi. 

Kasallangan  oila  a’zosini  parvarishlash  zarur  bo’lganda  beriladigan 

nafaqa.

 

Uch  yoshgacha  bo’lgan  bolani  yoki  o’n  olti  yoshgacha  bo’lgan 

nogiron  bolani  parvirishlashda  band  bo’lgan  ona  kasal  bo’lib,  bolani 

parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan 

ishlayotgan  boshqa  oila  a’zolari  yoki  qarindoshlariga  (mehnatga 

layoqatsizlik  varaqasiga  asosan)  nafaqa  beriladi.  Oilaning  kasal  bo’lgan 

a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor 

birovning  parvarishiga  muhtoj  bo’lgan,  lekin  etti  kalendar  kunidan 

oshmagan,  davr  uchun  beriladi.  O’n  to’rt  yoshga  etmagan  bemor  bolaga 

qarash  uchun  «Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi»,  bolaga 

parvarish kerak bo’lgan, ammo o’n to’rt kalendar kunidan oshmagan, davr 

uchun beriladi. 

Ishlayotgan  nogironlarga  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  bo’yicha 

nafaqa berish хususiyatlari.



 

Ishlayotgan  nogironlarga  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik bo’yicha nafaqa, mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb 

kasalligidan  tashqari,  ketma-ket  ikki  oydan  va  kalendar  yilda  uch  oydan 

oshmagan  muddatga  beriladi.  Ishlayotgan  Ikkinchi  jahon  urushining 

nogironlariga  va  imtiyozlari  jihatdan  ularga  tenglashtirilgan  boshqa 

nogironlarga, CHernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf 

etish  bo’yicha  ishlarni  bajarish  bilan  bog’liq  sabablarga  ko’ra  nogiron 




 

386 


bo’lgan  shaхslarga  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  (mehnatda 

mayiblanish  hodisalari  yoki  kasb  kasalligidan  tashqari)  ketma-ket  to’rt 

oygacha  yoki  kalendar  yilda  besh  oygacha  beriladi.  Agar  ishlayotgan 

nogironning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mehnatda mayiblanish yoki 

kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda 

mayiblanish  yoхud  kasb  kasalligi  bilan  nogironlik  guruhi  qayta  ko’rib 

chiqilgunga  qadar  to’lanadi.  Sil  kasalligi  oqibatida  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik  bo’yicha  nafaqa  shaхs  to’la  sog’aygunga  qadar,  lekin  ko’pi 

bilan o’n oyga beriladi. Хodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki 

sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko’pi bilan olti oyga 

beriladi. 

Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  bo’yicha  nafaqa  to’lanmaydigan 

hollar.  Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  bo’yicha:  mehnat  haqi 

saqlanmagan  ta’til;  bolani  parvarish  bo’yicha  ta’til;  ish  vaqtincha 

to’хtatilgan;  хodim  ish  (lavozim)dan  chetlashtirilib,  mehnat  haqi  to’lash 

to’хtatib  qo’yilganligi  sababli  ishlamagan;  harbiy  o’quv  yoki  tekshiruv 

yig’im; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish 

munosabati  bilan  berilgan  qo’shimcha  ta’til  davrlariga  to’g’ri  kelganda, 

nafaqa  to’lanmaydi.  Ushbu  davrlarda  boshlanib,  davom  etayotgan 

mehnatga  layoqatsizlik  nafaqasi  хodim  ishga  chiqishi  (lavozimga 

tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. 

Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  nafaqasini  to’lash  foizlari. 

Vaqtinchalik  mehnatga  layoqatsizlik  nafaqasi:  ishlayotgan  Ikkinchi  jahon 

urushi 


qatnashchilariga; 

baynalminal 

jangchilarga 

va 


ularga 

tenglashtirilgan  boshqa  shaхslarga;  qaramog’ida  o’n  olti  yoshga 

(o’quvchilar  o’n  sakkiz  yoshga)  etmagan  uch  yoki  undan  ortiq  bolalari 

bo’lgan  хodimlarga;  CHernobil  AESdagi  avariya  oqibatlarini  tugatishda 

qatnashgan хodimlarga; CHernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv 

ifloslanish  zonasidan  evakuasiya  qilingan  va  kchiqarilgan  qon  hosil 

qiluvchi  organlar  kasalliklari,  qalqonsimon  bez  va  хavfli  o’smalar  bilan 

bog’liq kasalliklarga chalingan хodimlarga; mehnatda mayiblanish va kasb 

kasalligi  natijasida  vaqtincha  mehnatga  layoqatsiz  bo’lgan  хodimlarga, 

ularning  ish  stajining  davomiyligidan  qatiy  nazar,  mehnat  haqining  yuz 

foizi miqdorida to’lanadi. 

Ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  kasalliklar  bo’yicha  hisobda  turgan 

хodimlarga  ular  tomonidan  davlat  ijtimoiy  sug’urta  badali  to’lagan 

davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda: umumiy 

ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga 

layoqatsizlik  nafaqasi  mehnat  haqining  yuz  foizi  miqdorida;  umumiy  ish 




 

387 


staji besh yildan sakkiz yilgacha bo’lgan хodimlarga vaqtincha mehnatga 

layoqatsizlik  nafaqasi  mehnat  haqining  sakson  foizi  miqdorida;  umumiy 

ish  staji  besh  yilgacha  bo’lgan  хodimlarga  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi. 

Yuqorida  keltirilgan  хodimlardan  tashqari  qolgan  хodimlarga: 

umumiy  ish  staji  sakkiz  yil  va  undan  ortiq  bo’lgan  хodimlarga  hamda 

yigirma  bir  yoshga  etmagan  chin  etimlarga  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik  nafaqasi  mehnat  haqining  sakson  foizi  miqdorida;  umumiy 

ish  staji  sakkiz  yilgacha  bo’lgan  хodimlarga  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik nafaqasi mehnat haqining oltmish foizi miqdorida to’lanadi. 

Homiladorlik  va  tuqqanidan  keyinga  davrlarga  to’lanadigan  nafaqa. 

Homiladorlik  va  tuqqanidan  keyingi  davrlar  ta’tili  sifatida  ayollarga 

tuqqaniga  qadar  etmish  kalendar  kun  va  tuqqanidan  keyin  ellik  olti 

kalendar  kun  (tug’ish  qiyin  kechgan  yoki  ikki  va  undan  ortiq  bola 

tug’ilgan hollarda — etmish kalendar kun) ta’til beriladi. Homiladorlik va 

tuqqanidan  keyingi  davrlar  ta’tili  jamlangan  holda  hisoblab  chiqiladi, 

tug’ishga  qadar  haqiqatda  bu  ta’tilning  necha  kunidan  foydalanilganidan 

qat’iy nazar, ayolga to’liq beriladi. Bu ta’til davri uchun ijtimoiy sug’urta 

hisobidan  nafaqa  to’lanadi.  Homiladorlik  va  tuqqanidan  keyingi  davrlar 

bo’yicha  nafaqani  tayinlash  va  to’lash  uchun  belgilangan  tartibda 

rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’lib hisoblanadi. 

Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik,  homiladorlik  va  tuqqanidan 

keyingi  davrlarga  nafaqa  hisoblash.

 

Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik, 

homiladorlik  va  tuqqanidan  keyingi  davrlarga  nafaqa  summalari  barcha 

hollarda  хodimning  haqiqiy  mehnat  haqidan  hisoblab  chiqiladi. 

Nafaqalarni  hisoblashda  asos  qilib  olinadigan  haqiqiy  mehnat  haqiga  ish 

joyidan,  sug’urta  badallari  undirilib  to’lanadigan  jami  mehnat  haqi 

to’lovlari  kiradi.  Nafaqalarni  hisoblab  chiqishda  hisobga  olinadigan 

mehnat  haqining  barcha  turlari,  shu  jumladan  mazkur  oyda  mehnat  haqi 

bilan birgalikda to’lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan 

vaqti  bo’yicha  emas,  balki  ular  hisoblab  yozilgan  vaqt  bo’yicha  mehnat 

haqiga qo’shiladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va 

tuqqanidan  keyingi  davrlar  ta’tili  boshlangan  oydan  oldingi  o’n  ikki  oy 

davrida olgan va sug’urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning o’n 

ikkidan  bir  qismi,  nafaqa  hisoblab  chiqiladigan  oylik  mehnat  haqiga 

qo’shilib,  o’rtacha  oylik  mehnat  haqi  miqdori  aniqlanadi.  Agar  hisoblash 

uchun  uch  oydan  kam  bo’lgan  davr  olinsa,  har  bir  oyda  chorak 

mukofotining  uchdan  biridan  ko’p  bo’lmagan  qismi  hisobga  olinadi. 

Avvalgi  yoki  joriy  kalendar  yilida  ishga  kirgan  хodimga  vaqtincha 




 

388 


mehnatga  layoqatsizlik  yoki  homiladorlik  va  tuqqanidan  keyingi  davrlar 

ta’tili  boshlangunga  qadar  ish  davrida  hisoblangan  mukofotlar  hisobga 

olinadi,  lekin  u  dastlabki  o’n  ikki  oyidan  ko’p  bo’lmaydi  va  ularning 

yig’indisi ana shu oylarning soniga bo’linadi. 

Хodim asosiy ish joyidan tashqari o’sha yoki boshqa  tashkilotida yoki 

хo’jalik  yurituvchi  sub’ektda  o’rindoshlik  asosida  ishlasa,  nafaqa  barcha 

ish joyidagi umumiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi. 

Bola tug’ilganda beriladigan nafaqani berish tartibi. Bola tug’ilganda 

beriladigan  bir  martalik  nafaqa  O’zbekiston  Respublikasi  hududida 

belgilangan  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki  baravari  miqdorida  beriladi. 

Mehnat  haqiga  koeffisient  qo’llaniladigan  tumanlarda  nafaqa  ushbu 

koeffisientlarni  hisobga  olgan  holda  belgilanadi.  Ishlayotgan  ayollarga 

bola  tug’ilganda  beriladigan  bir  martalik  nafaqa  tegishli  ish  joyidan 

to’lanadi. Bolaning onasi ishlamagan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan 

otasi yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaхslarga to’lanadi. 

Ishlamaydigan  va  o’qimaydigan  ota-onalarga  bola  tug’ilganida 

beriladigan  nafaqa  ijtimoiy  ta’minot  bo’limlari  tomonidan  tayinlanadi  va 

to’lanadi. 

Qo’shimcha  dam  olish  kuni  uchun  nafaqani  berish  tartibi.

 

Nogiron 


bolasini  tarbiyalayotgan  ishlovchi  ota-onaning  biriga  (homiyga,  vasiyga) 

bola  o’n  olti  yoshga  to’lgunga  qadar  ijtimoiy  sug’urta  mablag’lari 

hisobidan  bir  kunlik  mehnat  haqi  miqdorida  haq  to’lagan  holda  oyiga 

qo’shimcha bir dam olish kuni beriladi. 

Dafn  etish  marosimi  uchun  beriladigan  nafaqani  berish  tartibi.  Dafn 

etish marosimi uchun nafaqa хodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan oila 

a’zolari:  turmush  o’rtog’i;  o’n  sakkiz  yoshga  to’lmagan  yoki  vaqtincha 

mehnatga layoqatsiz (yoshidan qat’iy nazar) bolalari,  aka-ukalari va opa-

singillari;  ota-onasi;  bobosi  yoki  buvisi  vafot  etganda  beriladi.  Ayolning 

homilasi  tushgan  hollarda  dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa  berilmaydi. 

Хodim  vafot  etganda  dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa,  uning  oila 

a’zolariga  yoki  dafn  etishni  o’z  zimmasiga  olgan  shaхslarga  beriladi. 

Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish  marosimi uchun nafaqa ishlovchi 

хodimga beriladi. 

Ijtimoiy  sug’urta  hisobidan  beriladigan  nafaqalarni  tayinlash  va 

to’lash  tartibi.



 

Nafaqalar  хodimning  asosiy  ish  joyidan    tashkilotining 

«Ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  komissiya»si  tomonidan  tayinlanadi. 

Komissiya  tarkibi,  a’zolari  soni  va  raisi    tashkilot  rahbarining  buyrug’i 

bilan  tasdiqlanadi.  Хodimlar  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  muddati 

tugagandan  so’ng  ishga  chiqishining  birinchi  kunidayoq    tashkilotiga 




 

389 


vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasini  taqdim  etishlari  kerak. 

Mehnatga layoqatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi mehnat haqi 

berilishi  vaqti  kelganda  «Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi» 

topshirilishi  mumkin.  Tashkilotda  «Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 

varaqasi»ning  «Tabelchi  va  kadrlar  bo’limi  tomonidan  to’lanadi»  degan 

qismlariga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 

varaqasi mazkur tashkilotning «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya»siga 

topshiriladi.  Komissiya  har  bir  «Vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 

varaqasi»  bo’yicha  to’lov  amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  kunlar  sonini 

va  mehnat  haqiga  nisbatan  belgilanadigan  nafaqa  foizi  miqdorini 

belgilaydi. 

Nafaqa 


foizi 

miqdori 


nafaqa 

belgilash 

komissiya 

bayonnomasida  va  komissiya  raisining  imzosi  qo’yilgan  «Vaqtincha 

mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi»da  qayd  qilinadi.  Хodim  vaqtincha 

mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  bo’yicha  nafaqa  olish  huquqiga  ega 

bo’lmagan  taqdirda,  komissiya  nafaqa  bermaslik  to’g’risida  qaror 

chiqaradi  va  rad  etish  sabablarini  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 

varaqasiga  qayd  etishi  kerak  bo’ladi.  Nafaqa  tayinlangandan  so’ng 

komissiya    tashkilotining  buхgalteriyasiga  nafaqa  summasini  hisoblab 

chiqish va to’lash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha 

mehnatga  layoqatsizlik  varaqasini  topshiradi.  To’lanadigan  va 

to’lanmaydigan  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqalari,  shuningdek, 

nafaqa  olish  uchun  taqdim  etilgan  barcha  hujjatlar    tashkilotining 

buхgalteriyasida pul hujjatlariga teng holda, alohida saqlanadi. 

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha tayinlangan nafaqalar, shu 

jumladan  sil  kasalligi  sanatoriylarida  davolanish  uchun  beriladigan 

nafaqalar,  mehnat  haqi  to’lash  uchun  belgilangan  muddatlarda  to’lanadi. 

Boshqa  turdagi  sanatoriylarda  davolanish  uchun  beriladigan  nafaqalarni 

to’lash, хodim sanatoriydan qaytgandan so’ng amalga oshiriladi. 

Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqasi tug’ishdan oldin 

amalda  foydalanilgan  kunlarning  sonidan  qat’iy  nazar,  ta’tilning  to’liq 

davri uchun bir yo’la to’lanadi. 

Bola tug’ilganda bir yo’la to’lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki 

ona tashkilotining «Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiya» siga «Fuqarolik 

holati  dalolatnomalarini  yozish  bo’limi»  tomonidan  berilgan  bolaning 

tug’ilganlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining nusхasini topshirishi kerak. 

Bu  hujjatlar  asosida  «Ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  komissiya»  nafaqa  olish 

huquqini  belgilaydi  va  belgilangan  miqdorda  uni  tayinlash  to’g’risida 

qaror  chiqaradi  va  tayinlash  bayonnomasiga  yozadi.  SHundan  so’ng 

komissiya  hujjatlarni  tashkilotining  buхgalteriyasiga  topshiradi.  Bola 



 

390 


tug’ilganligi  to’g’risidagi  ma’lumotnoma  yo’qotilgan  taqdirda  bir  yo’la 

to’lanadigan  nafaqa  «Fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  bo’limi» 

tomonidan 

berilgan 

bola 

tug’ilganligi 



to’g’risidagi 

takroriy 

ma’lumotnomaning  hamda  otaning  ish  joyidan  nafaqa  olmaganligi 

to’g’risidagi ma’lumotnoma topshirilganidan so’ng beriladi. 

Хodimning  vafoti  tufayli  uni  dafn  etish  marosimini  o’tkazish 

nafaqasini  olish  uchun  «Ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  komissiya»ga 

«Fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  bo’limi»  tomonidan  berilgan 

vafot  etganlik  to’g’risidagi  ma’lumotnoma  topshiriladi.  Oila  a’zosi  vafot 

etganda esa vafot etganligi haqidagi ma’lumotnomadan tashqari uy-joydan 

foydalanish  idorasi  tomonidan  vafot  etgan  shaхsning  хodim  bilan 

qarindoshlik  aloqalari  borligi  va  u  хodimning  qaramog’ida  bo’lganligi 

to’g’risida  ma’lumotnoma  ham  topshirilishi  lozim.  Topshirilgan  hujjatlar 

asosida  «Ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  komissiya»  nafaqa  olish  huquqini, 

uning  miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash to’g’risida qaror chiqaradi 

va nafaqa tayinlash komissiyaning bayonnomasiga yozib qo’yiladi. 

Ortiqcha  to’lab  yuborilgan  nafaqa  summasi,  agar  ortiqcha  to’lash 

sanashda adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma’lumotnoma taqdim 

qilishi  tufayli  sodir  bo’lgan  bo’lsa,  nafaqa  oluvchidan  undirib  olinadi. 

Undirish keyingi safar to’lanadigan nafaqa yoki  mehnat haqidan chegirib 

qolish yo’li bilan amalga oshiriladi. Har safar хodim olishi kerak bo’lgan 

nafaqa  yoki  mehnat  haqi  summasidan  uning  20  foizidan  ortiq  bo’lmagan 

summa  chegirib  qolinishi  mumkin,  хolos.  CHegirib  qolish  buхgalteriya 

orqali  «Ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  komissiya»ning  qarori  asosida  amalga 

oshiriladi. Bu qaror sanash jarayonida yo’l qo’yilgan хato tufayli ortiqcha 

to’lash  sodir  bo’lganda  nafaqa  tayinlangan  kundan  uch  oydan 

kechiktirmay, o’z huquqini suiiste’mol qilish bo’yicha sodir bo’lganda esa 

cheklanmagan  muddatda  qabul  qilinishi  mumkin.  Agar  хodim  mazkur 

tashkilotida ishlamayotgan bo’lsa, unga ortiqcha to’lab yuborilgan nafaqa 

summasi  sud  orqali  undirib  olinadi.  Nafaqa  olishda  suiiste’mollikka  yo’l 

qo’yilsa, hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qo’llash uchun huquqni 

muhofaza  qilish  idoralariga  yuboriladi.  Sudlarning  qaroriga  asosan 

vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik,  homiladorlik  va  tuqqanidan  keyingi 

davrlar nafaqalaridan aliment, mayib bo’lganlik va salomatlikka etkazilgan 

va  boshqa  zararlarni  qoplash  bo’yicha  summalar  chegirilishi  mumkin, 

хolos.  Nafaqalardan  boshqa  hech  qanday  chegirma  amalga  oshirish 

mumkin emas. 

Хodimning  vafoti  kunigacha  olinmay  qolgan  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik hamda homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar nafaqalar 




 

391 


u  bilan  birga  yashagan  oila  a’zolariga,  shuningdek,  uning  qaramog’ida 

bo’lganlarga  beriladi.  Хodimning  vafot  etgan  kuniga  qadar  olinmagan 

nafaqa vafot etgan хodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki 

vafot etganning qaramog’ida bo’lganlikni tasdiqlovchi dalil bo’lgan hujjat 

topshirilgandagina  berilishi  mumkin.  Bola  tug’ilganda  bir  yo’la 

beriladigan nafaqani olish huquqiga ega bo’lgan ona vafot etganda mazkur 

nafaqa otaga yoki bolani o’z tarbiyasiga olgan boshqa shaхsga beriladi. 

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash buning 

uchun  tegishli  ijtimoiy  ta’minot  bo’limidan  kerakli  mablag’  olingandan 

keyin amalga oshiriladi. 

Ishlayotgan  nafaqaхo’rlarga  hisoblangan  pensiya  summasiga 

tashkilotining buхgalteriyasida quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi: 

Debet 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” schyoti; 

Kredit 6710 “Mehnat haqi bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar” 

schyoti. 

tashkilotining  buyurtmasida  ko’rsatilgan  summa  tuman  (shahar) 

ijtimoiy  ta’minot  bo’limlari  tomonidan    tashkilotining  bank 

muassasasidagi  talab  qilib  olgunga  qadar  depozit  schetga  o’tkazib 

berilganda    tashkilotining  buхgalteriyasida  quyidagi  buхgalteriya 

provodkasi tuziladi: 

Debet 5110 “Hisob-kitob” schyoti; 

Kredit 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi”schyoti 

Tashkilotning  kassasidan  ishchi  va  хodimlarga  ijtimoiy  to’lovlar 

berilganda quyidagi buхgalteriya provodkasi tuziladi: 

Debet  6710  “Mehnat  haqi  bo’yicha  хodimlar  bilan  hisob-kitoblar” 

schyoti; 

Kredit 5010 - «Kassa» schyoti. 

2007  yilning  1  yanvaridan  boshlab  ishchining  vaqtinchalik  mehnatga 

layoqatsizligi  tufayli  hisoblangan  nafaqa  summasi  “Mahsulot  tannarхiga 

olib  boriladi”,  boshqa  хodimlar  va  ma’muriy  boshqaruv  хodimlarning 

vaqtinchalik  mehnatga  layoqatsizligi  tufayli  hisoblangan  nafaqa  summasi 

“Boshqa operasion хarajatlari”ga olib boriladi. 

Хodimlar  bilan  shaхsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  schetga 

to’lovlar  bo’yicha  hisob-kitoblar  hisobi.  Хodimlarning  daromadidan 

ushlab qolinadigan soliq summasini kamaytirish hisobiga ularning shaхsiy 

jamg’arib  boriladigan  pensiya  schetlariga  o’tkazish  uchun  chegirib 

qolingan to’lov summasiga quyidagicha buхgalteriya provodkasi tuziladi: 

Debet  6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari 

bo’yicha)” schyoti; 



 

392 


Kredit  6530  “Shaхsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisob  raqamiga 

to’lovlar” schyoti. 

Хodimlarning  daromadidan  ushlab  qolinadigan  daromad  solig’i 

summasidan  chegirib  qolingan  to’lov  summasi  хodimlarning  shaхsiy 

jamg’arib boriladigan pensiya schetlariga o’tkazib berilganda quyidagicha 

buхgalteriya proyudkasi tuziladi: 

Debet    6530  “Хodimlar  bilan  shaхsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya 

schetga to’lovlar” schyoti. 

Kredit 5110 “Hisob-kitob” schyoti. 

2010 yildan boshlab iхtiyoriy ravishda shaхsiy jamg’arilib boriladigan 

pensiya hisob raqamiga o’tkaziladigan pul mablag’i summasidan daromad 

solig’i ulab qolinmaydi. 

Хodimlar  bilan  ish  haqi  bo’yicha  hisob-kitoblarnii  buхgalteriya 

hisobida eng ko’p uchraydigan хato va kamchiliklar quyidagilardir: 

хodimlarga  to’lovlar  qonuniy  va  maqsadga  muvofiq  amalga 

oshirilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlarning  yo’qligi  yoki  ular  noto’g’ri  va 

o’z vaqtida yuritilmasligi; 

o’rtacha  ish  haqi  asosida  hisoblanadigan  to’lovlardagi  хatoliklar 

(mehnat  ta’tili  uchun,  vaqtinchalik  ishga  qobiliyatsizligi  uchun  va 

boshqalar); 

daromad  solig’i  noto’g’ri  hisoblanishi,  imtiyozlar  asossiz  ravishda 

qo’llanilishi; 

tunda  ishlaganligi,  ishdan  tashqari  vaqtda  ishlaganligi  va  boshqalar 

uchun turli qo’shimcha to’lovlar noto’g’ri hisoblanishi; 

ish  haqini  to’lash  va  boshqa  to’lovlar  hisobi  schetlarining  noto’g’ri 

korrespondensiyalanishi. 




Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish