3. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
Birinchidan, AJda chet ellik investorlarning ulushi (kamida 15%) boʻlishi lozimligi haqidagi talab bekor qilindi.
Ikkinchidan, jamiyat aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirganda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega. Ilgari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi ovoz beruvchi aksiyalar egalarining koʻpchilik ovozi bilan bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda ushbu imtiyozli huquqni qoʻllamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin edi. Ushbu norma ham chiqarib tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |